Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti


«IKKI ESHIK ORASI» ROMANIDAN OLINGAN PARCHA HAQIDA



Download 0,62 Mb.
bet61/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148
Bog'liq
3-qism

«IKKI ESHIK ORASI» ROMANIDAN OLINGAN PARCHA HAQIDA
«Ikki eshik orasi» romani 1986-yilda yozilgan bo‘lib, romanda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlanadi. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi; uning g‘ayriinsoniy mohiyatiga urg‘u beradi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan 9 ta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi.
«Ikki eshik orasi» romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlaydi. Orif oqsoqol haqiqatgo‘yligi bois o‘zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydi. U odamlarga baho berganida xalqona ta’bir bilan «mard odamning belida belbog‘i bo‘lishi kerak» degan taomilga rioya qiladi.
Romanda ayollar obrazi ham zo‘r mahorat bilan tasvirlangan bo‘lib, ular orasida Qora amma o‘ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qora amma obrazining aksariyat sifatlari romanning «Qora amma hikoyasi» qismida namoyon bo‘ladi.
Qora amma – mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Ukasi Shomurodning xotini Ra’no eriga xiyonat qilib, Umar zakunchining hiyla-nayrangiga uchadi. Ukasining oilaviy tashvishlari ham Qora ammaning yelkasiga tushadi. Kelini Ra’noning qilmishlaridan norizo bo‘lgan Qora amma uni aslo kechira olmaydi. «Juvongina o‘lgur, noinsof! Bolaning uvoli tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yo‘q edi-ku! Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘rilik qilib bo‘lmagandir! To‘rt yil qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan qancha gulday juvonlar yuribdi sabr qilib. Aqalli bolangni o‘ylasang bo‘lmasmidi, imonfurush!» – Qora amma shu zaylda yozg‘iradi.
Qora amma olti farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko‘kka ishonmasdan katta qildi. Yurtda mudhish urush boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga kamarbasta bo‘lsin degan niyatda yolg‘iz farzandi – Kimsanini urushga kuzatdi. Kimsanning peshonasiga urushda halok bo‘lish bitilgan edi. Biroq Qora amma o‘g‘lining urushda o‘lganiga ishonmadi; farzandining bir kunmas bir kun ota uyiga kirib kelishiga umid qilib yashadi. Shuning uchun aza ham ochgani yo‘q.
Qora ammaga taqdirning bu ko‘rguliklari ham kamlik qildi. Yolg‘izgina farzandi Kimsanning sevgilisi, o‘zi ning o‘gay qizi Robiyani ukasi Shomurodga xotin qilmoqchi bo‘ladi. Bu maqsadni amalga oshirish unga qanchalar qiyin kechadi, uning ichki his-tuyg‘ulari, ruhiy holati har qanday insonni larzaga soladi. O‘g‘li Kimsanning oldida, qizi Robiyaning oldida ham o‘zini gunohkor sezadi, ulardan tinimsiz kechirim so‘raydi: «Yuragim uvishib, boshim xam bo‘lib qoldi. Men noinsof, men yuzi qaro qaysi yuz bilan?.. Kimsanim, jon bolam, kechir gunohkor onangni!»
Romandagi yana bir ayol obrazi bor – Robiya. Unga ham taqdir kulib boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Robiya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. Onasining o‘limidan so‘ng ular Samarqanddan Toshkentga, No‘g‘ay qishloqqa ko‘chib kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi. Robiya Husanboy Dumani bobo, uning xotini Qora ammani oyi, ularning o‘g‘li Kimsanni aka, Qora ammaning ukasi Shomurodni ada deb katta bo‘ldi.
Robiya sofdil, mehnatkash qiz bo‘lib ulg‘ayadi. U Kimsanga ko‘ngil qo‘ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi bir guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush boshlangach, urushga ketgan sevgilisi qaytmadi. Robiya uni yillar davomida kutdi. Urush tugaganiga bir necha yil bo‘lsada, uni sadoqat bilan kutishdan charchamadi. Qora amma, ya’ni oyisi unga sovchi bo‘lib, ukasi Shomurodga so‘raganida, Robiya aql-u hushidan ayrildi: «Nima deyotganini o‘zi biladimi oyim? Axir... Kimsan akam mening qaylig‘im bo‘lsa, oyimning o‘g‘li-ku! Kimsan akam hammadan ko‘ra oyimga yaqin-ku. Nima jin urdi?» Bechora Robiya taqdirning achchiq qismatiga ilojsiz ko‘nadi.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish