Abuzalova M


Jamiyat a‟zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo„lgan, shakl va



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Jamiyat a‟zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo„lgan, shakl va 
mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan voqeylikdagi 
narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va 
lug„atda grammatik morfemalarni o„ziga biriktira oladigan 
morfema turi leksemadir. 
Ma‟lumki, formal tilshunoslikda til va nutq 
hodisalari, birliklari farqlanmas edi. Shunga ko„ra, leksema va so„z ham 
bir-biridan farqlanmagan. Sistem tilshunoslik nuqtayi nazaridan bevosita 
kuzatishda berilgan matn va lug„atlarda qayd etilgan so„zlar nutq 
birliklari hisoblanadi. Yuqorida qayd etib o„tganimizdek, til birliklari 
bevosita kuzatishda berilmagan bo„lib, ular jamiyat a‟zolari uchun 
tayyor va majburiy bo„ladi. 
Til birliklari (fonema, morfema, leksema, konstruksiya)dan 
fonemaning to„la ta‟rifi bilan tanishmiz. Morfemalarni keyingi 
ma‟ruzalarimizda atroflicha o„rganamiz. Leksemaning nutqdagi voqeligi 
so„zdir. Leksemalar konstruksiyalarda mustaqil o„rin egallay olish yoki 


96 
egallay olmasligiga ko„ra, mustaqil va yordamchi leksemalarga 
bo„linadi. 
Mustaqil leksemalar nutqda alohidalik xususiyatiga, o„zidan keyin 
grammatik morfemalarni ergashtirish 
qobiliyatiga 
ega. 
Biroq 
leksemalar ichida shundaylari ham borki, ular gapda mustaqil o„rinni 
egallay olmaydilar. Bunday leksemalar sirasiga yordamchi so„zlar 
(bog„lovchilar, sof ot, fe‟l, ravish, ko„makchi, yuklama, nisbiy so„zlar va 
b.: 
ham, hamda, biroq, lekin; uchun, bilan, sari, sayin; tag, ost, bo„y, 
old; qara; boshla, yubor, bo„l, so„ng, kabi, yanglig„, burun….) 
kiradi. 
Mohiyatan ushbu yordamchi leksemalar grammatik morfemalardir. Ular 
leksemalarga o„xshab, alohidalik xususiyatiga ham ega bo„ladi. 
Boshqacha aytganda, yordamchi so„zlar leksemalar va qo„shimchalar 
orasida « oraliq uchinchi» bo„lib, ham lekmemalar, ham grammatik 
morfemalar xususiyatini o„ziga mujassamlashtiradi. Ammo ular na 
leksemalarga, na grammatik morfemalarga to„liq teng bo„la olmaydi. 
Leksema jamiyatning barcha a‟zolari uchun tayyor, umumiy va 
majburiy sanalishi bilan bir qatorda yana bir qancha xususiyatlarga 
egadir. 
1.
Jamiyat a‟zosi leksemani yasamaydi, uni tayyor holda qabul 
qiladi. 
2.
Jamiyat a‟zosining ongida har bir leksema boshqa leksemalar 
bilan o„xshashlik qatorlarida (paradigmalarda) yashaydi. Masalan: 
[daftar] ~ [bloknot]; [daftar] ~ [oynoma] ~ [ro„znoma]; [daftar] ~ 
[qissa] ~ [roman]; [daftar] ~ [muqova] ~ [varaq] ~ [bet] ~ [bob] 
kabi. 
Daftar 
so„zi shu munosabatlar asosida turlicha ma‟no beradi. 
3.
 
Leksemalar inson ongida qo„shnichilik munosabatlarida 
(sintagmatik) ham yashaydi. Masalan: 
[daftar] ~ [yoz] ~ [ol] ~ [sifatli] ~ 
[matematika] ~ [ona tili]; [daftar] ~ [son qo„shimchalari] ~ [egalik 
qo„shimchalari] ~ [kelishik 
qo„shimchalari].... 
Bu o„xshashlik va qo„shnichilik munosabatlari, ma‟no va vazifa 
imkoniyatlari nutqda oydinlashadi, aniqlashadi. Demak, leksemalar til 
egalari ongida voqelashgan va voqelashadigan nutqiy imkoniyatlar 
yig„indisi hamdir. 
Leksema til birligi sifatida turlicha imkoniyatlar majmuasi bo„lsa, 
so„z uning voqelanishi, ro„yobga chiqishi, aniq shakl, mazmun va vazifa 


97 
kashf etgan moddiy ko„rinishidir. Har bir leksema nutqda muayyan so„z 
sifatida namoyon bo„ladi. Leksema ikki tomonga ega bo„lgan til 
birligidir. Aniqrog„i, u shakl va mazmun tomonlaridan iborat ramzdir. 
Sistem tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni 
nomema 
deyiladi. 
Nomema faqat leksemaning shakliga (moddiy qobig„i, tashqi tomoniga) 
nisbatan ishlatiladi. Leksemaning mazmun tomoni (ma‟nosi, ichki 
tomoni….) esa 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish