4. Son. 10.Yuklama
5. Ravish. 11.So`z- gaplar (undov,modal,tasdiq
6. Taqlid so`z va
inkor,taklif so`z-gaplar)
7-sinf darsligida so`z-gaplar, ularning ko`rinishlari haqida batafsil ma‟lumot
berilgan. Tasdiq-inkor ma‟nosini ifodalaydigan so`zlar (
asosan, ha, yo`q, xo`p,
xo`sh) tilshunosligimizda, ko`pincha, modallar tarkibida o`rganilib kelingan.
Hozirgi tilshunoslikda esa ularning ma‟noviy xususiyatlari hisobga olingan
holda alohida guruhga ajratilgan. Taklif so`z-gaplar guruhiga qo`llanilishi tana
a‟zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog'liq bo`lgan
Ma, Mang, Qani,
Xo`sh?, Marhamat kabi so`zlar kiritilgan. So`z-gaplarning asosiy xususiyati,
ya‟ni ularning kesimlik shakli qo`shimchalarini mutlaqo qabul qila olmasligi
izohlab berilgan.
So`z turkumlarning miqdori, ularning belgilari tarixiy o`zgaruvchan bo`lib, turli
sistemalardagi tillardagina emas, qarindosh tillarda ham turlichadir. Shunga
qaramay bir tildagi so`z turkumlarning miqdori bo`yicha ham olimlar orasida turli
qarashlar, tasniflar mavjud. Masalan, hozirgi rus tilidagi so`z turkumlarining
miqdori haqida shunday tasnif mavjud: ko`pchilik olimlar so`z turkumini o`nta deb
hisoblaydilar. Bular: ot (имя существительное), fe‟l (глаголы), sifat (имя
прилагательное), ravish (наречие), son (имя числительное), bog`lovchi
(союзы), predloglar, undov (междометные слова), yuklama (частицы).
Hozirgi ingliz tilidagi so`z turkumlarining soni ham turli olimlar tomonidan
turlicha talqin qilinadi: ba‟zilari o`nta deb ko`rsatsa (ot(noun), sifat (adjectives),
son (numeratives), olmosh (pronouns), fe‟l (verbs), ravish (adverbs), predlog, artikl
va yuklama (conjunctions), ba‟zilari o`n to`rtta deydilar: yuqoridagilarga
qo`shimcha ravishda modal so`zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob so`zlar
kiritiladi.
Hind-yevropa tillariga kiruvchi tojik tilida ham so`z turkumlari quyidagicha
tasniflanadi: ot:
дафтар, духтар, хона; sifat:
нав, калон, калонтар, сурх,
сурхтар; son:
як, даҳ, бист; olmoshlar:
ман мо, ту, шумо, ў, онҳо, ин; fe‟l:
кардан, рафтан, истодан; ravishlar:
муваққатан, ҳоло, тозон-тозон;
predloglar:
ба, дар, аз, барои; bog`lovchilar:
ва, ҳам, чунки, зеро, бо ин ки;
yuklamalar:
- ми, - а, - ку, не; undov so`zlar:
оҳ! офарин! вой! э вой!
Xulosa qilib aytish mumkinki, keyingi yillardagi ona tili tizimidagi qator
yangiliklar, tajribalar, ilmiy xulosalar umumiy o`rta ta‟lim dastur va darsliklarida
ham o`z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: