Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

  Ko`k toqini bizga taxti Sulaymon qildi.  
  Lekin e‟lon o`qiganda o`zbek tilini  
  Davlat tili bo`lganiga pushaymon qildi. 
Mashhur Robinzon Kruzoni eslang. U kimsasiz orolga tushub qolganda uzoq 
yillar  davomida  unga  tildan  foydalanishga  deyarli  ehtiyoj  sezilmaydi.  Tilning 
kishilik  jamiyatida  bajaradigan  vazifasiga  ko`ra  sof  ijtimoiy  hodisa  ekanligini 
isbotlovchi bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Ammo til ijtimoiy hodisa 
sifatida jamiyatdagi boshqa ijtimoiy hodisalardan farq qiladi.  
  Faqat  jamiyatning  mavjudligi  bilan  bog`liq  bo`lib,  jamiyat  uchun  xizmat 
qiladigan  ijtimoiy  hodisalarning  turlari  nihoyatda  ko`p.    Ideologiya,  bazis, 
ustqurma,  demokratiya,  pul  muomalasi  kabilar  ham  ijtimoiy  hodisalar  bo`lib, 
ularning jamiyatda bajaradigan vazifalarining o`z xususiyatlari va ma‟lum doirada 
qo`llanilish  chegaralari  bor.  Chunonchi,  ideologiya-muayyan  jamiyatdagi  siyosiy, 
huquqiy,  axloqiy,  diniy,  badiiy,  falsafiy  qarashlar  va  g`oyalar  sistemasi;  bazis 
jamiyatning  iqtisodiy  tuzilishini,  ustqurma  esa  jamiyatning  siyosiy,  huquqiy, 
ideologik  me‟yorlarini  belgilab  beruvchi  hodisalardir.  Jamiyat  bo`lmagan  joyda 
demokratiya,  ya‟ni  xalq  ommasining  boshqaruv  ishlarida  qatnashuvi  yoki 
fuqarolarning  siyosiy  huquqlardan  foydalanish  imkoniyatlari  haqida  gapirish 
mumkin emas. Pul muomalasi haqida ham shunday fikrni aytish o`rinlidir. Kishilik 
jamiyatida  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzumlar  o`zgarib  turadi.  Bu  o`zgarish  har  bir 
tuzumga  tegishli  bo`lgan  bazis,  ustqurma,  ideologiya  kabilarni  ham  yangilaydi. 
TIL  esa  na  bazis,  na  ustqurma,  na  ideologiyadir.  Tilning  yuqorida  sanab  o`tilgan 
ijtimoiy  hodisalardan  eng  katta  va  asosiy  farqi  shundaki,  til  jamiyat  faoliyatining 
barcha-barcha  sohalariga  xizmat  qiladi.  Til  tuzumlar  o`zgarishi  bilan  butkul 
yangilanmaydi, o`z xususiyatini, vazifasini o`zgartirmaydi. U kishilik jamiyatining 
tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida  yaratilgan,  sayqal  topib  borayotgan  aniq-tarixiy 
me‟yor sifatida jamiyat a‟zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy fikr 
ifodalash vositasidir. 
Til  kishilik  jamiyatidagi  asosiy  ijtimoiy  hodisa  sifatida  kommunikativ, 
ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi.  
   
“Kommunikativ”  so`zi  rus  tilidan  olingan  lingvistik  atama  bo`lib,  “fikr 
almashuvga oid” degan ma‟noni ifodalaydi. Kishilarning o`zaro aloqa-aralashuvda 
o`z  fikr-mulohazalarini,  istak-xohishlarini,  ichki  kechinmalarini  ifoda  etib,  bir-
birlariga axborot yetkazishlari, ya‟ni tilning jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini 
bajarishi uning kommunikativ vazifasi hisoblanadi.  
   
“Ekspressiv” so`zi latincha so`z bo`lib, asl ma‟nosiga ko`ra “kuchaytirilgan” 
demakdir. Bu atama tilshunoslikka  ko`chma ma‟nosi bilan kirgan bo`lib, “kuchli 
hissiy obrazlilik xususiyati” degan ma‟noni ifodalaydi. 
   
Tilning  asosiy  vazifasi  kommunikativ  funksiya  bo`lsa-da,  biroq  kishilar 
aloqa-aralashuv 
jarayonida 
bildirilayotgan 
fikrga 
yoki 
tinglovchiga 
yetkazilayotgan axborotga o`zlarining turli tipdagi hissiy-ta‟siriy, ya‟ni emotsional 
munosabatlarni  ham  qo`shib  ifodalaydilar.  Bu  hodisa,  ya‟ni  tilning  suhbatdoshga 


ta‟sir  ko`rsatish  xususiyati  uning  ekspressiv  vazifasi  deyiladi.  Emotsional 
munosabatlar  suyish,  erkalash,  nafrat  kabi  insonga  xos  bo`lgan  qator  jihatlarni 
qamrab oladi. 
   
Til  faqat  kishilar  o`rtasidagi  aloqa  vositasi  bo`lmay,  millatlararo, 
davlatlararo  aloqa  quroli  hamdir.  Bundan  tashqari  til  kishilik  jamiyatida  asrlar 
davomida  to`plangan  tajriba  va  bilimlarni  kelajak  avlodga  yetkazish  uchun  ham 
xizmat 
qiladi. 
Tilning 
bu 
xususiyati 
uning 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish