ABDULLA AVLONIY (1878 - 1934)
1. Abdulla Avloniyning ilk she’riy mashqlari qachon bi- tilgan? J: 1894-yilda
2. Nechanchi yildan boshlab o‘z mashqlari bilan mat- buot saifalarida qatnasha boshladi?
J: 1905-yildan
3. Nechanchi yillarda gazetchilik bilan shug‘ullandi?
J: 1905 - 1908-yillarda
4. 1906-yilda chiqa boshlagan qaysi gazetalarda ishla- di? J: «Taraqqiy», «Xurshid»
5. 1907-yilda Avloniy muharrirligida birinchi soni bosmadan chiqqan gazeta qaysi? J: «Shuhrat»
6. Avloniy tashabbusi bilan ochilgan mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatadigan «Jamiyati xayriya» tashkiloti qachon ochilgan? J: 1909-yilda
7. 1913-yilda Avloniy tomonidan ochilgan «Turon» jamiyatining vazifasi nimalardan iborat edi?
J: Aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish, xalq uchun spektakllar qo‘yib berish va ular orqali om- maga ma’naviy oziq berish; klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish; o‘quvchilarga mod- diy yordam ko‘rsatish va shu kabilar
8. Qaysi ijodkor o’ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tili- dan o’zbekchaga tarjima qilgan, 3 ta yangi pyesa yozgan va ularni sahnalashtirgan? J: Abdulla Avloniy
9. Avloniyning darslik va o‘quv qollanmalari qaysilar?
J: «Birinchi muallim» (1909), «lkkinchi muallim»
(1912), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913), «Maktab gulistoni» (1916), olti qismdan iborat «Adabiyot yoxud miliiy she’rlar» (1909 - 1916)
10. 0‘tgan asrning 30-yillarida 7-sinf o’qish xrestomati- yasini tuzib nashr qilgan ijodkor kim? J: Avloniy
11. Avlcniy nechanchi yillarda diplomatik vazifalarda ishlagan? J: 1919 - 1920-yillarda
12. Avloniy qanday unvonlar bilan taqdirlangan?
J: «Mehnat qahramoni» (1927), «O’zbekiston xalq maorifi zarbdori» (1930)
13. vMen ayblik emas, ey vatanim, toglarim, Bevaqt tashlab ketdim, ayo boglarim. Hijron qiladur meni judolig‘, Do‘ndi g‘ama ro‘z-u shab choglarim» misralarining muallifi kim? J: Avloniy
14. Avloniyning tarbiya haqidagi hikmatli so‘zlaridan namunalar: «Har millatning saodati, davlatning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bogliqdir», «... tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».
15. Lirik she’rlarida Hijron taxallusini qollagan sholr kim? J: Avloniy
16. «Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig‘imiz kabi, arablarArabistonlarini, qumlik, issig‘cholla- rini, eskimolar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tash- lab hijrat qilurlar edi». Ushbu parcha kimniki? J: Avloniy
17. «Vatan» she’ri Avloniyning qaysi kitobiga kiritilgan?
J: «Maktab gulistoni»
18. «Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan! Javlon urib yashaydurg‘on xonamizsan!» Ushbu misralar kimning qaysi asaridan olingan?
J: Avloniyning «Vatan» she’ridan
Do'stlaringiz bilan baham: |