Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a‟zolarimiz orqali bilib olamiz. Bunday
bilish hayvonlarda ham rivojlangan. Aqliy bilish esa insonlarga xos bo`lib, tashqi
olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, predmet, jarayonlarini
fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, fikr yuritadi, xulosalaydi, tushunchaga ega
bo`ladi. Mana shu jarayon
tafakkurdir
. Demak, tafakkur oliy bilish, fahm, idrok
kabi tushunchalar bilan uzviy bog`liq bo`lib, bilishning mahsuli sanaladi. Tafakkur
– miyaning oily mahsuli. Tafakkur kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati
jarayonida paydo bo`ladi. U insoniyat jamiyatiga xos bo`lgan mehnat va nutq
faoliyati bilan chambarchas bog`liq holdagina mavjuddir. Tafakkurning voqelikni
bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa chiqarishga, isbotlashga bo`lgan
qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson
tafakkuri turli fanlar (mantiq, psixologiya, gnoseologiya, kibernetika va sh.k.)
tomonidan va turli usullarda o`rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so`nggi
vaqtda tafakkurni turli kibernetik qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida
tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan.
Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushunchalar bilan bog`liq
ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham zich aloqador ekanligini ham
unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, aloqadorligi tilshunoslik fanining
o`rganilish doirasiga ham kiradi. Har qanday fikr so`zlarda o`z ifodasini topadi.
Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo`ladi. Biz istalgan predmet,
voqea-hodisa haqida til vositasisiz, so`z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz.
Til – bilish jarayonining muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud bo`lmaganidek,
tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma‟noga ega bo`lmagan, faqat
ma‟lum tovushlar tizimidan iborat bo`lgan so`zlar muayyan tushunchani
ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va nihoyat, fikr ifodalash
funksiyasini bajarmagan bunday so`zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi. Xullas, til
va tafakkur munosabati o`zaro dialektik aloqadorlikda bo`lib, birgalikda
rivojlanish
va ta‟sir etish qonuniyatlariga amal qiladi. Ammo til qonunlari bilan tafakkur
qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Til grammatikaning o`rganish manbayi bo`lsa,
tafakkur logika (mantiq) ilmining manbayidir. Shunga ko`ra
mantiqiy kategoriyalar
(tushuncha, subyekt, predikat, hukm va sh.k.) bilan grammatik kategoriyalar (so`z,
ega, kesim, to`ldiruvchi….) farqlanadi. Mantiq birliklari umumiy, mavhumdir. Til
birliklari, ayniqsa, nutqiy birliklar real, voqeiydir. Mantiqiy kategoriyalar
umumiy, metodologik bo`lganligi bilan tillardagi grammatik kategoriyalar o`ziga
xosdir.Chunonchi, rus tilida otlarning jonli va jonsizligini ifodalash kategoriyasi
mavjudki, bu o`zbek tili uchun xos hodisa emas.
Одушевленные
Кто?
Она
Девочка
Koтѐнок
Неодушевленные
Что?
Оно
Стол
Kнига
Rus tilida rod kategoriyasi mavjud bo`lib, u mantiqiy
jins kategoriyasi bilan
muvofiq va nomuvofiq holatda turishi kuzatiladi. Masalan,
мужчина, дедушка
“женский род”ni ifodalaydi, ammo jins kategoriyasi jihatidan erkak (мужской
пол)lik belgisiga ega. Demak, mantiqiy jins kategoriyasi grammatik rod
kategoriyasi bilan nomutanosiblik hosil qilgan. Mantiqiy sifat va miqdor
kategoriyasi o`zbek tili grammatikasida ham ifodalanadi. Сhunonchi, mantiqiy
sifat kategoriyasi sifat so`z turkumi ichida turli usullar (morfologik, leksik-
semantik, takror) bilan aks ettirilishi mumkin. Falsafiy miqdor ma‟nosi esa son
kategoriyasida o`z ifodasini topadi (birlik va ko`plikda). Grammatikada miqdor
ma‟nosini ifodalash son so`z turkumi
(yigirmata talaba), ravish so`z turkumi
(
ancha, picha), takrorlar
(qop-qop un) orqali ham ifodalanadi.
Xullas, til bilan tafakkur bir-biridan ajralmas dialektik birlikni tashkil
etuvchi, ammo o`z xususiyatlariga, qonun-qoidalariga ega bo`lgan hodisalardir. Til
bilan tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo`lsa, ularni bir-biridan
ajratish ham shunchalik xatodir. F.de Sossyur ta‟biri bilan aytganda: “Язык можно
сравнить также с листом бумаги. Мысль – его лицевая сторона, a звук
оборотная… ”, demak, tilni fikrdan ajratish mumkin emas. Fikr va tilda voqeiy
turmush, hayot namoyon bolishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: