X BOB. JAHON JINOIY XO‘JALIGI
10.1. Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi”
10.2. Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy
global muammolar
10.3. Narkobiznes iqtisodiyoti va uning xususiyati
10.4. Terrorizm iqtisodiy nazariyasi
10.5. Jahon mamlakatlari rivojlanishining jinoiy global
muammolari
10.1. Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi”
Zamonaviy jahon xo‘jaligida deyarli hech bir mamlakat boshqa
mamlakatlardan alohida rivojlana olmaydi. Har bir mamlakatning
iqtisodiyoti jahon xo‘jaligining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Jahon xo‘jaligi, keng ma’noda, dunyodagi barcha milliy
iqtisodiyotlarning murakkab jamlanmasi hisoblanib, unda murakkab
sinergetik
samaralar
yuzaga
keladi.
Global
iqtisodiy
munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lib
faqatgina alohida fuqarolar,
firmalar va hukumatlar emas, balki mamlakatlar ittifoqi,
xalqaro
iqtisodiy tashkilotlar ham namoyon bo‘lishmoqda.
Milliy
iqtisodiyotlarning
jahon
xo‘jaligida
sekin-asta
integratsiyalashuvi har bir mamlakat faravonligi nafaqat o‘z
fuqarolarining iqtisodiy faoliyatidan, balki dunyoning boshqa
chekkasidagi hodisalarga bog‘liqligiga olib keladi.
Iqtisodiy globallashuv u yoki bu darajada barcha mamlakatlar va
xalqlarga tegishli bo‘ladigan,
hamda jahon hamjamiyatining
birgalikdagi harakatlari bilan hal etiladigan global muammolarni
yuzaga keltiradi. Undan tashqari dunyo sivilizatsiyasining mavjudligi
va uning rivoji ushbu muammolarni yechish bilan bog‘liqdir. 1970-
yillarda global muammolarni o‘rganish endi boshlangan davrda eng
muhim muammolar sifatida ekologik xususiyatga ega muammolar
hisoblanar edi. Hozirgi kunda bu
muammolar qatoriga ijtimoiy
xususiyatga ega muammolar qo‘shilmoqda – qurolsizlanish uchun
kurash, “boy Shimol” va “kambag‘al Janub” o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar, yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va
boshqalar.
Ijtimoiy global muammolar
orasida jinoiy globalashuv
188
muammosi katta mojaroga sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, jahon
xo‘jaligi rivojiga sivilizatsiyalashgan jamiyatda qabul qilingan “o‘yin
qoidalari”ga rioya qilmaydigan destruktiv kuchlarning ta’siri
kuchayib bormoqda. Jinoiy globalashuv
muammosi faqatgina
transmilliy
uyushgan
jinoyatchilik
va
xalqaro
terroristik
tashkilotlarga tegishli emas. U yana jinoyatchilar uslubidan
foydalanib, global miqyosda noqonuniy xo‘jalik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi qonuniy firmalar va qonuniy hukumatlar faoliyatlari
bilan bog‘liqdir.
Jinoiy globallashuv jahon xo‘jaligini
ikkiga ajralishiga olib
kelmoqda: bir tomoni – qonuniy, “oshkor” jarayonlar; ikkinchi
tomoni – noqonuniy, yashirin jarayonlar. Qonuniy jahon xo‘jaligining
deyarli barcha tarkibiy qismlari noqonuniy “egizak”ka ega bo‘lmoqda
(10.1.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: