Adabiyot millatning qon tomiridir. Bu fan bevosita qalb tarbiyasiga, yosh av­lodga ma’na­viyat va ma’rifat ulashishga xizmat qiladi



Download 17,18 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi17,18 Kb.
#82916
Bog'liq
adabiyot fikrlar


Adabiyot millatning qon tomiridir. Bu fan bevosita qalb tarbiyasiga, yosh av­lodga ma’na­viyat va ma’rifat ulashishga xizmat qiladi. Adabiyot fani bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarida muho­kamaga qo‘yiladigan masa­lalar “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda belgilanib, ta’sirchanligi, samarasi, natijaviyligi jihatidan o‘qituv­chilarni yangi o‘quv yili ol­didan boy va puxta bilim, ma’lumot hamda tavsiyalar bilan qurollantirishi zarur. 

Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, Prezi­dentimiz tomonidan ada­biyot­ga berilayot­gan e’tibor, kitob mutolaasi, oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish, mus­taqillik yillarida chop etilgan yangi adabiy-badiiy nashrlar, adabiyot ta’limining modernizatsiyalangani, o‘quv dasturlarining opti­mal­lash­tirilgani, darsliklar mazmuni yildan-yilga yaxshilanib, kamchiliklar bartaraf etilayot­gani va bu islohotlarning ta’lim jarayoniga ijobiy ta’siri haqidagi tajribalar umum­lashtirilishi lozim. 

2015-yilda qayta nashr etilib, yangi o‘quv yilidan pedagogik amaliyotga joriy etiladigan 5-sinf “Adabiyot” (S.Ahmedov, B.Qosimov, R.Qo‘chqorov, Sh.Rizayev) darsligi ekspertlar nazo­ratidan o‘tkazilib, kamchiliklari bartaraf etildi, takomil­lashtirildi, qayta ishlandi va chop etildi. Sho‘ba yig‘i­lishlarida mazkur o‘zgarishlar amaliyotchilarga yetkazilishi va muhokama uyush­tirilishi maqsadga muvofiqdir. 

Mazkur darslik bilan ish­lashda o‘qituvchilar o‘quv das­­turi talablarini teran anglashlari, mavzular maz­mun-mohiyatiga ko‘ra mash­g‘ulotlarni rejalashtirish, o‘rganishga berilgan asarlar yuzasidan o‘quvchini mustaqil mutolaaga qi­ziqtirish, matn ustida ishlash­ga o‘rgatish, multimediya, elektron darslik va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanish mahoratiga ega bo‘lish talab etiladi. 

Oliy ta’lim muassa­salari, hududiy xalq ta’limi xo­dimlarini qayta tay­yorlash va malakasini oshirish institutlari mutaxas­sislarining ilmiy salohiyatidan foydalanib, ularni safarbar qilgan holda umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasasalari faoliyatida amaliy integrat­siyani ta’minlash lozim. 

O‘quv, ilmiy-metodik, ma’­naviy-axloqiy tarbiya ishlarida samarali natijalarga erisha­yot­gan, kasbiy mahorati yuqori bo‘lgan o‘qituv­chilarning ish tajribalarini o‘rganish, umum­lashtirish va ommalashtirish hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan “Mahorat maktab­lari”da o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi. 

Adabiyot fanidan 5–9-sinflar uchun yaratilgan elektron darsliklar, o‘quv filmlari, vi­deodarslar, multi­media mate­riallaridan dars­ning kirish, yangi mavzu bayoni va mustahkamlash bosqichlarida foydalanish o‘quvchi tasavvurini boyitadi, o‘rganganlari xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, mulohaza yuritishga yo‘naltiradi. O‘r­gan­ganlarini tekshirish, xato qilgan bo‘lsa, uni to‘g‘rilab olish imkonini beradi. Yig‘i­lishlarda bu boradagi ilg‘or tajribalarni o‘rtoqlashish har bir amaliyotchi o‘qituvchi faoliyatida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 

O‘quvchilarning dars mash­g‘ulotlarida o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash, ma’naviyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziq­tirishda to‘garak mashg‘u­lotlarining o‘rni katta. Sinfdan tash­qari tashkil etiladigan “Notiqlik san’ati”, “Ifodali o‘qish”, “Yosh adabiyotchi”, “Drama” kabi to‘garak mashg‘u­lot­larining muntazam o‘tka­zilishi o‘quv­chi­larning fanga qiziqishini o‘stirish bilan birga ifodali o‘qish, mustaqil ijod qilish, tushunarli va jozibali so‘zlash mahoratini ham oshiradi. Sho‘ba yig‘i­lishlarida to‘garak mash­g‘ulotlarini sama­rali tashkil etish yuzasidan tajriba almashish tavsiya etiladi. 

Shuningdek, yig‘ilishlarda yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat imti­honlari, fan olimpiadasi, bilimlar bella­shuvining nati­jalari tahlil etilib, yakuniy bosqich g‘oliblarining yutuq­lari, yo‘l qo‘yilgan kam­chi­liklar o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqarish va kelgusi rejalarni belgilash lozim. 

Adabiyot — fikr, tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta'rif adabiyotning to’g’ri ta'rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir.

FITRAT

* * *


Adabiyot so’zini tuzukkina anglatmoq uchun boshlab san'at ham go'zal san'atlar degan so’zni ta'rif qilib o’tish lozimdir...

Go’zal san'atlarda tovar (material) tovush ohang bo’lsa, go’zal san'at musiqiy bo’ladir; bo’yovlar, chiziqlar bo’lsa, rasm bo’ladir; tosh yo boshqa turli ma'dan esa haykalchilik bo’ladir; tosh, yog’och, kirpich, ganch turnoq (tuproq, loy) bo’lsa, me'morlik bo’ladir; tan, mug’a (qo’l, qosh, ko’z) harakatlari esa o’yin (tans) bo’ladir; gap, so’z esa adabiyot bo’ladir...

Go’zal sao’atlarning mana shu olti turlari bir-biriga yaqinlashmoq e'tibori bilan ikki turkumga ayriladir. Adabiyot, musiqa, o’yin (tans) — bir turkum; rasm, haykalchilik, me'morlik bir turkum bo’ladir.

FITRAT


* * *

Adabiyot har bir millatning hisli ko’ngil tarixining eng qorong’u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg’on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to’lquni odamning har xil maishatiga qarab o’zgaradur...

... Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, qoralangan, o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma'rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladirg’on  buloq suvi bo’lg’onlig’idan bizga g’oyat kerakdir...

CHO’LPON


* * *

Adabiyot — fikr ommasi, qalb hislari bilan doimo sayqallanadigan, to’xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir soha...

... Adabiyot turmushni aks ettiradi, turmushdagi voqealar, hodisalar, fikr va tuyg’ularni umumiylashtirib, obrazlar bilan turmushni, dunyoni anglashga tirishadi...

... Adabiyotimizning tasvir obyekti — xalqimiz turmushi. U o’z taraqqiyotida xalq hayotini, kurashini, orzu-armonlarini, his-tuyg’ularini, fikr-xayollarini yangi jamiyat qurish yo’lidagi faoliyatini badiiy aks ettirib rivojlandi, benihoya yutuqlarni qo’lga kiritdi...

OYBEK

* * *


Adabiy asarlar turmushni jonli ko’rsatib, odamlarning fikr va tuyg’ulariga kuchli ta'sir qiladi. Badiiy chuqur, fikr-his jihatidan to’la adabiy asarlar o’quvchini uzoq vaqt bog’lab, asir qilib oladi. Adabiyot turmushni abstrakt (mavhum) tushuntir-may, konkret (aniq) badiiy umumlashtirib, jonli anglatadi.

Adabiy asarlar ila ma'lum bir yo’nalishda ommani tarbiya qilish, madaniy saviyasini, zavqini ko’rsatish mumkin. Davrni to’lqinlantirgan ulug’ ideyalar, vazifalar, millionlarning hayotida ko’rilgan o’zgarishlar san'at asarlarida tajassumlanishi kerak.

Adabiyot xalqning jon-tani bo’lgan bir ishdir, shuning uchun bizning bu sohadagi har bir muvaffaqiyatimizni, may-donga chiqqan har bir qimmatli asarni xalq o’z g’alabasi, deb biladi.

OYBEK


* * *

Adabiyot — ko’ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg’usiz, ilhom-siz yozilgan asar changlanmagan gulga o’xshaydi — meva tug-maydi. Ko’ngil rozi bo’lgan asargina kitobxonning ko’ngliga yoi topadi, kitobxonning ko’nglida meva tugadi...

... Quyosh, havo, yer, suv barcha jonvor va ko’katlarga ozuqa berganidek, xalq hayoti yozuvchiga ilhom beradi. Yozuvchi qanchalik iste'dodli, uning qalam tutgan qo’Ii qan-chalik tajribali bo’lsa, xalq undan shunchalik chuqurroq minnatdor bo’ladi, uning ijodini, umuman, Adabiyotni shunchalik chuqurroq hurmat qiladi.

Abdulla QAHHOR

* * *

San'at asari chaqmoq, mushak, kamalak singari lahzani obod qiladigan umri qisqa, mag’zi puch go’zallik emas, balki adabiyotni bezaydigan, umri boqiy va mag’zi to’q go’zallikdir...



... o’qishli kitob go’zallikdir, lekin go’zallikda ham go’zallik bor. Qorong’i kechada otilgan mushak ham go’zal, quyosh-ga qarab xandon tashlab turgan gul ham go’zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go’zalligi qamashtirsa ham puch go’zallik, shuning uchun bebahodir. Gulning go’zalligi esa to’q go’zallik, chunki uning bag’rida hayot bor, shuning uchun abadiy go’zallikdir. G’uncha guldan ham go’zalroq, chunki uning bag’rida ikki hayot — o’z hayoti va yana gul hayoti bor.

Abdulla QAHHOR

* * *

Lirika — inson qalbini, zamondoshimiz qalbini kashf etish, uning orzu va intilishlarini, muqarrar dramalarini idrok etisb demakdir. Kishilarning ruhiy olami nechog’lik chuqur payqab va ilg’ab olinsa, she'riyat shu qadar boy va ta'sirchan bo’ladi. Lekin kashf etish fikr qilish, o’ylash demakdir. Hozirgi zamon she'riyatining mohiyati, rivojlanishining asosiy yo’nalishi ham ana shundadir...



... Mening hayotimda o’ta baxtli kunlar ham, musibatli oniar ham ko’p bo’ldi. Biroq hatto og’ir, mushkul daqiqalarda ham o’zimning dard-u hasratlarimni she'rga tushirarkanman, meni muhabbatimning g’olib qudrati hech qachon tark etma-di. Mening shaxsiy hayotim — xalq hayotining bir zarrasi. Men xuddi shunda ham grajdanlikning ifodasini ko’raman.

ZULFIYA


* * *

Qatrada quyosh aks etganidek, lirikaning eng kichik janri-da ham katta hayotiy mazmun va olijanob tuyg’ular ifoda etiladi. Shuning uchun ham u qiyin, shuning uchun ham u san'at asari, deb yuksak qadrlanadi... Ammo ba'zi bir shoirlarimizda kichik janrlarga nisbatan o’ta mas'uliyatsizlik bilan yondoshilayotganligi sezilib qolmoqda. o’zbek poeziyasining quyoshi deb ataganimiz Alisher Navoiyning ham umr bo’yi yozgan ruboiylari barmoq bilan sanarlidir. Biroq bu ruboiylaming har birida bir jahon mazmun bor.

ZULFIYA

* * *


She'r — tuyg’ular, hayotdan olingan taassurot va tafakkurlar mevasi!..

... Tuyg’ular! She'r — tuyg’ular farzandi. Chuqur fikrlar, yoniq, samimiy hislar farzandi bo’ladi she'r...

ZULFIYA

* * *


Fransuz faylasufi Gelvetsiy: «She'r yo yuksak cho’qqilarda, yoki g’orlarda yaratiladi», deydi. Darhaqiqat, she'r inson ruhining birmuncha g’ayritabiiy, ayricha holatidan tug’iladiki, zukko faylasuf buni obrazli qilib ifoda etgan. o’sha cheksiz ufqlar, sirli miltiragan sonsiz yulduzlar kimda ham his-tuyg’ular uyg’otmaydi, deysiz! Albatta, hammada ham. Faqat ijod dardiga chalingan odamda bu tuyg’u cheksiz armonga, go’zal iztirobga, qondirilishi nihoyatda zarur bo’lgan ehtiyojga aylanadi.

Abdulla ORIPOV

* * *

She'r shoir qalbida tug’ilgan hayotiy tuyg’ularni ifoda qila-di va shu bilan o’quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o’zi yonmasa, boshqalarni yondirolmaydi, qalb hislarida otash bo’lmasa, boshqa qalblarga harorat berolmaydi. Bu sehrli otashsiz har qanday she'riy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yo’q.



Erkin VOHIDOV

* * *


Inson yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor. She'riyat yurak sadosi bo’lganidan ana shu murakkab tuyg’ular olamini ifoda qiladi. Shuning uchun ham bir she'rni o’qib quvonsak, ko’ksimiz g’urur va iftixor tuyg’ulariga to’lsa, ikkinchi bir she'rni o’qib, hayolga tushamiz, inson dardlariga oshno bo’lamiz.

Shoirlikxo’sha tuyg’ulaming tabiiyligi va haqqoniyligiga she'rxonni ishontira olishdir.

Ishontira olish — iste'dodning ibtidosi.

Erkin VOHIDOV



* * *

Aziz va yosh do’stlarim!.. She'riyat quyoshi, musiqasining sehrli kuylari, bahor shabadasi kabi, sizning qalbingizga eng go’zal inson husnini beradi, eng nafis zavq bag’ishlaydi. She'r va muzika dunyosida xulqingiz nozik go’zaUik, chuqur hissiyot kashf etadi.



OYBEK
Download 17,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish