«Adabiyot» sinflar uchun sinf sinf mavzu: Ma’naviyat xazinasi


) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi



Download 0,72 Mb.
bet65/142
Sana19.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#459036
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142
Bog'liq
6- sinf Adabiyot 2017

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Dunyo adabiyotida shunday siymolar borki, ular nafaqat ijodiy faoliyati, balki insoniy matonati bilan ham kelgusi avlodlarga ibrat namunasi bo‘lib qolgan. Yurtimizni mo‘g‘ul bosqinchilaridan himoya qilish janglarida mardlarcha halok bo‘lgan buyuk mutafakkir Najmiddin Kubro, bir qo‘lda yarog‘, bir qo‘lda qalam bilan temuriylar saltanatini qayta birlashtirmoq uchun cheksiz jabr-u jafolar chekkan Bobur Mirzo, insoniyatni fashizm atalmish vabodan qutqarish yo‘lida qurbon bo‘lgan chex shoiri Yulius Fuchik shular jumlasidandir.
Yuqori sinf tarix darslarida Siz 1939-1945-yillari bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushi, uni boshlagan fashist yetakchilarining kirdikorlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz, albatta. Biz bugungi mavzuni yoritmoq uchun bu urush to‘g‘risida qisqacha ma’lumotni Sizga eslatib o‘tmog‘imiz lozim.
XX asrning 30-yillari boshida Germaniya davlati boshqaruvini Adolf Gitler rahbarligidagi bir guruh harbiylar qo‘lga oladi. Ular dunyo mamlakatlarini o‘ziga bo‘ysundirish, boshqa xalqlarni qullikka mubtalo qilishdek yovuz niyatni ko‘zlashar edi. Shu maqsadda yirik armiya tuzishdi, uni eng zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minladilar. Butun mamlakat aholisi o‘rtasida «faqat nemis millatigina «oliy irq»qa tegishli, boshqa xalqlar o‘z mehnati va boyliklari bilan unga xizmat qilishi lozim» degan vayronkor g‘oya keng targ‘ib qilindi. Shu tarzda «fashizm» deb atalgan shafqatsiz mafkura dunyoga keldi.
1939-yilning 1-sentabrida Gitler boshchiligidagi fashistlarning Polshaga hujum qilishi, 3-sentabrda esa Angliya va Fransiyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Yevropa qit’asida Ikkinchi jahon urushi alangasi yoqildi. Olti yil davom etgan bu dahshatli urush olovi Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Ukraina, Belarussiya, Rossiya, AQSh, Yaponiya singari davlatlarni o‘z komiga tortdi. Urush natijasida jami 60 dan ortiq mamlakatdan 60 million nafardan ko‘proq odam hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Minglab shahar va qishloqlar, yuz minglab korxonalar kuyib kul bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur urush tarixdagi eng katta va eng halokatli urash sifatida insoniyat boshiga cheksiz qayg‘u-alamlar olib keldi.
Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari Germaniya va sobiq Sho‘rolar davlati (SSSR) o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi. U 1941-yilning 22-iyun kuni saharda Germaniyaning hujumi bilan boshlanib, 1945-yilning 9-may kuni Berlin shahrining olinishi bilan yakuniga yetgan.
Nemis qo‘shini Moskva ostonasiga qadar bostirib kelar ekan, ko‘plab harbiylar va tinch aholi vakillarini asir olar, ularni turli joylarda qurilgan konsentratsion lagerlarga - qamoqxonalarga jo‘natar edi. Mazkur qamoqxonalarda odam bolalari hayvondan-da battarroq sharoitda, ochlik va xo‘rlikda saqlanar, eng qora va og‘ir ishlarga majbur qilinar, kichkina bahona bilan o‘ldirib tashlanar edi. Ana shunday lagerlardan biri Germaniya poytaxti Berlindagi Moabit turmasi sanalgan. Shu qamoqxonaga 1942-yilning iyun oyidagi janglarda yaralanib, fashistlar qo‘liga asirlikka tushgan iste’dodli tatar shoiri Musa Jalil ham keltiriladi...
Musa Mustafo o‘g‘li Jalilov - Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Rossiyaning Orenburg gubernasida dehqon oilasida dunyoga keladi. U dastlab ovuldagi boshlang‘ich maktabda savod chiqaradi. Oilasi shaharga ko‘chib kelgach, Orenburgdagi mashhur «Husayniya» madrasasida tahsilini davom ettiradi. Musa talaba tengdoshlari orasida o‘zining izlanuvchanligi, ko‘p narsaga qobiliyatli ekani bilan ajralib turar edi. Uning ilk she’ri Turkiston fronti nashri hisoblangan «Qizil yulduz» gazetasida 1919-yilda bosilib chiqadi. Shundan so‘ng birin-ketin ommalashib borayotgan turli gazeta va jurnallarda shoirning qator she’rlari va dostonlari e’lon qilinadi.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish