Adabiy-nazariy qarashlar mumtoz Sharq adabiyotining takribiy qismi sifatida


     G‘arb adabiy-nazariy tafakkurining yetakchi tamoyillari



Download 25,23 Kb.
bet8/8
Sana01.08.2021
Hajmi25,23 Kb.
#135133
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi 1-amaliy

2.     G‘arb adabiy-nazariy tafakkurining yetakchi tamoyillari.

Antik yunon madaniyatining arxaik davrlariga mansub Gomer, Gesiod, Pindar singari ijodkorlarning asarlaridayoq adabiyot haqidagi qarashlarga duch kelinadi. Aniqrogi, bu asarlar mualliflarning adabiyotni qanday tushunganlari haqida tasavvur bera oladi. Tabiiyki, bu qarashlar mualliflarining dunyoqarashlariga mos edi. Qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko’ra, olamning tuzilishi anchayin sodda: Olimpda – xudolar, yerda odamlar yashaydi, olam shu ikkisining birligidan tashkil topadi. Ularning e’tiqodicha, Olimp xudolari yerdagi hayotni yo’lga solib turishadi, yana ham aniqrogi, ular Olimpdagi tartibotlarni yerdagi tartibotlarga monand tasavvur etishgan. Masalan, ularning e’tiqodiga ko’ra, yerdagi har bir kasbning o’z ilohi bor. Jumladan, san’at ilohi – Apollon, Olimpda undan boshqa yana ko’plab ilohalar – Muzalar borki, ular odamni ijodga ilhomlantiradi. Shu bois ham, masalan, Gomerning “Iliada”sida o’sha muzalarga qayta-qayta murojaat qilinadi. Bir o’rinda Gomer “Olimp xudolari har yerda hozir va ko’k gumbazi ostidagi har nedan voqif” ekanini e’tirof yetarkan, “biz (ya’ni, odamlar – mual.) hech narsani bilmaymiz” deydi. Gomer Muzalardan o’tinib “danayaliklarning sardorlari kimlar” bo’lgani, “Troya ostonasiga kelgan jangchilarning barini eslatib” qo’yishlarini so’raydi. Ko’rib turganimizdek, Gomer san’atda hamma narsani ilohlar hal qiladi, ilohlar suyib saylagan kishilargina san’atkor bo’la oladi, san’atkor ilohlar “diliga solgan” narsalarnigina kuylay oladi, deb hisoblaydi.

Adabiyotning vazifalari, uning insonga ta’siri masalalariga ham juda qadim zamonlardayoq diqqat qilingan. Bu haqda Gesiodning “Teogoniya” asarida fikr bildiriladi. Uning aytishicha, “Muzalar suygan kishi tolelidir”, shunday kishining “lablaridan uchgan sas bag’oyat totlidir”. Agar kishi dilini “nogahoniy qayg’u qoplasa, ko’nglini g’am-anduh kemirayotgan bo’lsa, Muzalar xizmatchisining qo’shig’ini tinglash kifoya: butun qayg’u hasratlarini unutadi”.

Agar arxaik davrda adabiyotni, badiiy ijodni ilohiy deb tushunish ustuvorlik qilgan bo’lsa, yunon madaniyatining klassik davriga (III-IV asrlar) kelib yozuvchi mehnatiga bir kasb sifatida qarash ustuvorlik qila boshladi. Yunonlarda mohir ustaning biron kasb sohasidagi faoliyati “texne” deb yuritilgan bo’lib, bu so’z “mahorat”, “hunar”, “san’at” kabi ma’nolarni anglatadi. Bu davrga kelib so’z san’ati ham “texne” sirasiga kiritildi. Bu xil qarashning paydo bo’lishi ritorikaning maxsus fan sifatida tezkor rivojlanishi bilan bog’liq edi. O’z navbatida, ritorikaning taraqqiy etishi antik Gretsiyada notiqlik san’atining ulkan ahamiyat kasb eta boshlagani bilan izohlanadi.

Darhaqiqat, bu davrga kelib antik Gretsiyada davlat – boshqaruv ishlarida notiqlik san’ati o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lib ulgurgan edi. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarning shu yo’sin hal qilinishi, jamiyat hayotiga bevosita aloqador biron bir tadbirning joriy etilishi yoki rad qilinishi, sudlov ishlarining qanday ajrimga kelishi – bularning bari muhokama jarayonida masala mohiyatining qanday yetkazib berilishiga ko’p jihatdan bog’liq edi. Muhimi, bu fan adabiyotning asosi – nutqni o’rganishga qaratilgan, bas, notiqlik san’ati bo’yicha bildirilgan fikrlar adabiyotga bevosita aloqador edi. O’z faoliyatlarida ritorika masalalariga katta e’tibor qaratgan yunon sofistlarining bu boradagi xizmatlari salmoqli. Jumladan, ulardan biri – ritorika fani asoschilaridan sanaluvchi Protagor (mil.av.480-410 yy.) nutqning tinglovchiga huzur bag’ishlashi yoki tasavvurida o’tmishni jonlantirishining o’zi kam, u tinglovchi tasavvurlarini notiq istaganidek o’zgartirishi, shakllantirishi lozimligini ta’kidlaydi. E’tibor berilsa, bu o’rinda adabiyotga xos g’oyaviy yo’naltirilganlik, kommunikatsiyaga (jumladan, badiiy kommunikatsiyaga) xos apellyativ maqsadda so’z borayotganini anglash qiyin emas. Yoki boshqa bir sofist – Gorgiy (mil.av.483-375 yy.) poeziyada “so’z qalbni o’zgalar kulfati-yu shodligini o’zinikidek his etishga majbur qilishi”ga diqqat qiladi. Ko’rib turganimizdek, Gorgiy badiiy tilning emotsionalligi, badiiy retsepsiya jarayonidagi hamdardlik (“soperejivanie”), qahramonlar ruhiga kirish (“vjivanie”) singari adabiyotshunoslik, umuman, estetikaning muhim masalalariga e’tibor qilgan. Qadimgi Gretsiyadagi ilk notiqlik maktabiga asos solgan Sokrat (mil.av.436-338 yy.) o’z faoliyatida ko’proq yozma nutq xususiyatlarini o’rgandi. Shundan bo’lsa kerak, u til normalarini ishlab chiqish, lug’at tarkibini tasniflash kabi masalalarga ayricha e’tibor beradi. Sokrat taklif etgan tasnifga ko’ra, so’zlar uch guruhga bo’linadi: “yangi”, “xorijiy” va “ko’chma ma’noli”. Sokrat va uning shogirdlari nutq oldiga bir qancha talablarni qo’yadilar. Masalan: nutq ravon bo’lishi lozim, buning uchun esa unlilarning yondosh kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak, fikrning yarmisinigina ifodalash kerak, biroq shundayki, bo’lgan yarimi tinglovchiga shundoq ham tushunarli bo’lsin; proza butkul proza bo’lmasin, bu holda u quruq bo’lib qoladi, biroq uning to’la vaznli bo’lishi ham nomaqbul –  ko’zga yaqqol tashlanib qoladi va b.



 
Download 25,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish