a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
individual - tarqatma materiallar, kartochka.
Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Adabiyotning aynan ma’naviyat xazinasi ekanligining yana bir sababi shundaki, uning bag‘rida hozirga qadar insoniyat ardoqlab kelayotgan eng tansiq hislar - insonparvarlik (gumanizm), adolat, shafqat, o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik, mehr va muruvvat, sevgi-muhabbat, go‘zallikka tashnalik singari o‘lmas insoniy hiyg‘ular jamuljamdir. Adabiyotga oshno tutingan odam qalbiga bu hislar ko‘chib o‘tishi, uni hazrati insonga aylantirishi, hayotiga nur olib kirib, turmushini turfa mazmun bilan boyitishi aniqdir.
Yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida xalqimizdan yetishib chiqqan, uning dunyoga ma’rifatli millat sifatida tanilishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ijodkorlar xizmatiga yuksak baho berar ekan, jumladan, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyni quyidagicha ta’riflaydi:
«Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafak-kir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir».
Ko‘ryapsizki, xalqqa xizmat qilmoq uchun, uning yodida abadiy qolmoq uchun so‘zga, adabiyotga, ma’rifat va ma’naviyatga sidqidildan xizmat qilishning xosiyati beqiyosdir.
Sizni badiiy adabiyotni ixlos bilan o‘qishga da’vat etayotganimizning sabablari ko‘p, albatta. Bu masalada, keling, uzoqqa bormay, o‘zingizdan kelib chiqaylik. O‘tgan o‘quv yilida o‘nlab shoir-yozuvchilarning qator asarlarini o‘qib-o‘rgandingiz. Endi ayting-chi, shu asarlarni o‘qigan va uqqan tengdoshingiz bilan ularni o‘qimagan yoki o‘qisa-da uqmagan sinfdoshingiz orasida qandaydir farq bormi-yo‘qmi?
To‘g‘ri, adabiyot va boshqa san’at turlarining insonga ta’siri darrov sezilib-bilinib qolmaydi. Xuddi yoshingiz ulg‘ayayotganini o‘zingiz sezishingiz qiyin bo‘lganidek, adabiyotning Sizga o‘tkazayotgan ta’sirini ham qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rish mumkin emasdek. Lekin ko‘p kitob o‘qiydigan, adabiyotga chin dildan qiziqadigan do‘stlaringiz yurish-turishiga, odob-axloqiga razm solib qarasangiz, ular boshqalardan ancha ajralib turishini sezmaslik-ko‘rmaslik ham mumkin emas. Ularning gap-so‘zlari salmoqli, mazmunli bo‘lib borayotgani, bu bolalar ko‘cha changitib yurishdan ko‘ra biror foydali mehnat qilishga harakat qilishlari, uyatsiz so‘zlar bilan lafzini bulg‘ashdan tiyilishlarini ham sezsangiz kerak. Ular uyda yozib kelgan inshosi yoki referatini o‘qib berayotganida eng to‘polonchi sinfdoshlaringiz ham jimgina eshita boshlagani ham bor gap.
Xo‘sh, bu kitobsevar bolalarning boshqalardan bir-ikki qadam oldinroqqa o‘tib olishlariga ham ota-onalar, ham ustozlarning nazariga tushishlariga ko‘proq nima sabab bo‘ldi? Nega ko‘plab fan olimpiadalarida aksariyat o‘shalar g‘olib chiqyapti? Nega maktabingizda o‘tkazilayotgan «Davlat tili bayrami»ga sinfingizdan aynan shu bolalar tanlab olindi? Nima uchun bu do‘stlaringiz ortidan turli xunuk gaplar eshitmaysiz? Ularni boshqalardan ildamroq yurishiga kuch berayotgan narsa nima ekan?
Barakalla, to‘g‘ri topdingiz! Buning nomi - MA’RIFAT. Kitob orqali, adabiy asarlarni o‘qib-o‘rganish tufayli orttirilgan bebaho boylik - ma’naviyat va ma’rifat!
Do'stlaringiz bilan baham: |