11.05.2022. Adabiyot o‘qitish metodikasi O‘qituvchi: Sh. Sattorov
Foydalanilgan adabiyotlar:
Qozoqboy Yo‘ldoshev, Mo‘tabar Yo‘ldosheva. Adabiyot o‘qitish metodikasi
Boqijon To‘xliyev. Adabiyot o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma). Toshkent –
Metodika bir-biri bilan bog’langan quyidagi masalalarni hal qiladi:
Kimni o’qitish va nima uchun uni o’qitish kerak? (ta’limning maqsadi)
Nimani o’qitish lozim? (ta’limning mazmuni)
Qanday qilib o’rgatish kerak? (ta’limning vazifasi)
Adabiy ta’limning asoslari, maqsadi, mazmuni va vazifasi.
Maqsadi (kimni?) – sog’lom e’tiqodli, o’tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan yetuk, o’zga insonning tuyg’ularini anglaydigan, o’z xatti-harakatlari uchun javob bera oladigan, ma’naviy shaxsning dunyosini shakllantirishdan iborat.
Mazmun (nimani?) – o’zbek va jahon adabiyotining badiiy yuksak namunalarini hamda o’qilgan asarlarini tushunish va tahlil qilish malakasini shakllantirish uchun zarur bo’lgan nazariy ma’lumotlar.
Vazifa (nima uchun?) – o’quvchilarda badiiy adabiyotga nisbatan mehr uyg’otish, ularni ko’rkam asarlarni o’qiydigan, tushunadigan, tahlil qila oladigan, fikrlarni erkin, og’zaki va yozma tarzda bayon qilishni shakllantirish.
Adabiyot o’qitish metodikasi fanining obekti – uzluksiz ta’lim tizimidagi darsliklar
Predmeti – adabiyot o’qitishda foydalaniladigan didaktik ashyolar, qonuniyatlar, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro hamkorlik.
Fanning asosiy maqsadi – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish, yoshlar ma’naviyatini qaror toptirish, badiiy asarning ta’sir kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo’llarini o’rgatish.
Adabiyot o’qitish metodikasining tarixi va shakllanish taraqqiyoti
Zamonaviy metodikaning nazariy asoslari
S. Sayyidning “Navoiyni o’qish” she’rini yod olish
! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (29.08.1997.), Adabiy ta’limning Davlat ta’lim standartini bilish
12.05.2022. Fan: Adabiyot o’qitish metodikasi
Hovand Gardnerning “Turfa zakovatlar nazariyasi” asosida turli qobiliyat va dunyoqarashga ega bo’lgan o’quvchilarni darslarga jalb qilish. (O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani hamda Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari. (Bu dunyoda faqat bitta muammo bor: odamlarga hayotdan ma’naviy qoniqish hissini qaytarish kerak. Ma’naviy boyliksiz qalb toshga aylanadi. Komillikka yo’naltirilgan didni tarbiyalamoq kerak. Ekzyuperi)
B.S. Blum taksanomiyasi asosida adabiyot darslari uchun topshiriqlar yaratish, adabiyot darslarida o’quvchilarni o’qitishda interfaol usullarni va kognitiv rivojlanish strategiyalarini qo’llash. (G’. G’ulomning “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi, Tagorning “Shubxa” hikoyasi misolida)
Adabiyot o’qitishda davr va madaniyatni hisobga olish, zamon va makon, tarixiy voqelikni tushunishni o’rgatish. (P. Qodirovning “Yulduzli tunlar” va Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asari misolida)
Adabiyot darslarida yozma topshiriqlarni qo’llash. (“O’tkan kunlar” va “Asrga tatigulik kun” asarlari misolida)
Hovand Gardnerning “Turfa zakovatlar nazariyasi”a
Tilshunoslik
Mantiqiy-matematik,
Musiqiy
Tana-kinestetik
Fazoviy-yengil
Shaxslararo
Intropersonal
Benjamin Semirul Blum o’zining “Ta’lim maqsadlari taksanomiyasi, bilish yo’nalishi” nomli kitobida bir qancha g’oyalarni ilgari surgan. Taksanomiya – grekcha tartib, saf, qonun, tasniflash, tizimga solish tamoyillari va amaliyoti demakdir.
Kognitiv (bilaman)
Avfektiv (his qilaman)
Psixomotor (yarataman)
16.05.2022.
Do'stlaringiz bilan baham: |