Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/86
Sana20.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#392932
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86
Bog'liq
adabiyot 5-sinf 2-qism

VAtANNI  SUYmAK
Vatan. har bir kishining tug‘ulub o‘skan shahar va mamlakatini 
shul  kishining  vatani  deyilur.  har  kim  tug‘ulgan,  o‘sgan  yerini 
jonidan  ortuq  suyar.  hatto  bu  vatan  hissi-tuyg‘usi  hayvonlarda 
ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayirilsa, o‘z 
yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo‘lub, har vaqt 
dilining bir go‘shasida o‘z vatanining muhabbati turar.
biz turkistonlilar o‘z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig‘imiz 
kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar 
shimol  taraflarini,  eng  sovuq  qor  va  muzlik  yerlarini  boshqa 
yerlardan  ziyoda  suyarlar.  Agar  suymasalar  edi,  havosi  yaxshi, 
tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.
bobolarimiz:  «kishi  yurtida  sulton  bo‘lguncha,  o‘z  yurtingda 
cho‘pon bo‘l», – demishlar.
Men ayblik emas, ey vatanim, tog‘larim,
Bevaqt tashlab ketdim ayo, bog‘larim.
Hijron qilodur meni judolig‘,
Do‘ndi g‘ama ro‘z-u shab chog‘larim.


137
hammaga  ma’lumdurki,  eng  muqaddas  diniy  yerimiz  o‘lan 
Arabistonga bog‘larini, hovlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimiz-
ning  aksari  yana  o‘z  vatanlariga  qaytub  kelurlar.  buning  saba bi,  
 
ya’ni  bularni  tortib  kelturgan  quvvat  o‘z  vatanlarining,  tuproqla-
rining mehr-u muhabbatidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sol-
la llohu alayhi vasallam afandimiz: «hubbul-vatani minal-imoni» – 
 
«Vatanni suymak imondandur», – demishlar.
Vatan, vatan, deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Bango
1
 na g‘am qolur, avlodima o‘yu vatanim.
G‘ubor(g)a do‘nsa tanim, yo‘q vujud zeri vahm,
Charoki, o‘z vatanim xokidur go‘r-u kafanim.
Tug‘ilib o‘sgan yerim ushbu vatan, vujudim xok,
O‘lursa aslina roje’, bo‘lurmi man g‘amnok.
VAtAN
Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,
har kim sening qadring bilmas – aqli pastdur.
Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur,
Sening darding boshqa dardni tortib olur.
yering, suving bizni boqub to‘ydiradur,
Semiz-semiz qo‘ylaringni so‘ydiradur.
olma-anor, anjir, uzum – mevalaring,
ot-u ho‘kuz, echki, taka, tevalaring.
bizlar uchun xizmat qilur barchalari,
har birlari noz-u ne’mat parchalari.
Sendan tug‘ub, katta bo‘lub, qaytib borub,
yana senga kiradurmiz bag‘ring yorub.
onamizsan! bizni(ng) mushfiq onamizsan!
Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!
Seni sotmoq mumkinmidur, o‘zing o‘yla,
tiling bo‘lsa, hasratlaring tuzik so‘yla!
bizlar sotmas burun qilur erding faryod,
1
 
Bango
 – menga degan ma’noda, o‘sha davr adabiy tili.


138
biz sotgan so‘ng nega dersan bizlardan dod.
Ayb bizlarda, seni sog‘ub emolmaduk,
yemush berib, yem o‘rniga yem olmaduk.
bilolmaduk ko‘ksingdagi xazinani,
biz bilmasmiz tosh-taroz-u, mazinani,
Sotib-sotib qoladurmiz g‘amga botub,
boyqush kabi vayronada yotib-yotib.
Seni sotub pul qilurmiz – ketur-qolur,
bir yildan so‘ng bahong iki bo‘lub olur.
tarbiyatsiz, ilmsizlik jazosidur,
Jaholatning boshga solgan azosidur.
Selobi g‘am kelmas burun jadal birlan,
tu(v)g‘onini to‘xtatmagan bo‘lur hijron
1
.

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish