Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 17; 19; 20; 29; 35; 38] NUTQ A‟ZOLARI VA ULARNING TUZILISHI Reja : 1.
Nutq organlari va ularning vazifalari.
2.
Tovush hosil bo„lishidagi asosiy bosqichlar.
3.
Nutq artikulyatsiyasi haqida.
Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar Nutq apparati, faol va nofaol nutq a‟zolari, ovoz paychalari, bo„g„iz, artikulyatsiya, artikulyatsiya bazasi, artikulyatsiya o„rni va usuli, portlovchi, sirg„aluvchi, til oldi,til o„rta, til orqa, lab undoshlari Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi qismlar nutq
a‟zolari (apparati) deyiladi. Nutq tovushlarining hosil bo„lishida quyidagi
a‟zolar ishtirok etadi: o„pka, kekirdak, ovoz paychalari, bo„g„iz, bo„g„iz
qopqog„i, kichik til, tanglay, til, tish, lab. Bular orasida faol ishtirok
etadigan organlarga ovoz paychalari, til, lab, yumshoq tanglay, qattiq
tanglay, pastki jag„ kiradi .