Tavsiya etilayotgan o‘zbek-lotin alifbosida qaysi harflar o‘zgaryapti?
O‘o‘ – Ŏ ŏ
G‘ g‘ – Ǧ ǧ
Sh sh – Ş ş
Ch ch – Çç
Nima uchun lotin alifbosiga to‘liq o‘tish kerak?
1. Qardosh turkiy xalqlar (turk, ozarbayjon, turkman, qozoq) lotin alifbosidan foydalanmoqda.
2. Lotin yozuvi dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan va nufuzli xorijiy tillarni o‘rganishga vosita bo‘ladigan yozuv.
3. Dunyodagi ilg‘or texnologiyalar lotin yozuviga moslashgan.
4. Lotin yozuvida savod ochgan avlodning yoshi 30 dan oshib ketdi.
5. Ikki yozuv orasidagi ovoragarchilikka barham beriladi.
6. Yangi yozuv to‘laqonli siyosiy mustaqillikning belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |