ASQAD MUXTOR (1920 - 1997)
1. Asqad Muxtorning she’riy to’plamlarini toping.
J: «Polat quyuvchi», «Hamshaharlarim», «Rahmat, mehribonlarim», «Sizga aytar so‘zlarim»
2. Asqad Muxtor qissalarini toping. J: «Daryolar tu- tashgan joyda», «Qoraqalpoq qissasi», «Bo‘ronlarda bordek halovat», «Buxoroning jin ko‘chalari»
3. Romanlarini toping. J: «Opa-singillar», «Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu»
4. Pyesalari? J: «Mardiik cho‘qqisi», «Yaxshilikka yaxshilik», «Zar qadri», «Samandar»
5. Bolalar uchun yozgan she’riy to‘plami qaysi?
J: «Chin yurakdan»
6. Asqad Muxtorning bolalar uchun yozgan hikoyalar to‘plamlarini toping.
J: «Hayotga chaqiriq», «Dunyo bolalari»
7. Asqad Muxtor kimlarning sahna asarlarini tarji- ma qilgan? J: Sofokl, Yevripid, Lermontov, Aleksandr Korneychuk
8. Qaysi asari 1974-yilda Davlat mukofotiga sazovor bolgan? J: «Chinor» romani
9. «Hafta» she’rida yetti og‘a-inining eng kattasi qaysi?
J: Yakshanba
10. «Hafta» she’rida qaysi kuni Gagarinning oyga uch- gani ta’kidlanadi? J: Seshanba kuni
11. Sirdaryoning Farhod GESi haftaning qaysi kuni qu- rilgan edi? J: Seshanba kuni
12. Ish kunlarining oxiri qaysi kun hisoblanadi? J: Juma
13. Ota-bobolarimiz haftaning qaysi kunini «murod- baxsh kun» deb atashadi? J: Chorshanbani
14. Kimning qaysi asari do’stlik, do‘stga sodiqlik, ahillik kabi fazilatlarni uluglagani va shu xislatlarni juda qiziqarli sarguzashtlar orqali ifoda etgani bilan shuhrat qozongan va yaratilganidan beri o’tgan bir yuz oltmish yildan ortiqroq davr mobaynida jahondagi necha millionlab odamlarning ma’naviy tarbiyasiga xizmat qilgan?
J: Aieksandr Dyumaning «Uch mushketyor» asari
15. «Uch mushketyor» asarining mashhur bolishi va barcha zamonlar uchun ahamiyatini yo’qotmasligiga asosiy sabab nima? J: Asarda «Bir kishi hamma uchun, ham- ma bir kishi uchun» g‘oyasining ilgari surilishi
16. Asqad Muxtorning «Polatjon yuz tup ko’chat ek- moqchi» she’rining mazmunini qanday g‘oya tashkil etadi?
J: Odamlari ahil yurtni dushman yengolmaydi, faqat ahil insonlar buyuk ishlarga qodir boMadilar
17. Polatjon nima uchun yangi, chiroyli uyga ko‘chib kelganda hayron qoldi? J: Chunki u bunday chiroyli uyni dadam qurgan deb o‘ylagan edi, onasi esa bu uyni dadasi ham, uning qarindoshlari ham emas, mutlaqo begona odamlar qurganini aytadi
18. Polatjon nimalar haqida hayratlanib xayol suradi va o‘zi uchun qanday xulosani kashf etadi? J: Ko‘chaga daraxtlar o‘tqazgan, asfalt yollar yotqizgan, ko‘priklar qurgan odamlar ularning ko‘chasida yashamasligi, bu yerda yashayotganlarni tanimasligi, lekin shunday bolsa-da, ishlarini chin dildan, qunt bilan bajargani haqida o‘ylaydi va ahillik tufayli odamlar farovonlikka, qulaylikka ega bolar ekan degan xulosaga keladi
19. Polatjon bahor kelganda qanday ishni amalga oshirishga ahd qiladi? J: Boshqalarga soya-salqin beri- shi uchun 100 tup ko‘chat ekmoqchi boladi
20. «Ahillik bilan bezar Odamlar turmushini, Beminnat qilishadi Bir-birining ishini. Bir kishi hamma uchun, Hamma bir kishi uchun, Birov kuchin ayamas Ko‘pchilik ishi uchun» misralari kimning shg’ridan olingan? J: Asqad Muxtorning «Polatjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi» she’ridan
21. «Kimki o‘zgalarga biror naf yetkazsa, bu naf avvalo, uning o‘ziga yetgan boladi» degan fikrlarni kim aytgan?
J: Alisher Navoly
22. Qaysi she’ro‘zgalarga naf yetkazish insonga sharaf bag‘ishlashiga sabab ekanini anglashga yordam beradi?
J: «Polatjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi» she’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |