Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

     Daraxt nima uchun kerak? 
     a) soya soladi; 
     b) meva beradi; 
     v)  yog`och  beradi...  Mana  shu  vazifalar  daraxtning  mazmun  tomonidir,  ya‟ni 
vazifasi. 
     Nutqiy hosilalarning  mazmuni  turli   nutqiy   sharoitda qanchalik xilma  - xil  
bo`lmasin,    ma‟lum  bir  lisoniy  umumiylik  ma‟nosining  tajallisidir.  Masalan,  bir 
oddiy  piyola  ham  ichish  quroli,  ham  o`lchov  andazasi,  ham  aylana  chizish 
mumkin...  Lekin  piyolaning  umumiy  mazmuni-choy  yoki  boshqa  suyuqlik  ichish 
uchun      mo`ljallangan  o`zbek    milliy    ro`zg`or  buyumi.  Ongimizda  piyola    mana 
shunday  yashaydi.    Chunki  "nutqdagi  xususiy  ma‟nolar  lisondagi  umumiy 
ma'nolarning tajallisi"  [1,11;].  Umumiy  ma‟no    ma‟lum    bir   fonema,    morfema,  
leksemaning  paradigmadagi  o`rni,mavqeidan  ochiladi.  Masalan,  leksemalardagi 
umumiy ma‟no shu leksemaning o`zi munosabatdosh bo`lgan leksemalar qatoridan 
anglashiladi.  "Ota"  leksemasi    ongimizda    quyidagi  paradigmada  yashaydi  va 
UGMsi o`shandan ochiladi: 
       /bobo/:  /buvi/ 
     /ona/ :  /ota/ 
           : 
    /bola/ 
         : 
   /nevara/ : 
     Ushbu  paradigmadan  "ota"  so`zining    UGMsi    kelib    chiqadi:  birinchi  avlod,   
bevosita    qon-qarindosh,      katta,  erkak.  Leksemalardagi  UGM    s  e  m  e  m  a 


deyiladi.  Demak,  umumiylikning    mohiyati    ma‟lum    bir  umumiylikni  o`ziga 
o`xshash va farqli umumiyliklar bilan  munosabatidagina ochilishi mumkin. 
     Sh.  Shahobiddinova  ishida  XGM  va  UGMlar  atroflicha  talqin  qilingan. 
Jumladan, son kategoriyasi shakllarining  XGM  va UGMlari. 
     [-lar] ning XGMlari: 
     a) ko`plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.); 
     b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi; 
     d) bog`liqlik va o`xshashlik - Avvalgi sarvigullar o`qishni tugatishdi (Sh. Yul.); 
     e) taxmin - Soat beshlarda keldi; 
     f) kuchaytirilgan ma‟no - Tillarimga    ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim... (U. 
Azimov). 
      
 
[o] shakl XGM lari: 
     a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo`ladi (A.O.); 
     b) ko`plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko`plik); U qishloqda uch - to`rt 
kun qoldi (noaniq ko`plik); 
   d)  birlik    ifodalash  -  bunda    ko`rsatish    olmoshlari,  "bir"  so`zi  ko`proq  ishtirok 
etadi:  Ushbu  yodgorlikka  murojaat  qilar  ekanman,  mening  maqsadim  bitta... 
(O.Matjon). 
     Demak,  son  kategoriyasi  shakllari  uchun  quyidagi  UGMlarni  ko`rsatish 
mumkin: [-lar] UGMsi─bo`linuvchan/ bo`linmas sifat va noaniq miqdor ifodalash. 
[o] UGMsi ─  bo`linmas  va  aniq/ noaniq miqdor ifodalash. 
     Bo`linuvchanlik/  bo`linmaslik  deganda,  quyidagini  tushunish  kerak:  har  bir 
xususiylik  alohidalik  ekanligini    ko`rib  o`tdik.  "Qovunlar"  degan  so`zshakli  bir 
necha qovunlarni atab keladi."Qovunlar" so`zshakli bir  to`plamni  ifodalaydi  va  
u    bir  necha  alohidaliklarga    bo`linadi.    "Ahmadlar"  deganda  Ahmad  va  unuing 
o`rtoqlari, oilasi...  tushuniladi.  Ya‟ni Ahmadlar  bir to`plamni ifodalaydi  va  bu  
to`plam  bo`linuvchan.  "Suvlarni stolga qo`ydi"  deganda  kola,  mineral  suvlar... 
tishuniladi.  "Toshkentlarni  kezib  chiqdi"  so`zshakl  Toshkentni  bo`lib  beryapti, 
tumanlari  hisobga  olingan.  "Tillarimga    ko`cholmaydi  bo`g`zimdagi  azobim" 
misrasida  til,  gap,  so`z,  og`iz  ajratib  berilgan.  Shuning  uchun  "ishchi  sinfi"  va  
"ishchilar    sinfi";  "o`qituvchi  odati"  va  "o`qituvchilar  odati"  kabi  so`z 
birikmalarida birlik va ko`plik son  ma‟nolari  yaqinlashsa  ham, orasida nozik farq 
bor.    "Ishchilar"da  sifatiy  bo`linuvchanlik  sezilib  turadi.    Birlik  sonda    yaxlitlik  
ma‟nosi  ko`proqdir. Demak, bir jihatdan  birlik  va  ko`plik son ko`plik sonning 
bo`linuvchanlikni  ta‟kidlashi,    birlik  sonning  esa  yaxlitlikni  ko‟rsatishi  bilan 
qarama-qarshi  turadi.    Miqdoriy  jihatdan    esa  birlik  son  birlik,    aniq/noaniq 
miqdorni  ifodalay  olishi  bilan  hamisha  noaniq    miqdoriy    ko`plikni    ifodalovchi  
ko`plik  son shakliga qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol",  "Stol 
ustida to`rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma‟no voqelangan:  
Kitoblar    so`zshakli  hech  qachon  aniq  miqdorni  ifodalay  olmaydi.    Quyidagi 
gaplarni qiyoslang: 
     Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi; 
     O`ninchi yil (yillar)da tug`ildi. 
     Shuning  uchun    birlik    sonning    umumiy    grammatik  ma‟nosi  quyidagicha 
ko`rsatilishi mumkin:   birlik ─ aniq yo noaniq miqdorni bo`linuvchan/ bo`inmas  


ma‟noda    berish.  Ko'plik  sonning  ma'nosi  ─  noaniq  miqdoriy  ko`plikni  
bo`linuvchan    sifatda  berish.  Mana  shu    umumiy    grammatik    ma‟nolar    bilan  
birlik   va ko`plik morfologik  son  shakllari  til  tizimida, ongimizda yashaydi. Bu  
umumiy  ma‟nolar  nutqda  muayyan  moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda 
voqelanadi. 
     Ko`rib  o`tdikki,  daraxt    umumiyligi    o`ta    sodda    va      u  "o`simlik  +  tana  + 
shox"dan  iborat,    xolos.  Lekin  borliqdagi  milliard  daraxt  behad  rang  -  barang.  
Xuddi  shunday  ko`plik sonning ma‟nosi  "miqdoriy noaniq     ko`plik + sifatiy 
bo`linuvchanlik"  kabi  soddadir.    Nutqda  esa  u  milliard    xususiy  ko`rinishlarda 
voqelanadi.    Birlik  sonining  ma‟nosi  "miqdoriy  aniq/noaniq  ko`plik  +  sifatiy 
bo`linmas"  kabidir. Lekin  yuqorida  ko`rsatilgan  UGM      nutqda      XGM      sifatida  
voqelanar  ekan,  u umumiylik bilan xususiylik  orasida  oraliq  ma‟nolar  yotadi. 
Oraliq  ma‟nolar      xususiy      ma‟nolar    uchun    ma‟no  tiplari,  ya‟ni  "o`xshash 
ma‟nolar    majmuasi",  UGM    uchun  esa  "umumiylikning  ko`rinishlari",  turlari  
mavqeida    bo`ladi.    Chunonchi,  birlik  sonning  UGMsi  "aniq  /  noaniq  va    birlik"  
kabi    ma‟nolarni    o`z  ichiga  oladi.      Va    UGM    XGM    sifatida    voqelanguncha  
yuqorida ko`rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM ma‟noning biridan 
o`tadi. Chunonchi,                    
          
    XGM                    OGM              UGM 
     Bu kitobda               birlik         aniq/noaniq 
     Uch kitobda             aniq           sifatiy bo'linmas 
     Kitobda                   ko`plik        miqdor 
 shunday yozilgan.       noaniq        
 
    OGM  hamisha    so`zning    lug`aviy    ma‟nosi,    matn,    qurshov  bilan  aloqador 
bo`ladi.  Chunonchi,  [-lar]  ko`plik  sonning  umumiy  ma‟nosi  -"sifatiy  
bo`linuvchan,  miqdoriy noaniq ko`plik" UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan 
asosiylari: 
     1. Bir yoki turli jinsdagi predmetlarning NMK(noaniq miqdoriy ko‟rsatkichi)ni 
ifodalash (kitoblar, odamlar...); 
     2.  O`lchanmas  moddalarni  alohidaliklarga  ajratib  noaniq  miqdoriy  ko`plikni 
ko`rsatish (Toshkent suvlari...)
     3. Turli tur  va  jinslardan iborat  NMKni  ko`rsatish      (yog`lar-sariq  yog`, paxta 
yog`i; ichimliklar-aroq, mineral suv, kola)
     4. Narsani   yondoshlari   bilan  birgalikda NMK sifatida ifodalash  (Ahmadlar 
keldi; Toshkentlarni aylandik.)
     5. Taxmin ifodalash: 70- yillar; 
     6.  Bo`linmasni  bo`linuvchan    etib    ko`rsatib,    ekspressiv  ma‟no  berish 
(Yuraklarimga      to`kildi).    Mana  shunday    har    bir    morfologik  shaklda  XGM,  
OGM    va  UGMlar  mavjud    bo`ladi.    Siz    1940-80-yillarda    nashr    etilgan 
darsliklarda  tanishgan  grammatik  shakllarning  ma‟nolari  asosan  XGM  va   
OGMlardir.  UGMlarni      ochish      bosqichiga  o`zbek  tilshunosligi  endi 
ko`tarilmoqda.    Jumladan,    ushbu  mavzular    mana    shu    UGMlarni    ochishga  
bo`lgan  ilk  qadamlardan biridir. 


     Shunday  xulosaga  kelish    mumkinki,    UGM    til    birligining  minglab  turli    xil  
matnlarda    yuzaga    chiqadigan    va  bevosita  kuzatishda  berilgan    xususiy  
grammatik  ma‟nolari (XGM)ning umumiy yig`indisi   emas,  XGMlar  negizida  
yotgan,  XGMlarga nisbatan umumiylik vazifasini o`taydigan ma‟nodir. 
     XGMlar    bilan    UGMlar  orasidagi  munosabat  bilvositadir.  Bu  ikki  bo`g`inni 
bog`lovchi ma‟no tipi ─ bu OGMdir. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish