Adabiyot 6-sinf



Download 80,11 Kb.
bet3/27
Sana30.12.2021
Hajmi80,11 Kb.
#198058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
6-adab savol javob

XUDOYBERDI TO‘XTABOYEV

1. Xudoyberdi To’xtaboyev qachon va qayerda tug‘il gan? J: 1932yil 17dekabrda Farg‘ona viloyatining Yay pan tumanida Katta Tagob qishlog‘ida

2. Xudoyberdi To’xtaboyev kimlarning tarbiyasini ol gan? J: Bobosi Erkaboy va buvisi Robiyabibilarning tarbiyasini olgan

3. Qaysi gazetalarda ishlagan?

J: 14 yil davomida «Toshkent haqiqati», «Sovet 0‘zbekistoni» gazetalarida

4. Qancha felyeton yozgan? J: 300 dan ortiq

5. Qachondan o‘z faoliyatini bolalar hayotiga yo’naltir gan? J: 70yillar boshidan

6. Qissalari.

J: «Omonboy va Davronboy sarguzashti» qissasi

7. Romanlari. J: «Sehrli qalpoqcha», «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi», «Besh bolali yigitcha», «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo‘llar», «Sehr garlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida», «Jan nati odamlar» (1996) kabi romanlari bor

8. «Sariq devni minib» asari necha tilga tarjima qilin gan? J: 24 tilga

9. Xudoyberdi To’xtaboyevning qaysi asari Janni Roda rining tahsiniga sazovor bo’lgan?

J: «Sariq devni minib» asari

10. «Sariq devni minib» asari qahramoni Hoshimjon Ro ziyev kimning o g li? J: Ro‘zivoy traktorchining o‘g‘li

11. Hoshimjonning singillari ismi?

J: Singiliari Oysha va Dono

12. Hoshimjon doim kimdan yozma ishlarni ko’chirib yuradi? J: Orif degan do‘stidan doim yozma ishlarni ko‘chirib yuradi

13. Hoshimjon o’qigan maktab direktorining ismi?

J: Otajon Azizovich

14. Hoshimjon direktorga qaysi fanlarni dars jadvalidan olib tashlash haqida ariza bilan murojaat etadi?

J: Algebra, geometriya, ona tili fanlarini yo‘qotib, o‘rniga futbol haqida fan qo‘ying deydi

15. Hoshimjon kimdan sehrli qalpoqcha haqida eshit gan edi? J: Qashqar qishlog‘idagi buvisidan

16. Hoshimjonning buvisi qaysi qishloqdan edi?

J: Qashqar qishlog‘idan

17. Hoshimjon sehrli qalpoqchani qayerdan topadi?

J: Qishloq chetidagi eski uydan topadi

18. Hoshimjonning sehrli qalpoqchani topgandan keyingi birinchi ishi nima boladi? J: Soraxon folbinning ishlarini tekshirib ko‘rish bo‘ladi

19. Folbin ayolning ismi?

J: Soraxon folbin Hoshimjonning sinfdoshi

Mirobiddinxo‘janing onasi bo‘lib, qishloqda obro‘yi zo‘r edi

20. Hoshimjon folbin xolaning uyiga kirganda o‘g‘li Mirobiddinxo’ja qayerda o‘tirgan edi?

J: Xumning ichida

21. Hoshimjon nima uchun maktabdan haydaladi?

J: Qosimjon degan do’stiga yettita fandan a’io baho qo‘yib, chorak chiqargani uchun

22. Hoshimjon maktabdan haydalgandan so‘ng qayer ga yo‘l oladi? J: MirzachoMga

23. Hoshimjon Mirzacho‘lda dastlab kim bilan uchra shadi? J: Polvontog‘a degan kishini uchratadi

24. Hoshimjon sehrli qalpoqcha yordamida qanday lavozimni egallaydi? J: Agronom

25. Hoshimjon agronom bo‘lgan sovxoz direktorining ismi? J: Akbar aka Nosirov

26. Hoshimjon qaysi brigadaga agronom bo’ladi?

J: 12brigadaga

27. Hoshimjonga qancha gektar yer va necha so‘m maosh tayin etiladi? J: 1200 gektar yer, 120 so‘m maosh

28. Hoshimjon agronom bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i kim?

J: 0‘rmon aka

29. Hoshimjon agronomjDo’lgan brigada boshlig‘i kim?

J: Rahimjon aka

30. G‘o‘zaga shira tushganini Hoshimjonga kim aytadi?

J: Brigada boshlig‘i Murodxon aka

31. Qobilvoy, Eshvoy qaysi asar qahramonlari?

J: «Sariq devni minib»

32. Hoshimjonga ikki qo‘yib charchamaydigan o‘qituv chi? J: Qobilov

33. Hoshimjon o‘qimay ham qaysi kasb egasi bo’lishni xohlar edi? J: Agronom

34. «Diqqat, diqqat! 0‘g‘rini qidirayotganlar diqqa

tiga! Hozirgina qochgan bola 1213 yoshlarda edi. 0‘zi qorachadan kelgan, oriq, bo‘yi mendan ko‘ra novcharoq. Ko’zlari yirikyirik, doim chaqnab turadi. Burni angishvona ga o‘xshaydi. Gapirganda tutilibtutilib qoladi. Ustfda Oq shoyidan sorochkasi bor, shimi yo‘lyo‘l sherstdan, dazmol lanmagan. Afti boshiga bir haftadan buyon suv tegmagan bo‘lsa kerak, hamma yog‘i kir». Ushbu ta’rif qaysi qah ramon haqida?

J: Hoshimjon haqida

35. «Xoh g‘o‘zam, xohxoh g‘o‘zam, Hosili oppoq g‘o‘zam», degan qo’shiqni kim xirgoyi qilgan?

J: Hoshimjon

36. Polvontog‘a nechanchi sovxoz suvchisi?

J: Oitinchi

37. «Baland bo‘yli, yelkalari keng, polvonnamo bir ki shi. Gapirganda ovozi xuddi xumning ichidan chiqqandek guldirab, jaranglab eshitiladi. Kulganda tomni ko’tarib yuborgudek qattiq kuladi, yurganda uyning pollari lapang lab ketadi». Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida?

J: Sovxoz direktori haqida

38. Hoshimjon nechanchi bo‘limga agronom etib tayin lanadi? J: To’rtinchi

39. Hoshimjonning qishlog‘idagi agronomning ismi?

J:Anorboy

40. Hoshimjon nima uchun ishdan haydaladi?

J: Shiralarni kaltaklashni buyurgani uchun

41. «Ruhiy dunyesi pok bo‘lgan, tarbiyaga quloq sola digan, savob va gunohni bilishga intiladigan, ruhi go’zallik ka talpinadigan bolalar dunyosida ishlasam qanday bo’lar

ekan, deb o’ylay boshladim va qaror ham qabul qildim, bolalar, o‘smirlar dunyosiga paqqos o‘tib ketdim». Ushbu tarjimayi hol muallifi kim? J: Xudoyberdi To‘xtaboyev

42. Qaysi ijodkor «Bo/a va o‘smir ruhidagi go‘zallikni himoyalashga» e’tibor berib kelyapti?

J: Xudoyberdi To‘xtaboyev

43. Xudoyberdi To‘xtaboyev qaysi yillari yurtimizda tashkil etilgan «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan? J: 1980 1998yillar

44. Hoshimjonning Soraxon folbinni fosh etishi voqeasi nechanchi bobdan olingan va qanday nomlanadi?

J: 2bobdan olingan, «Shaytonning yelkasiga igna sanchdim» deb nomlanadi

45. Hoshimjonning o‘zi va do’stiga yettita fandan chorakka «5» baho chiqarganini kimlar sezib qoladi?

J: Avval ona tili o‘qituvchisi, keyin ffzika o‘qituvchisi

46. Maktabinternat direktorining ismi?

J: Xursanali Sharafiddinovich

47. Budkada sutqatiq sotib o‘tiradigan 10«B» da o‘qiydigan qiz? J: S^nobar

48. Sanobarga nima uchun va necha so‘m miqdorida jarima solishgan? J: Oq xalat kiyib sotuvchilik qilmagani uchun 15 so‘m miqdorida

49. Maktabinternatdagi artelda nechta qiz ishlar edi?

J: 28 ta


50. To‘rtinchi brigada boshlig‘ining ismi?

J: Rahimjon aka

51. Ikkinchi brigada boshlig‘ining ismi?

J: Murodxon aka



Download 80,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish