Adabiyot 2020 indd



Download 8,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/128
Sana16.04.2022
Hajmi8,6 Mb.
#555939
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128
Bog'liq
adabiyot 5 uzb

Yodingizda tuting!
Onasining qo‘lidan tutib bog‘chasiga borayotgan qiza loq-
dan tortib, uning kamolini tilab duo qilayotgan ko‘ chadagi 
oqso qolgacha – butun xalq bir tan-u bir jon bu yurt da.
Shoirning «Hayotning har lahzasi go‘zal» she’ri xalqimiz 
ruhiyatidagi mana shu ajoyib yangilanishni birgina kun – erta tongdan 
quyosh botgunga qadar kuzatiladigan lavhalarda nihoyatda jonli aks 
ettiradi.
Masalan, siz bilan biz ko‘cha bo‘ylarida, xiyobonlarda deyarli har 
kun ko‘zimiz tushadigan gullarni mana bu tarzda ko‘rsatish – ifoda 
qilish faqat shoirning qo‘lidan keladi-da: 
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Xalqimizning qon-qoniga yurtdoshlik, vatandoshlik tuyg‘usi 
singib ketgan. Dunyoning qay chetida bo‘lmasin, ikki o‘zbekistonlik 
http://eduportal.uz


246
!
ko‘rishib qolsa, har ikkisining yuragi quvonchdan yayrab ketadi. 
Holbuki, bu odamlar oldin hech qachon ko‘rishmaganlar, bir-birlarini 
tanimaydi. Bir muddat diydorlashgach, keyin yana umrbod boshqa 
ko‘rishmaslar ham... 
Shoir mana shu tuyg‘uni xorijlarda emas, o‘z yurtida, har kungi 
oddiy hayotda ham yurakdan chuqur tuyadi va o‘quvchilarini ham 
shunday tuyg‘u bilan yashashga undaydi:
Duch keladi yuzlab chehralar,
Ko‘pin qaytib ko‘rmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning o‘zi tuganmas iqbol.
Bu she’rning har bandi oxirida takrorlanib keladigan misralar 
o‘quvchi yodiga bir umr muhrlanib qolishining sababi esa, ularda 
aks etgan shoir samimiyatidan, qalbidagi ezgulikdandir: «Hayotning 
har lahzasi go‘zal, umrning har dami g‘animat…»
Yodingizda tuting!
Vatan mavzusida yozilgan she’r-u dostonlar ko‘p. Ularda 
ona yurt madhiga aytilmagan sifatlar qolmagan go‘yo. 
Biroq o‘zbekning asl milliy shoiri Anvar Obidjon o‘z yurtini 
«Vatanjon» deb alqaydiki, unga qadar birorta shoir bunday 
yo‘l tutmagan edi.
She’rning sarlavhasi bejiz bunday tanlanmagan. Shoir uchun ona 
Vatan tuyg‘usi jon hissi bilan chambarchas bog‘liq. Jonsiz Vatanni, 
Vatansiz jonni tasavvur qilolmaydi u. She’r mazmunidan shoirning 
o‘z Vatanini ham bola bo‘lib, ham uning posboni – alp yigit bo‘lib 
sevishi, sergak himoya qilishi anglashiladi.
Agar e’tibor bersangiz, ukangiz yoki singlingiz uyqudan uyg‘o-
niboq darrov onangizni qidiradi, unga talpinadi. Xuddi shu bolajon 
singari shoir «uxlab uyg‘onguncha xumor bo‘laman» deydiki, uning 
uchun Vatani ham tuqqan onasi yanglig‘ aziz va sog‘inchlidir.
«Tinch kunlar» she’ri ham shu muqaddas tuyg‘uning yana bir 
qirrasiga diqqatimizni qaratadi. Shoir yurtimiz – Turonzamin tarixida 
http://eduportal.uz


247
kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko‘pchiligi tarix kitoblari, 
solnomalarda «tarixiy voqea» deb atalishini yodimizga solar ekan, 
birdan bugungi O‘zbekiston hayotiga shu nuqtayi nazardan qarab 
ko‘rishni taklif qiladi.
Darhaqiqat, tinch va osuda o‘tayotgan bugungi kunimizda go‘yo 
ana o‘shanday tarixiy voqealar bo‘lmayotgandek tuyulishi mumkin. 
Biroq jiddiy o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, mana shu tinchlikning, oso-
yishtalikning ta’minlanishi uchun ozmuncha mehnat qilinyaptimi? 

Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish