9
o„zgarmasligi – tuslanmagan fe‟llarda qabul qilinganligi ham
adashishdan xoli emas.
Buni aniqlash uchun foillarning (harakatni bajaruvchilarning)
shaxsini o„zgartirib ko„rishi lozim. Masalan,
Men
sen ham ko„tgansan.
Sen
ko„rgan bolani men ham ko„rganman.
Ular
siz ham ko„rgansiz.
akam ham ko„rgan.
…..
…….
Shu asosda
ko„rgan
so„zshaklini birinchi qo„llanilishda tuslanmagan
fe‟l (sifatdosh tuslanmaydi, foil shaxsi o„zgarsa ham, u o„zgarmaydi),
ikkinchi qo„llanilishda tuslangan fe‟l (o„tgan zamon hikoya fe‟l – foil
shakli o„zgarishi bilan o„zgaradi, tuslanadi) ekanligi aniqlanadi.
7)
oydek go„zal, oyday go„zal, oycha go„zal
birikmalaridagi tobe
so„z tarkibida qo„llanilgan
-dek, -day, -cha
qo„shimchalarini hech
qanday murakkab tahlillarsiz
kabi
sof ko„makchisi va uning muqobillari
(
singari, yanglig„, misoli
va h.) bilan bemalol almashtirish mumkin.
Ularni ravish yasovchi qo„shimchalar sifatida
talqin etilishi ham
mantiqqa zid.
8)
sintaksisda:
Qaratqich hech qachon qaralmishsiz qo„llanmaydi
degan talqin beriladi. To„g„ri, nutqimizda
Bizning maktabimiz chiroyli
ta‟mirlangan
gapini (qaratqichsiz)
Maktabimiz chiroyli ta‟mirlangan
tarzida ishlata olamiz. Ammo zinhor
Bizning .... chiroyli ta‟mirlangan
shaklini qo„llay olmaymiz. Xuddi shu mantiq iboralarning gap tarkibida
qo„llanilishida keskin buziladi. Jumladan,
Iboralar gap tarkibida yaxlit
gap bo„lagi bo„lib keladi
degan talqin sintaktik omilning semantik omil
bilan qorishtirilishidir.
Fikrimizni dalillaymiz:
Karimning tarvuzi qo„ltig„idan tushdi;
Ayolning hafsalasi pir bo„ldi; Biloljonning boshi ko„kka yetdi
kabi
hosilalarda
tarvuzi qo„ltig„idan tushdi; hafsalasi pir bo„ldi; boshi ko„kka
yetdi
frazeologik birliklari sintaktik jihatdan yaxlit kesim deb talqin
etiladi. Agar shu mantiqqa tayansak, berilgan gaplar tarkibidagi
Karimning; Ayolning; Biloljonning
kabi qaratqichlarning qaralmishi
10
qani? (Axir bu
Qaratqich hech qachon qaralmishsiz qo„llanmaydi
degan
talqinga zid-ku?!)
Bu kabi misollarni ko„plab keltirishimiz mumkin. Bunday
chalkashliklarning kelib chiqishida 2ta sabab bor:
1)
botinga qaramasdan zohirni o„rganish – nutqiy hosilalarga qarab
xulosa
chiqarish va, natijada, bir omilga boshqa omilning prizmasida
qarash;
2)
tilning ichki tabiatidan kelib chiqmasdan, lingvistik hodisalarni
boshqa tillarning tasnif doirasiga solib ”o„lchash”.
Ammo e‟tirof
etish joizki, (kamchiliklar, chalkashliklar bo`lishiga
qaramay) an‟anaviy tilshunoslikda nutqiy bosqich hadisalari tahliliga oid
juda katta ma‟lumotlar bazasi yaratildi; bu ulkan xazinaning yaratilishida
kuchli tilshunoslarning xizmatlari bor. An‟anaviy tilshunoslikning tahlil
metodologiyasi (o`lchov me‟yorlari) hukmron mafkura manfaatlariga
bo`ysundirilganligi uchun ham (Ayub G`ulomov boshchiligidagi yuzlab)
daqiq o`zbek tilshunoslari faqat bevosita kuzatishda bo`lgan nutqiy
bosqich hodisalari tadqiqi bilan shug`ullana oldilar. Zero, an‟anaviy
tilshunoslik
o`zbek
tilshunosligining
(1999-yillardan
keyingi)
taraqqiyotini belgilovchi tilshunoslik yo`nalishlarining yuzaga kelishi
uchun poydevor vazifasini bajardi.
Do'stlaringiz bilan baham: