ADABIYOT 1
1.Topishmoqlar to’g’risidagi qaysi javob xato?
A)Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi
B)Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda yaratiladi
C)Topishmoq – bolalarbop janr
D)Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra bir yoki bir necha predmetli bo’lishi mumkin
2. Mumtoz adabiyotimizda chistonlar qaysi she’riy shakllarda yoziladi?
1)fard 2)tuyuq 3)bayt 4)qit’a 5)masnaviy 6)ruboiy 7)g’azal 8)muxammas
A)1,2,3,4,6 B)1,3,5,6,8 C)1,3,4,6,7 D)3,4,5,6,8
3.Imom Buxoriy necha yoshida minglab hadislarni yod bilib, “sahih”, “nosahih”larini bir-biridan ajrata olgan? A)16 B)18 C)20 D)22
4. Qaysi masalchi Ezop masallarini she’riy yo’l bilan lotin tiliga tarjima qildi?
A) Lafonten B) Babriy C) Lessing D)Fedr
5.Hadislarda “Ikki narsadan o’zgasiga hasad qilmoq joiz ermas”deydi? Ana shu ikki narsa nima?
A)qarindoshlariga zakot bergan va yetimning kafilini olgan
B)halol mol-dunyosini Haq yo’lida sarflayotgan bo’lsa, ilm-u hikmat tufayli oliymaqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa
C)ota-onasining duosini olgan bo’lsa va ilm-u hikmat tufayli oliymaqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa
D)insofli va adolatli bo’lgan bo’lsa, kambag’alligida ham sadaqa berib turgan bo’lsa
6.Hadislar tuzilishiga ko’ra necha qismdan iborat bo’ladi?
A)2 B)4 C)3 D)5
7.Masalchi Ezop to’g’risidagi quyidagi fikrlarning qaysi biri noto’g’ri?
A)Asl kelib chiqishi Frigiya mamlakatlaridan bo’lgan
B)Xo’jayini Ksanfni dengiz suvini ichishdan saqlab qolgan
C)Lidiya shohi Krez saroyida xazinabon darajasiga ko’tarilgan
D)Hasadgo’y dushmanlari uni Delfa shahridagi tog’ qoyasidan otib yuborib o’ldirgan
8.Qaysi janrda g’ayritabiiy tuyulgan narsalar haida so’z borib, ular aslida, siz bilan biz kundalik hayotda ko’rib-bilib turgan narsalar bo’lib chiqadi? A)hikoya B)maqol C)masal D)topishmoq
9.Ezopning qaysi masalida o’ziga ortiqcha baho berishning oqibati yoritilgan?
A)”Eshak bilan baqalar” B)”Burgut, zag’cha va cho’pon”
C)”Kiyik bilan tokzor” D)”Bo’ri bilan laylak”
10. Ezopning qaysi masalidan kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog’insa, u albatta, xudoning qahriga yo’liqadi degan xulosa chiqadi?
A)”Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” B)”Kiyik bilan tokzor” C) “Bo’ri bilan laylak” D)” Eshak bilan baqalar”
11.Hammabop ommaviy janr bo’lib, ularda xalq hayotining barcha qirralari – turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o’rab olgan olam o’xshatishlar taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi? A)hikoya B)maqol C)masal D)topishmoq
12.Ezopning qaysi masalidan yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerak degan xulosa chiqadi? A)”Kiyik bilan tokzor” B)”Bo’ri bilan laylak” C)” Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” D)” Eshak bilan baqalar”
13.Rasululloh kimlarga zakot bergan odamga ikki savob tegadi deganlar?
A)qarindoshlarga B)ochlarga C)yetim-yesirlarga D)qo’shnilarga
14.Islomda eng yaxshi xislatlar qaysilar?
1)insofli va adolatli bo’lmoq, 2)barchaga salom bermoq, 3)kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq 4)ochlarga taom bermoq, 5) tanigan va tanimaganlarga salom bermoq
A)1,2,3,4,5 B)1,2,3 C)1,3,5 D)4,5
15.”Do’st uldurki, o’ziga ravo ko’rmagan narsani do’stiga ham ravo ko’rmaydi. O’zi do’sti uchun o’limga tayyor bo’lsa ham, ammo do’stini bu ishda sherik qilmaydi”.Ushbu fikrlar kimning qaysi asarida keltirilgan?
A)Gulxaniy “Zarbulmasal” B)A.Navoiy “Mahbub ul-qulub”
C)A.Navoiy “Hayrat ul-abror” D)Ezop “Masallar”
16.Topishmoqning qaysi turida turi zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etadi?
A)zamonaviy topishmoqlarda B)an’anaviy topishmoqlarda
C)majoziy topishmoqlarda D)yangi topishmoqlarda
17.A.Navoiyning qaysi asarlarida majojiy shakldagi ibratli hikoyalarning eng sara shakllari uchraydi? A)”Mahbub ul-qulub” , “Lison ut-tayr” B)”Hayrat ul-abror” , “Lison ut-tayr”
18.Navoiyning qaysi asari maxsus majoziy yo’nalishda yozilgan?
A)”Mahbub ul-qulub” B)”Lison ut-tayr” C)”Hayrat ul-abror” D)”Nazm ul-javohir
19.Topishmoqlar hajmining o’sib borishi nimalarga bog’liq?
A)O’zida yashiringan predmetlar miqdoriga bog’liq
B)Narsaning sifati, belgilari, o’xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta’rif qilinishiga bog’liq
C)Qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag’ali so’zlarning ko’payishiga bog’liq
D)hamma hukmlar to’g’ri
20.Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o’ziniyoq yaxshilik qilganga yo’yadilar.Ushbu ta’rif Ezopning qaysi masaliga hamohang? A)”Kiyik bilan tokzor” B)”Bo’ri bilan laylak”
C)” Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” D)” Eshak bilan baqalar”
21.Quyidagi masalnavislardan qaysilari tom ma’noda Ezopning davomchilari hisoblanadi?
A)Fedr, Babriy B)Lafonten, Lessing C)Gellert, Krilov D)Fedr, Lafonten
22. Ezopning qaysi masalida do’stga sadoqat g’oyasi ilgari surilgan?
A) “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” B)”Kiyik bilan tokzor”
C)”Bo’ri bilan laylak” D)”Eshak bilan baqalar”
23.Hadisi sharifda mutakabbirlik qilib o’zi ham o’rganmaydigan, o’zgalarga ham o’rgatmaydiganlar qanday atalgan? A)fosiq B)mo’min C)kofir D)olim
24.”Ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati” haqidagi hadisi sharifda ilm nimaga o’xshatilgan? A)quyoshga B)yomg’irga C)hosildor yerga D)suvga
25.Ezopning “Eshak bilan baqalar” masalI mazmuni qaysi o’zbek xalq maqoliga hamohang?
A)Osmon uzoq, yer qattiq B) Birni ko’rib fikr qil,birni ko’rib shukr qil
C)Buzoqning yugurgani somonxonagacha D)Sanamay sakkiz dema
26. Ezopning qaysi masalidan kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog’insa, u albatta, xudoning qahriga yo’liqadi degan xulosa chiqadi? A)”Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” B)”Kiyik bilan tokzor”
C) “Bo’ri bilan laylak” D)” Eshak bilan baqalar”
27.Qaysi janrda ibratli gap aytilishi shart va u hukm tarzida bo’lishi lozim?
A)maqol B)topishmoq C)ertak D)hikoya
28.Arzimagan tashvishdan xavotirga tushib, o’zini o’tga-cho’g’ga urgan kishilar yo biror kasallikka chalinadi yoki yechib bo’lmas chigalliklarga duch keladi. O’zgalar oldida obro’-e’tiborini yo’qotadi. Ushbu fikrlar e’zopning qaysi maqoliga to’g’ri keladi? A) Ustiga tuz ortilgan eshak B) Burgut, zag’cha va cho’pon
C) Bo’ri bilan laylak D)Eshak bilan baqalar
29.Maqol va topishmoqlarga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)ifoda lo’nda bo’lishi lozim 2)fikr aniq bo’lishi lozim 3)ichki qofiya bo’ladi 4)nasriy va she’riy shakilda bo’ladi 5)xulosa tugal bo’lishi lozim 6)inson tarbiyasiga xizmat qiladi 7)ziyraklikka undaydi 8)zukkolikka undaydi A)3,4,6,7,8 B)1,3,5,7,8 C)1,2,3,4,5 D)3,4,5,7,8
30. Imom Buxoriydan bizga qancha asar yetib kelgan? A)30 B)20 C)15 D)16
31. “Al jome’ as-sahih” kitobida Alloh qanday insonlarni yaxshi ko’radi deb aytilgan?
A) barchaga salom bergan va g’azbini yuta olgan insonlarni
B) barchaga salom bergan va adolatli bo’lgan insonlarni
C) qarindoshlariga oqibatli bo’lgan va Sadaqa bergan insonlarni
D) g’azabini yutuvchilarni va odamlarning gunohlaridan o’tuvchi insonlarni
32.Ezop masallarida insonlarga xos qanday xususiyatlar mujassamlashgan?
A)chirkin va tuban B)yuksak va insoniy C)yuksak va chirkin D)insoniy va tuban
33.”Mahbub ul-qulub” asari qanday asar hisoblanadi?
A)ma’rifiy-axloqiy B)ijtimoiy-siyosiy D)ijtimoiy-iqtisodiy C)diniy-dunyoviy
34.”Ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati” haqidagi hadisi sharifda ilm nimaga o’xshatilgan?
A)quyoshga B)yomg’irga C)hosildor yerga D)suvga
35. Chistonlar ko’proq qanday mazmunga ega bo’ladi?
A)hayotiy, ma’rifiy B)hayotiy, ijtimoiy-siyosiy C)diniy,dunyoviy D)ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy
36.Masalning asosiy jihati(xususiyati) nimada?
A)to’liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilganligi
B)insonlardagi xususiyatlarni majoziy ma’noda ifoda etganligi
C)insonlardagi nuqsonlarni kulgu va xazil orqali berilganligi D)she’riy va nasriy shaklda yozilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |