4
talablari
asosida qayta idrok etilmoqda, bu davrda yaratilgan asarlarning asl
mohiyatini ochishga harakat qilinmoqda. Adabiyotshunoslik uzoq vaqt mobaynida
badiiy asarlarni, asosan, ijtimoiy nuqtai nazardan tekshirishga moslashgan bo‘lsa, endi
mavjud qoliplarni tark etaroq, badiiy matnga estetik talablar asosida yondashishga, har
qanday xulosani matndan keltirib chiqarishga urinmoqda.
Natijada, ko‘plab
bitiklarning asl badiiy qiymati, bir qator adiblarning millat estetik tafakkuri
taraqqiyotidagi tarixiy o‘rni xolisona belgilanayotir
5
.
Adabiyotshunoslikdagi mazkur yangilanishlarni adabiyot o‘qitish jarayoniga tadbiq
etish XX asr 90-yillarining birinchi yarmidan boshlab yaratilayotgan dastur, darslik va
qo‘llanmalarda aks etib, bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Bu, o‘z navbatida,
respublikamiz maktablaridagi adabiyot o‘qitish ishiga ijobiy turtki berdi. SHuningdek,
Qozoqboy Yo‘ldoshev, Boqijon To‘xliev,
Safo Matjon, Marg‘uba Mirqosimova,
Qunduzxon Husanboevalarning doktorlik ishlari asnosida olib borgan tadqiqotlari,
yaratgan monografiya va qo‘llanmalari hamda ushbu olimlar
rahbarligidagi ilmiy
izlanishlar soha rivojiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Bosib o‘tilgan tarixiy taraqqiyotimiz davomida xalqimiz ma’rifat, ma’naviyat va
madaniyat sohalarida katta yutuqlarga erishdi.
O‘zining boy tarixiga, betakror an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek adabiyoti bugungi
kunda jahonga tanilgan katta badiiy xazinalardan biri bo‘lib qoldi. Bunda barcha
olimlar qatori milliy adabiy an’analarning, jumladan, boy tarixga ega bo‘lgan xalq
og‘zaki ijodining roli va o‘rni buyukdir.
CHindan ham yozma badiiy adabiyotning xalq og‘zaki
ijodiga munosabati
adabiyot nazariyasining eng muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodi qadim zamonlarga borib taqaladi. “Turkiy
xalqlar o‘z yozma adabiyotlarini vujudga keltirmasdan burun mazmuni boy, shakli
rang-barang bo‘lgan og‘zaki adabiyot – qo‘shiqlar,
ertaklar, dostonlar yaratgan
edilar”
6
, – degan edi Oybek.
5
. Yўldoshev Қ. Yoniқ sўz. – T.: Yangi asr avlodi, 2006, 123-bet
6
Oybek. Mukammal asarlar tўplami. 20 tomlik.
5
Bu hol, shubhasiz, Ahmad Yassaviy, Sayfi Saroyi, Durbek, Lutfiy, Alisher Navoiy,
Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat kabi buyuk allomalar ijodiga folg’klor
asarlari
ta’sirini yuzaga keltirdi. Ayniqsa, XX asr o‘zbek adabiyotida folg’klorga qiziqish,
undan ijodiy o‘rganish yanada jonlandi.
Bu hol, adabiyotda yangi janrlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni, xalq
ertaklari, afsona va rivoyatlari asosida, ularning ta’sirida yaratilgan adabiy ertaklar:
ertak-she’rlar, ertak-dostonlar shular jumlasidandir.
Hozirda amalda bo‘lgan adabiyot fanidan Davlat ta’lim
standartlarida adabiy
ertaklarni o‘qitish-o‘rgatish tavsiya etilgan. Mazkur adabiy ertaklarni o‘rganishda
erishilgan
yutuqlarni
umumlashtirib,
ushbu
mavzularning
o‘qitilishini
takomillashtirish orqali adabiy ta’lim samaradorligiga erishish mavzuning
dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: