Nutq tovushlarining, yozuvdagi shartli ifodasi harf hisoblanadi. Tovush
bilan harfni farqlash lozim, ular bir narsa emas. Tovush nutqqa xos birlik bo`lsa,
harf yozuvga tegishlidir. Harf ham ijtimoiy qiymatga ega, biroq u o`z ijtimoiy
xizmati bilan tovushga teng kela olmaydi. Tovushga nisbatan harfning vazifasi bir
qadar chegaralangan. Chunonchi,
o`t (olov), o`t (maysa), o`t (fe‟l), o`tkazmoq,
o`tqazmoq, o`tqizmoq, noo`rin, do`ppi, o`n, o`q so`zlarining hammasida [
o`]
tovushi ishtirok etadi. Ammo bu so`zlar tarkibidagi [
o`] tovushining talaffuzi
aynan bir xilda emas, ma‟lum darajada farqlanadi. Yozuvda esa tovushning
serqirraligi hisobga olinmaydi va birgina harf bilan ifodalanaveradi. Zero, harf
yuqorida ta‟kidlaganimizdek, tovushning barcha xususiyatlarini aks ettira olmaydi.
Tovush so`zining faqat moddiy qobig`igina bo`lib qolmay, balki so`z va
so`zshakllarni o`zaro farqlash, ma‟no ajratish vazifasini ham bajaradi. Bu sizga
“Fonema” mavzusidan yaxshi tanish. Demak, nutq tovushlari ifodasining yana bir
ko`rinishi
fonema bo`lib, fonemani harfdan farqlash juda zarurdir. Ma‟lumki,
fonema eng kichik til bo`lagi bo`lib, so`zlarni, morfemalarni o`zaro farqlashga
xizmat qiladi. Masalan,
tor, tar, ter, tir, tur, to`r so`zlarida [a], [o], [e], [i], [u], [o`]
unlilari fonemalar hisoblanadi.
Sor, bosh, qol, dog`, nok, goh, joy kabi so`zlarda
[s], [r], [b], [sh], [q], [l], [d], [g`], [n], [k], [g], [h], [j], [y] undoshlari ma‟no
farqlovchi fonemalardir.
O`rdak so`zidagi har bitta tovush (harf) alohida fonemadir. Ammo o`, r, d,
a, k, tovush (harf)lari alohida olib qaralganda fonema bo`la olmaydi. Fonema
bilan
harf tushunchalari o`zaro uzviy bog`liq, ammo ular aynan bir narsa emas. Harf
yozuv birligi, fonema esa tilshunoslikning “Fonologiya” sathida o`rganiluvchi til
birligidir.
Muayyan til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini, ayrim shaxslar nutqini
maxsus belgilar orqali aynan yozib olish
transkripsiya deyiladi. Transkripsiya
latincha “
transciptio” so`zidan olingan bo`lib, “qayta yozish” degan ma‟noni
bildiradi. Fan olamida transkripsiya so`zi turli ma‟nolarda qo`llaniladi. Masalan,
biologiyada tirik hujayralarda matritsa – dezoksiribonuklein kislota (DNK)da
ribonuklein kislota (PNK) biosintezining amalga oshish jarayoni tushinilsa,
musiqada ayrim musiqa asarini boshqacha tarzda – biror so`zga moslab ifodalash
(aranjirovka) yoki erkin qayta ishlash tushiniladi.
Tilshunoslikda esa keng ma‟noda atoqli – geografik, tarixiy va boshqa
nomlarning ma‟lum bir qoida asosida berilishi; tor ma‟noda esa transkripsiyaga
yuqorida berilgan ta‟rif asosi anglashiladi. Bu atama ko`pincha keyingi ma‟noda
ishlatiladi. Demak, transkripsiya nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini
yozuvda aniq ifodalsh vositasi bo`lib, yozuvning shartli, sun‟iy turidir.
Transkripsiya o`rganish nima uchun kerak? Bu savolga shunday javob
berish mumkin:
birinchidan, transkripsiya og`zaki nutq jarayonida talaffuzning yozuvda aks
ettirilmagan tovush xususiyatlari va yozuvdagi matnlarni to`g`ri va juda aniq
ifodalash uchun zarur;
ikkinchidan, qadimgi yozuvlarni to`g`ri o`qish, o`rganish, o`qilishi qiyin va
murakkab bo`lgan ieroglifik va bo`g`inli yozuvlarni o`rganish uchun zarur;
uchinchidan, orfografiya qoidalarida tarixiy- an‟anaviy tamoyil saqlangan
tillarni o`rganish ishlarini osonlashtiradi;
to`rtinchidan, chet tillarning talaffuzini o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Transkripritsiya tamoyillari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, u
orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy va tarixiy – an‟anaviy prinsiplaridan
farq qiladi. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko`ra so`zlar qanday eshitilsa,
shunday yozib olinadi. Bu holat qisman orfografiyaning fonetik prinsipiga
o`xshaydi. Biroq orfografiyada odatda bir tovush bitta harf bilan ham, ba‟zan bitta
tovush ikki harf bilan ham yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan (bunda kirill
alifbosidagi e, ѐ, ю, я grafemalari nazarda tutilmoqda) berilishi ham mumkin.
Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush harf (belgi) bilan beriladi.
Transkripsion belgilar xalqlar o`rtasida keng tarqalgan an‟anaviy alifbolar
asosida tuziladi. Ularga qo`shimcha belgilar ham qo`shiladi. Transkripsion
belgilar soni asos qilib olingan alifbo harflari sonidan ko`p bo`ladi. Asosiy
transkripsion belgilarga qo`shiladigan qo`shimcha belgilar
diakritik belgilar
deyiladi.
Transkripsiyada yozib olinayotgan materialni mumkin qadar aniq qilib
berish maqsadida shartli belgilardan ham foydalaniladi. Transkripsiyada
ishlatilishi mumkin bo`lgan ba‟zi shartli ifoda va diakritik belgilar haqida
ma‟lumot beramiz.
[ ] – umumiy matndan ajratilib, transkripsiya uchun tanlangan so`zlar
ko`rsatiladi.
// - bu belgi ikkita shaklning bajaradigan funktsiyasi (vazifasi) jihatdan teng
huquqqa ega ekanligini ko`rsatish uchun qo`llaniladi: -
dek // - day
Do'stlaringiz bilan baham: