Mavzu: Adabiy til
Reja:
TILNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI.
Til - ijtimoiy hodisa.
Tillarning shakllanishi va rivojlanishi.
TILNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI.
Tilning paydo bo‘lishi masalasi - til qachon va qayerda paydo boigan, dastlab nechta til bo'lgan, u yoki bu tillar qanday bo‘lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgani yo‘q. Bu xususda ilmiy taxminlar mavjud, xolos. Ba’zi olimlaming fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan. M a’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganini tasaw ur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtai nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan awalgi holati biz uchun qorong‘idir. Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to ‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv paydo bo‘lgandan keyingi tilni o‘rganish tilning paydo boiishi to ‘g‘risidagi muammoni yoritishga imkon bermaydi. Shunday b o ‘lsa ham , b a ’zi olim lar bu m asalaga oid o ‘z munosabatlarini, fikrlarini aytib o‘tishgan. Qadim gi Y unonistonda faylasuflar tilni qay tarzd a kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs yuritganlar. Tilshunoslik tarixidan m a’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o ‘rtaga tashlagan. D em okrit va boshqalar (asrimizgacha bo‘lgan 460-370-yillar) tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikmi ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar (asrimizgacha bo‘lgan 427-347-yillar) narsa bilan uning nomi orasida m uayyan bog‘lanish bor. Bu b o g ‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘matilgan, degan fikmi ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan. Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan ulaming nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanish 10 yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillaming soni 5000 dan ortib ketmasdi. Lekin shu bilan birga tillaming bugungi holati, ya’ni sinxroniya nuqtai nazaridan zamonaviy tillarda har ikki oqimning fikrlarini tasdiqlovchi yetarli faktlar mavjud. Tilning paydo bo‘lishi to ‘g‘risida asosiy farazlardan biri tovushga taqliddir. Bu faraz qadimgi Yunonistonda - Demokrit va Platon davrida o‘rtaga tashlangan bo‘lib, unga ko‘ra ibtidoiy odamlar yo ongli, yo ongsiz tarzda turli-tuman tovushlar, ya’ni hayvonlaming baqiriqlari, qushlarning sayrashi, shamol va sharsharalarning ovozlari va hokazolarga taqlid qilishga harakat qilishgan. Ibtidoiy odamlar dastlab ayrim tovushlarni, keyinchalik bu tovushlam i bir-biriga q o ‘shib talaffuz qilishni o ‘rganishgan: bu tovush va tovush birikmalari so‘z yasashga asos bo‘lgan, degan fikr ilgari suriladi. Har bir tilda tabiat tovushlariga taqlid qilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan so‘zlar, masalan, rus tilida кукушка, гавкать, шипет (шипение), o‘zbek tilida - qarg‘a, sharshara, kaklik, chum chuq, miyov (miyovlamoq)ning mavjudligi bunday farazga asos qilib olingan. Ammo bu so‘zlar tildagi so‘zlaming juda kamchiligini tashkil etadi. Tabiatda tovush chiqarm aydigan narsalarning soni tovush chiqaradiganlarga nisbatan ko‘p. Shunday bo‘lgach, tovush chiqarmaydigan narsalarga nom qayerdan olib qo‘yilgan, degan tabiiy savol tug‘iladi. Tovushga taqlid qilish farazi to‘g‘ri bo‘lsa, unda ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan so‘zlarning soni fan va texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi kerak. Lekin so‘nggi yillarda Avstraliya va Janubiy Amerikada topilgan, ibtidoiy tuzum ni boshidan kechirayotgan qabilalar tilida o ‘tkazilgan tajribalar, bu tillarda tovushga taqlid qilish yo‘li bilan yasalgan so‘zlar rivojlangan tillardagiga nisbatan birmuncha kamligini ko‘rsatdi. Undan tashqari, tabiatdagi baqiriq-chaqiriq, shovqin-suronlarga taqlid qilish uchun nutq organlarining o‘ta rivojlangan bo‘lishi zarurligi ham aniqlangan. Demak, tovushga taqlid farazi tilning paydo boiishi masalasini uzilkesil hal qilolmaydi.
Til - ijtimoiy hodisa.
Tilning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyot yo‘lini o‘rganish tilning qanday hodisa ekanligini tasaw ur qilish imkonini beradi. Tilshunoslik tarixida qadimdan qarama-qarshi ikki fikr o‘rtasida kurash boradi. Quyida shular to‘g‘risida fikr yuritamiz. Shulardan biri X IX asrda G erm aniyada A vgust Shleyxer tomonidan asos solingan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikrdir. Shleyxer u yoki bu hodisaning tabiiy yoki ijtimoiyligmi xalqning irodasi shu hodisaga ta ’sir k o ‘rsata olish-olm asligi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Uning fikricha, tilning rivojlanishi xalq istagiga bog‘liq bo‘lmaydi, u o‘z qonunlari asosida rivojlanadi, demak, til tabiiy hodisalar qatoridan o‘rin olishi kerak. Bundan til dunyodagi boshqa tabiiy hodisalar singari o‘z-o‘zicha paydo bo‘ladi, rivojlanadi, kezi kelganda, yo‘q bo‘ladi, o‘ladi degan m a’no kelib chiqadi. Til kishining tabiiy xususiyatlari (masalan, yurish, nafas olish, ovqatlanish va boshqalar)ga xos narsadir. Olma daraxti m a’lum vaqt o'tishi bilan olma hosili berganidek, odam bolasi m a’lum yoshga yetganda gapira boshlashi kerak. Bunday fikirlarni ilgari surgan olimlarda ba’zi «dalillar» ham bor edi. Ular lotin, sankrit (qadimgi hind tili) kabi o'lik tillami misol qihb ko‘rsatishadi. Mazkur fikr tarafdorlari o‘z nazariyalarini asoslashda nemis faylasuf olimi Gegelning absolyut g‘oyasidan foydalanadilar. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishini ana shu absolyut g‘oyaning harakati deb bilishdi. Aslida tilning paydo boiishi va taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan uzviy bog‘langan. Til jamiyat mahsuli, jamiyat bor joyda til paydo bo'ladi. XX asr boshlarida Hindistonda ro‘y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo‘la oladi. U yerda bo‘rilar to‘dasi orasida ikki qizchaga duch kelingan. Qizchalardan biri - 2, boshqasi - 7-8 yashar bo‘lgan. U lar b o ‘rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilishmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go‘dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko‘p vaqt o‘tmay, kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr ko‘rdi, ammo til va yurish-turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so‘zni o ‘rgandi, lekin ulardan gap tuza olmadi. Bu voqeani chuqur tahlil qilgan psixologlar, sotsiologlar, tilshunoslar shunday xulosaga kelishgan: 1. Til tabiiy hodisa emas. 2. Tilning paydo bo‘lishi uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart. 3. Til - nutq m uhiti bolaning chaqaloqligida yaratilishi va chaqaloqqa bir tomonlama til ta’siri o‘tkazish muhim, u hal qiluvchi ahamiyatga ega. 4. Til va tafakkur bir vaqtda paydo bo‘ladi, birga rivojlanadi, biri ikkinchisisiz yashay oltnaydi. Shunday qilib, til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jam iyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo ‘ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog‘liq. Til jamiyat bilan paydo bo‘lganidek, jamiyat bilan birga o‘ladi. Yuqorida lotin, sanskrit tillari esga olinib o ‘lik tillar deb aytilgandi, chunki bu tillarda gaplashadigan, uni o‘z ona tili deb hisoblaydigan xalq yo‘q, hozirgi kunda bu tillaming lug‘at tarkibi, tovushlar majmui, grammatikasi bor, ular to ‘g‘risida fikr yuritish, boshqa tillar bilan qiyoslash mumkin. Ammo bu tillarda rivojlanish yo‘q, qadimdan qanday bo‘lsa, hozir ham shunday va shundayligicha qolaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |