Monetar usulga asoslangan yashirin iqtisodiyotni baholashning
yanada murakkabroq usullari mavjud. Bunda qo‘shimcha
ravishda
daromadlar, soliqlar, foiz stavkalari o‘zgarishi natijasida, hamda
yashirin iqtisodiyotning faoliyati natijasida naqd pul mablag‘larining
ulushi tebranib turadi deb taxmin qilish kerak. Hisobga olinmagan
omillarni baholash yashirin iqtisodiyot miqyosini aniqlash imkonini
beradi.
Norasmiy sektorda to‘lovlar nafaqat naqd pul bilan, balki boshqa
usullar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, barter, ya’ni
ayirboshlashda to‘lov vositasi sifatida
taqdim etuvchining qimmatli
qog‘ozlaridan foydalanish odatiy holdir.
Ikkala sektorda pul aylanishi tezligi bir xilligini aniqlash
murakkabdir. U norasmiy sektorda samaraliroq bo‘lishi mumkin.
Norasmiy sektorda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri
iste’molchiga kelib tushadi, va buning uchun kamroq pul va vaqt
kerak bo‘ladi. Rasmiy sektorda esa tovarlar ko‘p sonli vositachilar
qo‘lidan o‘tib boradi.
4.
Ekspert usuli
Ekspert baholashlardan
foydalanish murakkab va kam
o‘rganilgan yashirin iqtisodiyotni o‘rganishning zarur shart-sharoiti
hisoblanadi.
Ushbu usulning mazmuni quyidagicha. Ekspert birinchi navbatda
biron-bir tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarga qay darajada ishonish
mumkinligini
aniqlaydi.
Oddiy
manbalardan
ma’lumotlar
to‘plangandan so‘ng ularni avtomatik tarzda ma’lum darajagacha
hisoblab chiqishadi. Ekspertlar tomonidan ekspert bahosi usuli ishlab
chiqiladi.
Ushbu usulni qo‘llashni muammosi shuki,
malakali ekspertni
topish qiyin.
5.
Texnologik koeffitsiyentlar usuli
elektr quvvati ishlab chiqarish
va iste’mol qilish, transportda yuk tashish va boshqa bilvosita yengil
hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni rasmiy ma’lumotlar bilan taqqoslash
yordamida sanoat ishlab chiqarish dinamikasini taxminiy aniqlashni
ifodalaydi. Bu usuldan foydalanish shart-sharoitlari bo‘lib yuqori
darajada rivojlangan bozor munosabatlari, elektr quvvati va yuk
tashishning adekvat narxlari hisoblanadi. Agar narxlar tartibga
solinadigan bo‘lib, elektr quvvatining real
qiymatini aks ettirmasa
yoki imtiyozlar mavjudligi sababli elektr quvvatini iste’mol qilish
uchun uzoq vaqt pul to‘lanmasa, elektr quvvatini iste’mol qilish
dinamikasi sanoat ishlab chiqarishi dinamikasidan katta farq qilishi
mumkin.
6. Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli
yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi omillar yig‘indisi bilan bog‘liq va
uning hajmini o‘lchashga yo‘naltirilgandir.
7. Tarkibiy usul
ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida yashirin
iqtisodiyotning hajmi to‘g‘risida ma’lumotni qo‘llay olishga
asoslangandir.
Bir qator rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning
ko‘lami to‘g‘risida yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullar yordamida
olingan
ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lib, yalpi milliy
mahsulot(YaMM)ga nisbatan 1 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan oraliqda
tebranib turadi.
Hisob-kitoblar ko‘satmoqdaki, bevosita (to‘g‘ri) usullar ishonchli,
lekin eng pasaytirilgan natijalarni beradi. Ularning asosiy kamchiliklari
quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish murakkabligi va so‘rov
natijasida olingan ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatish.
Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi
yashirin iqtisodiyot tarkibi hajmining miqdorini va natijalar to‘g‘riligi
mezonini baholashning yagona uslubiyati yo‘qligidan dalolat beradi.
Har bir mamlakatning o‘ziga xosligi, statistik materiallarda
kamchiliklarning mavjudligi har
bir muayyan hodisada ushbu
hodisaga mos bo‘lgan usul yoki bir qancha usullar kombinatsiyasidan
iborat bo‘lgan usullarni tanlashga asoslanadi. Har xil usullarni
birgalikda qo‘llash yashirin iqtisodiyotni ob’ektiv baholashning
yo‘nalishlaridan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: