Ijodiyot psixologiyasi – psixologiyaning odam tomonidan yangi, original mahsul yaratish jarayonidagi psixologik qonuniyatlarni tekshiruvchi sohasi. Ijodiyot psixologiyasining predmeti fan, texnika va san'atda yangi ijtimoiy boylik yaratadigan ijodiy mehnat faoliyati (olim, kashfiyotchi, ratsionalizator, rassom mehnati) shuningdek, o’yin hamda o’qish faoliyatidagi ijod elementlaridir.
Mehnat psixologiyasi – psixologiyaning mehnat faoliyatining psixologik muammolarini o’rganuvchi sohasi. Bu muammolarga mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart–sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qrab tanlash va joy–joyiga qo’yish, ishlab chiqarish avariyasi va jaroxatining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |