Ijodiy metod va oqimlar.
Ijodiy metod tushunchasi. Наг ikkala tafakkur xili ma'lum tarixiy davrda ilg'or yoki qoloq dunyoqarash bilan sug'orilib, adabiyotda katta o'rin oladi va hatto hukmron tafakkur xili bo'lib qoladi. Bunday vaqtda endi tafakkur xilining mana shu tarixan aniq shakliga alohida nom topish hojati tug'iladi. Romantik tafakkur yoki realistik tafakkurning ma'lum tarixiy davr uchun xarakterli va hukmron ko'rinishi ijodiy metod deb ataladi. Masalan, Servantes, Shekspir, A.Pushkin, L.Tolstoy, A.Chexov, M.Sholoxov, M.Avezov, A.Qodiriy va Hamza ijodi hayotni haqqoniy ravishda „qayta tiklash", hayotni lining „o'z shakllari"da tasvir etish bilan bir-birlariga juda ham yaqindirlar, ya'ni ularning ijodiy metodi bitta — realistik metoddir. Chunki mirig yillardan beri adabiy ijod usuliaridan biri bo'lib kelgan realistik tafakkur xili bu san'at-korlarning ijodida mukammal ishlanib, asosiy ijobiy metodga aylangan.
Metod (yoki to'Iaroq qilib aytganda, ijodiy metod)ning hamma tomonidan qabul etilgan ta'rifi fanda hali yo'q. Shuning uchun bu yerda barchaga ma'lum ta'riflardan birini keltiramiz: metod san'atkorning anglanayotgan voqelikka ijodiy munosabatining umumiy tamoyili, ya'ni badiiy voqelikni qayta tiklash usulidir.
Voqelikni qayta tiklashning tarixan o'ziga xosligiga qarab, jahon adabiyotida klassitsizm, romantizm va realizm ijodiy metodlari mavjuddir.
Bu ijodiy metodlardan jahon adabiyotida eng ko'p tarqalgani realizm bo'lib, uning ko'pgina o'ziga xos ko'rinishlari bor (didaktik realizm, ma'rifatparvarlik realizmi, tanqidiy realizm va sotsialistik realizm). Jahon adabiyoti tarixida boshqa ijodiy metodlar (masalan, simvolizm, naturalizm, modernizm kabi) bo'lgan va metodlik da'vo etuvchi ko'pgina oqimlar hamon paydo bo'lib tursa ham, adabiy ijodning o'ziga xosligini tushunish uchun o'sha aytilgan uch asosiy ijodiy metod bilan tanishuv kifoyadir.
Romantizm va realizm butun jahon adabiyoti tarixi uchun universal ahamiyatga ega. Sharq xalqlari adabiyotida ijodiy metod masalalari hali yetarli o'rganilmagan bo'lsa ham, fanning hozirgi saviyasi romantizm va realizm metodlarining o'ziga xos shakllari va darajalari mazkur xalqlar adabiyotida ham mavjudligini aytishga imkon beradi. Bunda jahon madaniyati taraqqiyotining muhim qonunlaridan biri o'z kuchini ko'rsatadi. Chunki jahon adabiyoti tarixi yagona jarayondir va uning rivojlanish qonunlari hamma xalqlarda bir xildir.
Klassitsizm — realistik tafakkur xilining bir ko'rinishi sifatida.
Klassitsizm XVII asrda fransuz adabiyotida shakllanib, XIX asrning boshlarigacha Yevropa mamlakatlari adabiyotida tarqalgan va hukmron bo'lib qolgan ijodiy metoddir. Fransiyada klassitsizmning asosiy tamoyillari Pyer Kernel, Molyer, Jan Rasin va boshqa yozuvchilarning asarlarida o'z ifodasini topdi. Yozuvchi va ada-biyotshunos N.Bualo (1636—1711) „Poetik san'at" kitobida klassitsizmning g'oyaviy-ijodiy tamoyillarini bayon etib berdi.
Klassitsizm murakkab va ziddiyatli hodisa bo'lib, jahon adabiyoti tarixida katta ijobiy rol o'ynadi. Fransiyada klassitsizm — absolutizmning mustahkamlanishi sharoitida, Italiyada kechki Uyg'onish, Rossiyada absolutizmga qarshi ilk g'oyalarning paydo bo'lishi (dekabristlar) davrida maydonga keldi va uning asosiy xususiyatlari har mamlakat va har tarixiy davrning xususiyatlari bilan tayin etildi.
XVII asrda Fransiyada feodalizmning yo'qotilib, markaziy hokimiyat shaklining o'rnatilishi bosh ijtimoiy hodisa bo'lgani tufayli klassitsizm vakillari o'z ijodlarida markaziy hokimiyat uchun kurashdek ilg'or ijtimoiy maslak bilan bog'liq ijtimoiy va psixologik masalalarni ko'tarib chiqadilar. P. Kornelning „Sid" (to'g'rirog'i, „Said"), „Goratsiy", J.Rasinning „Andromaxa" va „Britanik" tragediyalarida bosh qahramonlar o'zlarining shaxsiy manfaat va hislarini markaziy hokimiyatni barpo etish va mustahkamlash uchun qurbon etadilar. Shunday qilib, klassitsizm asarlarining mazmuni bevosita zamonasining dolzarb ijtimoiy va axloqiy masalalarini ilg'or marralarda turib aks ettirdi va zamon siyosiy hayotida turlicha (ijobiy va salbiy) aks~sado qo'zg'atdi. Shu jihatdan klassitsizm adabiyoti realistik tafakkur xilining mahsuloti va bir ko'rinishi bo'lib qoladi.
Klassitsizmning realistik tafakkur mahsulotiga mansub bo'lishi-ning yana bir qancha alomatlari bor. Ulardan ikkitasini qayd etaylik.
Klassitsizm vakillari qahramonlarning ichki dunyosini chuqur va yorqin ochishga juda katta ahamiyat beradilar. Ruhiyat tahlili klassitsizmning qudratii qurollaridan biridir. Klassitsizm vakillarining tragediyalarida qahramon hayotidagi eng ziddiyatli, eng qaltis payt (masalan, vatan va burchga xiyonat qilib tirik qolish yoki halok bo'lib, vatanga, burchga sadoqat namoyish etish zaruriyati) tasvir etiladi. Hargal konflikt qahramonlarning halokati bilan tugamasa ham, jamiyat oldidagi burch hissi doimo g'olib chiqadi. Bu holat har bir personajningkechinmalariniipidan-ignasigachasinchiklab tekshirish va yorqin ifoda etish yo'li bilan batafsil „ishlanadi", tasvirlanadi. Ruhiyat tahlilining chuqurligi va ta'sirchanligi klassitsizm asarlarining realistik tafakkurga mansub ekanini namoyish etadigan eng muhim xususiyatlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |