O‘TKIR HOSHIMOV (1941-yilda tug‘ilgan)
1. 0‘.Hoshimovning «Chol havosi» qissasini o‘qib, «sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi»gan asar yozgani uchun yozuvchini tabriklagan adib kim?
J: Abdulla Qahhor
2. 0‘.Hoshimov qissalarini toping. J: «Odamlar nima derkin», «Bahor qaytmaydi», «lkki karra ikki besh», «Shamol esaveradi», «Dunyoning ishlari»
3. Romanlari: J: «Nur borki, soya bor», «lkki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar»
4. Hikoyalari:
J: «Muhabbat», «Urushning so’nggi qurboni»
5. Dramalari: J: «Qatog‘on», «To‘ylar muborak», «ln- son sadoqati»
6. «Dunyoning ishlari» qissasi asosan kim to’g‘risida?
J: Onalar to‘g‘risida
7. 0‘.Hoshimovning qaysi qissasi mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan? J: «Dunyoning ishlari»
8. «Dunyoning ishlari» qissasi haqida qaysi adib «dostondek o‘tjiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz» degan? J: Said Ahmad
9. «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoyada onaning o‘z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qi- lish uchun har narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor ekanligi tasvirlanadi? J: «Gi!am paypoq»
10. Qaysi hikoya ilohiy kuchga ega bolgan, ko‘ngillarni eritadigan ohang haqida? J: «Alla»
11. Qaysi hikoyada insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon tolab bolmas qarz ekanligi tasvirla- nadi? J: «lltijo»
12. Qaysi hikoyada Hakima aya kamtargina nafaqasini qo‘shnilari farzandlarining xursandchiligi uchun sarflaydi?
J: «Qarz»
13. «Haqqush» hikoyasida bir-biri bilan dolm jiqqa- musht bolgani uchun ko‘r qushga aylanib qolgan aka-uka- ning ismlarini toping. J: llhaq, ls’hoq
14. «Onalar farzandlari hamisha birga bolishini istay- dilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi». Ushbu parcha «Dunyoning ishlari» qis- sasidagi qaysi hikoyadan olingan? J: «Haqqush»
15. «Qarz» hikoyasidagi qo’shnining yetti yashar qiz- chasining ismi? J: Nilufar
16. «Qarz» hikoyasida Hakima aya qo’shni bolalarga nimalar olib beradi? J: Tufli, 3 oyoqli velosiped, ko‘ylak
17. «Gilam paypoq» hikoyasidagi tabib buvaning ismi?
J: Hoji buva
18. «Gilam paypoq» hikoyasida onaning fidoyiligi nima- larda ko’rinadi?
J: Bolasining tezroq tuzalishi uchun hatto o‘zining sarpoychanligini unutganida, bolasi uchun o‘z hayotini unutganida
19. Qaysi hikoyada onasi undan «Meni ham kitob qil- gin, o‘glim» deb so‘raganini esga oladi? J: «lltijo»
20. «Alla» hikoyasida qaysi xalq onalarining allalari qi- yoslanadi? J: O’zbek, qirg‘iz va rus xalqining
Do'stlaringiz bilan baham: |