MS Access da ma’lumotlar bazasini yaratish.
Biror ma’lumotlar bazasini loyixalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun Windows oynasining masalalar panelidagi «Пуск» tugmachasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmachasi bosiladi va «Все программы» bo’limiga o’tib, Microsoft Office→Microsoft Access bandi tanlanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan ketma-ketlik tasvirlangan.
Dastur ishga tushgandan keyin ekranda dasturning quyidagi umumiy ko’rinishi paydo bo’ladi.
Microsoft Access ning dastlabki oynasida 7 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud.
Bular:
«Открыть» (Ochish);
«Конструктор» (Tuzuvchi);
«Создать» (Yaratish) tugmachalaridir ( 4-rasm).
«Открыть» (Ochish) tugmachasi joriy ob’ektni ochadi. Agar bu ob’ekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi.
«Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning strukturasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki to’zilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. Bordi-yu, ko’rinish bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar emas, balki MB ni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
«Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadval, so’rov, shakl va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi. 5-rasm.
Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartiblar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi:
mexanik usul bilan;
avtomatlashtirilgan holatda;
jadval ustasi (Мастер таблиц) bilan.
Endi har bir ob’ekt ustida qisqacha tushuncha berishga harakat qilamiz.
Ma’lumotlar bazasining ob’ektlarini yaratish.
«Мастер таблиц» (Jadval ustasi) yordamida MB ni yaratish.
Biror MB ni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun MB ning strukturasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MB ning yaxshi strukturasi talablarga mos keladigan, samarali MB ni yaratish uchun asos bo’ladi.
MS Accessda MB ni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa ob’ektlarni kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MB ning har bir elementini alohida aniqlashga to’gri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan ko’proq foydalanishadi. Unda «Мастер таблица» (jadval ustasi) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma’lum turdagi MB ni birdaniga yaratib, so’ngra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MB ni yaratishning eng sodda usulidir.
1. MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo’lgan oynadan «Мастер таблица» (Ustani ishga tushirish) parametri tanlanib, “ok” tugmachasi bosiladi. Agar MB oldindan ochilgan bo’lsa yoki dastlabki muloqot oynasi yopilgan bo’lsa, uskunalar panelidagi «Создать базу данных» (MB ni yaratish) tugmachasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |