Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


Nafaqat bu voqeada, balki butun qissa davomida



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/84
Sana18.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#387982
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo'chqorov)

Nafaqat bu voqeada, balki butun qissa davomida
biz Shum bolaning topqirligi, hozirjavobligi, har
qanday qiyin vaziyatdan bir amallab sog‘ chiqib keta
olishiga qayta-qayta amin bo‘lamiz.
Endi «Shum bola» qissasida uchraydigan ko‘plab badiiy
tasvir vositalaridan ayrimlarini – o‘xshatishlarni e’tiboringizga
havola etamiz:
«It quvgan tulkiday olazarak Omon menga ergashdi»;
«O‘choqdan chiqqan zangori tutun osmonga o‘rlab, tevarak-
atrofga ko‘rpadek yoyilar edi»;
«Hazrat bo‘lsa, o‘zini umr bo‘yi o‘likdan boshqa narsani
yuvmagan kishiday qilib ko‘rsatishga harakat qilar edi»;
«Sirlangan xumchaga tushgan sichqonday to‘rt tomonga
alanglab o‘zimga bir najot yo‘li qidirar edim»;
«Zinadan chiqqan itdek to‘rt oyoqlab narvonga tirmashib
tomga chiqdim»;


3 9
«Ora-chorada tor ko‘chalar yo‘limni to‘sib qolsa ham, tulki
quvlagan tovuqday sakrab o‘tib ketar edim»;
«Xotin qozonning qopqog‘ini ochdi – baliqday bo‘lib oppoq
laganda moshkichiri chiqdi, o‘rtaga qo‘ydilar»;
«Qo‘ylar xuddi sutga tushgan sichqonday boshlarini ko‘tarib
suzar edilar»;
«Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog‘iday
qaltirab turibdi» va hokazo.
1. G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. «Shum bola» qissasida yozuvchining bolalik hayoti to‘g‘ridan
to‘g‘ri va to‘liq aks etgan deb bo‘ladimi?
3. Shum bolaning sarson-sargardon kezib yurishining asosiy sababi
nimada edi?
4. Shum bola ba’zan yolg‘on gapiradi, yomon ko‘rgan odamla-
ridan o‘ch oladi, hatto ozgina o‘g‘rilikka ham qo‘l uradi. Uning
bu harakatlarini qanday baholaysiz?
5. Shum bola bilan mahalladoshi Omonning qanday farqi bor?
6. Qissadan olingan parchada Shum bolaning qaysi xususiyatlari
bo‘rtib ko‘rinadi?
7. Sariboyning Shum bola to‘qigan yolg‘onlarga chippa-chin isho-
nishining asosiy sababi nimada?
8. 5-sinfda o‘rganganingiz G‘afur G‘ulomning «Mening o‘g‘rigina
bolam» hikoyasi bilan «Shum bola» qissasining qanday umu-
miy jihatlari bor deb o‘ylaysiz?
9. «Shum bola» qissasi asosida yaratilgan badiiy film bilan qis-
saning o‘zi orasida qanday farqlarni uchratdingiz?
10. Adabiy asar asosida yaratiladigan kinofilm yoki spektakllar
o‘sha asar bilan bir xil bo‘lishi kerak deb hisoblaysizmi? Kino-
film va qissaning o‘ziga xos hikoya yo‘sinini solishtirishga
harakat qiling.
11. Sinfingizda «Shum bola» qissasidan keltirilgan parcha asosida
kichik spektakl qo‘yib, qay biringiz Shum bola, qay biringiz esa
Sariboy roliga ko‘proq mos tushishingizni aniqlashga harakat
qiling.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish