Adabiyot: Tayyorladi:Namangan shahar 79-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Xolmirzayeva Muniraxon
Mavzu: “Abdulla Oripovning hayoti va Ijodi”
o’zbek adabiyotining mashhur shoiri. O’zbekiston qahramoni
Davlatimiz madhiyasi bizga doimo hamroh. Radio va televidenie har bir kunni mana shu madhiyamiz bilan boshlanadi va u bilan tugatiladi. Chunki u -bizning davlatimiz mustaqilligimiz ramzidir. Halqaro musobaqalarda sportchilarimiz g’alabaga erishganda, har safar bayrog’imiz ko’tarilganida madhiyamiz yangraganda furur va iftihor tuyg’ulari jo’sh uradi. U dunyodagi qanchadan-qancha mamlakatlar orasida tengma-teng yashab kelayotganimiz ramzidir. Mana shu madhiyaning so’zlari muallifi atoqli shoir.o’zbekiston xalq qahramoni Abdulla Oripovdir!
HAYOTI VA IJODI
O’zbek adabiyotining mashhur shoiri, tarjimon, O’zbekiston qahramoni 1941 yilning 21 martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko’z qishlog’ida tavallud topgan.
Bo’lajak shoir Neko’zdagi o’rta maktabda o’qidi. Ta’lim-tarbiyasida oila muhitining ta’siri katta bo’ldi. She’rga, kitobga mehr Abdullada maktab yoshidan paydo bolgan. Dastlabki she’rlari o’quvchilik davrida bosilgan. Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo’lishgan.
Abdulla Oripov 1958 -yilda o’rta maktabni bitirib Toshkentdagi hozirgi O’zbekiston milliy universitetining filologiya fakultetiga o’qishga kiradi. U 1963 yilda ushbu fakultetning jurnalistika bo’limini tamomlagan. Birinchi kitobi 1965 yilda “Mitti yulduz” nomi bilan bosilib chiqgan. Yosh shoir she’rlaridagi hech kimga o’hshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o’hshatish- manzaralar, dadil xulosalar birdan hammani o’ziga jalb qilgan. Unga o’z davrining eng mashhur adiblari Abdulla Qahhor e’tibor qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.
Shoir buyuk italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asarini juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Amit Temur haqida “Sohibqiron” nomli drama yozgan. O’z asarlari bilan xalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylangan. Shoir yurtimizdagina emas, chet mamlakatlarda ham dovrug’ qozongan. Uning XX asr jahon adabiyotining ko’pgina vakillari tan olgan.
Yurtim senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor o’z yurtin butun, Olam aro atagan tanho. Ular she’ri uchdi ko’p yiroq, Qanotida kumush diyori. Bir o’lka bor olamda biroq, Bitilmagan dostondir bori: Faqat ojiz qalamim manim, O’zbekiston vatanim manim.
Abdulla Oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlaridan: “O’zbekiston respublikasi davlat madhiyasi” matni muallifi, O’zbekiston xalq shoiri, Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. 1998- yilda shoir va yozuvchilarimiz orasida birinchi bo’lib “O’zbekiston qahramoni” fahriy unvoni sohibi 2016- yilda vafot etgan..