MIRTEMIR (1910-1978)
1. «Kol-u toglik, Bog‘-u roglik o’zbek elim. Momo yurti, Bobo yurti, chambilbelim» misralarining muallifini toping.
J: Mirtemir
2. Mirtemirning ilk she’ri qanday nomlanadi?
J: «Tanburim ovozi»
3. Ilk she’ri qachon elon qilingan? J: 1926-yilda
4. Ilk sheYiy to‘plami qanday nomlanadi?
J: «Shulalar qo‘ynida»
5. Ilk she’riy to‘plami qachon elon qilingan? J: 1928-yilda
6. Mirtemir qaysi yillarda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishladi? J: 1930-yillarda
7. «Manas» qirg‘iz xalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostonini qaysi ijodkor o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
J: Mirtemir
8. «Shavkatim, faxrim mening, Dengiz-u nahrim mening, Yuragim, bag‘rim mening - Paxtakor Respub- likam» misralaring muallifini toping. J: Mirtemir
9. Mirtemirning umrining oxirida tayyorlagan she’riy to‘plami qanday nomlanadi? J: «Yodgorlik»
10. «Bulut» she’ri necha qismdan iborat? J: 2 qismdan
11. «Bulut» she’rida bulutlarni nimaga o‘xshatiladi?
J: Paxta xirmonlariga
12. Mirtemirning 50 - 60-yillarda yozgan she’rlari qay- silar? J: «Bulut», «Shudring»
13. «Yo‘q, bu giryon ko‘zlarning yarqiroq zamzama- si, Kechasi onam tag‘in yiglabdi-da chamasi» satrlari Mirtemirning qaysi she’ridan olingan? J: «Shudring»
14. «Shudring» she’rida shudring nimalarga qi- yoslanadi? J: Kelinlar taqinchog‘iga, uzuk ko‘ziga, ko‘zmunchoqqa, qizlarning suzilib turgan ko‘ziga
15. Mirtemirning qaysi she’ridagi narsaning nomi faqat she’r sarlavhasidagina uchrab, she’r ichida biror marta uch- ramaydi? J: «Shudring»
16. Mirtemirning qaysi she’ridan haqiqiy sholr o‘z xalqining ovozi bolishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug' tuyg‘ularni kuylashi kerak degan xulosa chiqadi?
J: «To‘rg‘ay»
17. Mirtemirning qaysi she’ri sholrning bolalik yillari xotiralari bilan bogTiq? J: «Baliq ovi»
18. «Esimda go’zallik - unutilmas choq, 0‘sha kunla- rimdan qalbimda bor xat» satrlari Mirtemirning qaysi she’ri- dan olingan? J: «Qishlog‘im»
19. Mirtemir kimlarning asarlarini o’zbek tiliga tarji- ma qilgan? J: Homer, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat
20. «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» she’riy to’plamlari muallifi kim? J: Mirtemir
21. «Bizning qishloq tog‘ bag‘rida, Tog‘ bag‘rida - bog‘ bag‘rida, Etagida chopqillar soy» misralari Mirtemirning qaysi she’ridan olingan? J: «Baliq ovi» she’ridan
22. Qaysi sholr qishlog‘ini «qoli qadog‘im» deb ataydi?
J: Mirtemir
23. Qaysi ijodkor o‘z qishlog‘ini tasvirlash orqali o’zbek xalqining naqadar mehmondo‘st ekanligini tolib-toshib kuylaydi? J: Mirtemir
Do'stlaringiz bilan baham: |