Adabiyot 6-sinf



Download 80,11 Kb.
bet25/27
Sana30.12.2021
Hajmi80,11 Kb.
#198058
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
6-adab savol javob

TOG‘AY MUROD (1948 2003)

1. Tog‘ay Murod qayerda tug‘ildi?

J: Surxondaryoning Denov tumaniga qarashli Xo‘jasoat qishlog‘ida

2. Tog‘ay Murod qaysi o‘quv yurtlarida tahsil olgan?

J: 1966 1972yillarda ToshDUning jurnalistika fakultetida, 1985 1987yillarda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida

3. Qaysi shoir o‘z tarjimayi holida shunday yozadi: «Men o‘rta maktabni bitirib, shunday niyat qildim: 30 35 yoshlargacha uylanmayman, oila qurmayman, biror idorada faqat tirikchilik uchun ishlayman. Men faqat bir maqsadni ko‘zladim: 30 35 yoshimgacha jahon adabi yotini o‘qish. Faqat o‘qish, o‘qish, o’qish, qo‘l qotib qol masin uchun maydamayda hikoyalar mashq etib turish. Men shu niyatyoTida imorat solmadim, mashina olmadim, mansab egallamadim, shonshuhrat izlamadim. Men dun yo talashmadim! Faqat izlandim, faqat o‘qidim».

J: Tog‘ay Murod

4. Qaysi shoir o‘z tarjimayi holida shunday yozadi: «G‘animlar meni ishdan haydadilar. Kurashda bir qonun bor: polvon davrada mag‘lub bo‘lsa, taqdirga tan berib ket maydi. Yo’q, polvon o‘zini boqadi. Polvon o‘zini parvarish laydi. Polvon tinimsiz mashq oladi. Raqibidan mag‘lubiyat alamini olish uchun ishlaydi. Raqibidan alamini olmas danda qo’ymaydi. Men davralarda olishib katta bo’ldim. Polvonlik ajdodimda bor, polvonlik qonimda bor. Menda ana shu polvonlik qoni qo’zg‘adi». J: Tog‘ay Murod

5. Dastlabki yirik asari qaysi va u qachon yaratilgan?

J: 1976yilda yaratilgan «Yulduzlar mangu yonadi»

qissasi

6. Qaysi asarida yozuvchining qonqoniga singib ket gan, ming yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelayotgan tarixiy qadriyat kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomalamunosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olinadi?

J: «Yulduzlar mangu yonadi»

7. Qaysi qissasi 1979yilda «Yoshlik» jurnalida chop qilindi? J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi

8. Qaysi asarida o‘sha davr adabiyotida kamdankam tilga olinadigan ijtimoiyiqtisodiy muammolar, butun dun yoga ibrat qilib ko’rsatilgan «sovet kishisi» tabiatiga xos bo‘lgan turli illatlar badiiy jihatdan ta’sirchan va ishonarli ochib berilgan? J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi

9. Qaysi asardagi qishloq mehnatkashlarining og‘ir mehnati, kattakichik rahbarlarning ularga bepisand muno sabati, odamlardagi pokiza histuyg‘ularning toptalishi, kuppakunduz bo‘layotgan adolatsizliklar tasvir va talqini o’quvchilarning tahsiniga sazovor bo’ldi?

J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi

10. Qaysi asar qahramoni umrbod ixlos qo’yib yur gani odam bolalaridan cheksiz adolatsizlik, nomardlik, vahshiylik ko’rgan Ziyodulla chavandoz o‘zining sevimli, vafodor, sadoqatli otidan panoh so‘raydi?

J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi

11. Tog‘ay Murod qaysi qissaning yaratilishi haqida shunday deydi: «Sattor chavandoz degan bilan til topish

dim. U menga bir ot topib berdi. Men otlandim! Sattor chavandoz bilan qishloqmaqishloq, to‘ymato‘y, ko‘pkari mako‘pkari yurdim. Uzun qish ko’pkarixona ish joyim bo’ldi, chavandozlar hamxonam bo‘ldi, otlar birodarim bo‘ldi. Nihoyat, ko‘klamda ... nomli ikkinchi qissamni ko’ta rib keldim»'? J: «0t kishnagan oqshom»

12. Tog‘ay Murodning qaysi qissasi qahramonlari Qoplonbek va Oymomo atrofidagilarga faqat yaxshilikni sog‘inadigan, umrini ezgulikka baxshida etgan olijanob odamlar?

J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi

13. Qaysi qissada buyuk muhabbat rishtasi bilan birbi riga mangu boglangan go‘zal insonlarning hayot yo‘li oy dinda aytilgan qo’shiqday tarannum etiladi?

J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi

14. Qaysi qissada befarzandlikda g‘am chekkan eru xotin taqdiri qalamga olinadi?

J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasida

15. Qaysi qissa qahramoni yoshi o‘tib keksayib qolgan Oymomo farzand sog‘inchi shu qadar kuchliligidan qo’shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib o‘tirganda qupquruq ko‘ksiga birdan sut keladi. U so’nggi nafasidagina onalik baxtidan bir lahza totinadiyu, dunyodan ko‘z yumadi?

J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi

16. Tog‘ay Murod qaysi qissaning yaratilishini shunday izohlaydi: «Yurtimizda tog‘ etagida So‘fi Olloyor qabri bor. Shu qabr qabatida tog‘chorbog‘ bor. Men bu qishni shu chorbog‘da o‘tkazdim.... nomli qissa bitib keldim»?

J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi

17. Qaysi qissasi muxlislar orasida «Muhabbat qo‘shig‘i» deb atalib, u 1980yilda yaratilgan?

J: «Oydinda yurgan odan\lar» qissasi

18. Qaysi qissasi unchalik shuhrat qozonmadi?

J: 1985yilda yaratilgan «Qo‘shiq» qissasi

19. «Otamdan qolgan dalalar» romani qachon yaratil . di? J: 1993yilda

20. Tog‘ay Murodning qaysi asariga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berilgan?

J: «Otamdan qolgan dalalar» romaniga

21. Qaysi asari e’lon qilingach, yozuvchiga 0‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berildi?

J: «Otamdan qolgan dalalar» romani

22. Tog‘ay Murodning qaysi asari asosida kinorejissor Shuhrat Abbosov 2 qismli badiiy film ishlagan?

J: «Otamdan qolgan dalalar» romani asosida

23. Tog‘ay Murod qaysi asarning yaratilishi haqida shunday yozadi: «Ana shu vaqt qatag‘on avj oldi. Ishdan haydahayda avj oldi. Firqadan o‘chiro‘chir avj oldi. Sursur avj oldi. Nihoyat... qamaqama avj oldi. So‘roq Moskvada bo‘ldi. Sud Moskvada bo’ldi. Hukm Moskvada o‘qildi. Ana shunda polvonlik qonim qaynadi! Endi qoni muz g‘animla rim uchun qaynamadi. Endi qonim... olamjahon g‘animla rim uchun qaynadi. Endi qonim qudratli g‘animlarim uchun qaynadi. Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!».

J: «Otamdan qolgan dalalar» romani haqida

24. Qaysi roman o’zbek xalqining chor Rossiyasi va sho’ro bosqini ostida o‘tgan hayotini 100 yildan ortiqroq tarixni o‘zida mujassam etgan?

J: «Otamdan qotgan dalalar» romani

25. Oqposhshoning asl niyatini anglamay, bosqinchi ning uyatli qiliqlaridan orlanib, tug‘ilib o‘sgan yurtini tashlab ketgan Jamoliddin ketmon qaysi asar qahramoni?

J: «Otamdan qolgan dalalar» romani

26. Nima qilib bo‘lsa ham yurt tuprog‘ini bosqinchilar dan tozalash niyatida qo‘liga qilich tutgan Aqrab (Chayon) qaysi asar qahramoni?

J: «Otamdan qolgan dalalar» romani

27. Qaysi asar qahramonlari XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi xalq vakili, XX asrning 20yillarida milliy istiqlol yo‘lida shahid bo’lgan bobolarimiz timsoli, sho‘ro hukumati Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» siyosati qur bonlari? J: «Otamdan qolgan dalalar» romani

28. Sho‘ro hukumati Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» siyosati qurboni bo‘lgan Dehqonqul qaysi asar qahramoni? J: «Otamdan qolgan dalalar» romani

29. Tog‘ay Murod kimning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

J: E.SetonTompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini

30. Tog‘ay Murod «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida kimning timsoli orqali unutilayotgan an’analarimiz haqida fikr yuritadi? J: Bo‘ri polvonning

31. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida qaysi qah ramon shunday o’ylaydi: «Xa!q nimasi bilan xalq? o’zi ning urfodatlari bilan xalq! Ko‘p urfodatlarimizni birovlar... birovlar o’ziniki qilib oldi. Biz qolimizni burnimizga tiqib qoldik. Shunday keta bersak, hademay... o‘zimiznida boy berib qo’yamiz! Bu yog‘i kamday, nene nimalarimizni eski lik sarqiti deb o’yladik. Xiyol bolmasa, xalqimiz o‘zinida... eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin dedik! Bugun buni yo‘qota bersak, ertaga uni yo‘qota bersak... podadan nima farqimiz qoladi.?» J: Bo‘ri polvon

32. Bo‘ri polvon sevgilisining ismi? J: Momoqiz

33. Bo‘ri polvonning do‘sti bo‘lsada, uning suygan qi zini ilib ketgan qahramon kim? J: Nasim polvon

34. Bo’ri polvon hammadan zo‘ri o’zimman, deb o‘ylab, o’zidan ancha yosh bo‘lgan qaysi polvondan yengilib qola di? J: Ismoil polvondan

35. Bo’ri polvon o’g‘lining ismi? J: Tiloverdi

36. Nasim polvon o’glining ismi? J: Abray polvon

37. Azaliy raqiblar Bo‘ri polvonning o’g‘li Tiloverdi hamda Nasim polvonning o’g‘li Abray polvonlar olishuvida kim g alaba qozonadi? J: Kurashning boshida Tiloverdi, keyin esa Abray polvon

38. Tog‘ay Murodning qaysi asari sho’ro davri ada biyotidagi ko‘plab boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan» tugamasligi jihatidan ajralib turadi?

J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi

39. Xo’jasoatlik polvonning ismi? J: Sadir polvon

40. Sho‘rchilik polvon kim? J: Ro‘zi polvon

41. Qaysi polvon o‘z qishlog‘idan davraga boshqa polvon chiqmaganligi uchun oppoq soqoli bilan sport mas teri Maksim polvonga qarshi davraga chiqadi?

J: Normurod polvon

42. Ushbu fikrlar muallifini toping: «Avlodlar almashgan sayin yurak yo’qolib boryapti. Jasad bor! Aql bor! Yurak yo‘q! To‘rt mucha bor! Kuchquvvat bor! Yurak yo‘q!»

J: «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Bo‘ri polvon

'43. Ismoil polvon Bo‘ri polvonni yenggandan so‘ng, u bilan qayta kurashga tushmaslik uchun o’zini doim chet ga olib yuradi. Bo’ri polvon ayyorlik bilan unga bir to’yga kechikib borib davrada ro’para keladi. Bu to‘y qayerda bo’lgan edi? J: Termizda

44. Qaysi polvonlar o’rtasidagi kurashda tajriba yosh lik ustidan g‘alaba qozonadi? J: Bo‘ri polvon va Ismoil polvon o‘rtasidagi kurashda

45. «Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan» maqoli qaysi asarda keltirilgan?

J: «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida

46. Tiloverdi Bo’ri polvonning nechanchi farzandi edi? J: 5farzandi

47. Bo’ri polvonnfng nechta farzandi bor edi?

J: 5 ta: 4 tasi qiz, 1 tasi o‘g‘il

48. Bo‘ri polvon kimga uylanadi?

J: Brigadasidagi Suluv ismli qizga


Download 80,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish