Miri Janda ziyoratgohi.
Allomaning to‘liq ismi Abu Havs Umar ibn Muhammad ibn Abdullohibn Shahobuddin Suravardiy bo‘lib, bu nom allomaning shimoli-sharqiy Eronning Jabal o‘lkasidagi Suhravard shahrida tug‘ilganiga ishora qiladi. Mashhur tarixchi olim Shamsuddin Zahabiy «Kitabul mushtabax fi asmaur rijal»asarida bu haqda fikr yuritib: «Z anjal Ozarboyjonening bir viloyatidir» deydi. Suhravard o‘sha davrning ilm-fan va madaniyat rivoj topgan yirik shaharlaridan biri bo‘lgan. Shahobuddin Suhravardiyning tarjimai holi keltirilgan manbalarda mutasavvifning hijriy 539 (milodiy 1144) yili Suhravardda Eronning Jabal o‘lkasida tug‘ilib ,hijriy 632 (milodiy 1234) yili muhtaram oyida Bog‘dodda vafot etgani ko‘rsatilgan. Alloma vafot etgan joy xususida ayrim ixtiloflar borligini ta’kidlash lozim. Ba’zi manbalarda shayxning Bog‘dodda vafot etgani, o‘sha erdagi «Vardiya» qabristoniga dafn etilgani haqida gapirilsa, Amir Temur davrida faoliyat yuritgan, buyuk fotihning mashhur tarixnafislaridan biri bo‘lgan yirik olim Fasih Havofiy hamda taniqli rus sharqshunosi V.Bartold kabilar uning qabri aynan yurtimizda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida joylashgan «Miri Janda» qabristonida ekaniga ishora qiladilar.
Suhravardiyning yana bir asari «Avoriful ma’orif» («Ma’rifat tuhfalari») ham ilmiy va amaliy ahamiyati bilan ajralib turadi.
Shahobiddin Umar Suhravardiy garchi Bag‘dodda vafot etgan deyilsada, Vatanimizda, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani hududida ham uning xalqimiz tomonidan e’zozlab-qadrlanadigan bir ziyoratgohi bor. U joy hozir «Miri Janda» nomi bilan mashhur. Taniqli tarixchi olim Poyon Ravshanov «Qashqadaryo tarixi» kitobida bu haqda so‘z yuritar ekan, Boris Kochnevning «Rabot v Karshinskom oazise» asariga tayangan holda, jumladan, bunday deydi: «G‘uzor namozgohi G‘uzordaryoning so‘l qirg‘og‘ida,qo‘rg‘ondan 300-400 metr janubi-g‘arb tarafda joylashgan edi. Qo‘rg‘onning Eskibog‘ darvozasi masjidga ro‘baro‘ bo‘lgan. Shu darvozadan chiquvchi yo‘l to‘g‘ri Eskibog‘ga eltgan. Namozgohning shimoli-sharqida Amir Jond (Janda) qabristoni tutashib ketadi. Shahobiddin Umar bo‘lib, olti yuz yil oldin yashagan ekan. Shahobiddin Umar Bag‘dodda yashagan bo‘lib, uning piri Abdulqodir G‘iyloniy ekan. Nihoyat, Shahobiddin Umar G‘uzor ga kelib qoladi vash u qabristonga dafn etiladi ».
Shahobiddin Suhravardiy hirqa egasi bo‘lgani bois, u dafn etilgan qariston alloma nomiga bog‘liq holatda, «Mri Janda» , ya’ni «Buyuk hirqa» ekani haqiqatga yaqinroqdir.
Halqimiz orasida buyuk so‘fiy kiygan janda allomaning ilmiy, elchilik safarlari bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra, bu erga kelib qolgani hamda uzoq vaqt, ya’ni yaqin-yaqinlarga qadar masjidda saqlangan bois u saqlangan masjid « Miri Janda» jome masjidi nomini olgani haqida ham bir qator xikoyalar yuradi.
Xulosa.
Mustaqlikka erishganmizdan keyin xalqimizning o’z yurti tili madaniyati qadiriyatlarni tarixini bilishga o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiy hol odamzod borki avlod-ajdodini kimligni nasil nasabini o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq shahar xullaski, vatanining tarixini bilishni istaydi. Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud ya’ni bizning vatanimiz nafaqat sharq balki umumjahon sivilizatsiya beshiklaridan biri bo’lgani butunjahon tan olmoqda . Bu qadimiy va tabarruk tuprog’idan buyuk allomalar, fozilu-fuzallolar, olimu - ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakab suvinshotlari, memoriy inshotlar shu kungacha ko’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan asori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmanchilik madaniyati me’morchilik va shaharsozlik sa’nati yuksak bo’lganidan dalolat beradi.
–Beshavqat sinovlardan omon qolgan tosh yozuvlar bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozmalarda mujassmlashgan tarix adabiyot, san’at xususan me’morchilika oid asarlarimizga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi shuning uchun ham bu borada jahoning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan belasha olishimiz mumkin. Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatniuning tarixi va o’ziga xos urf-odat va an’analari hayotiy qadiriyatlardan ayri tasavur etib bo’lmaydi . Bu borada tabiyki ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan bo’lib xizmat qiladi. Shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o’zligni anglashi qadimiy tarixi va boy madaniyatimizni ulug’ ajdodlarimizning merosin chuqur o’zlashtirishi , bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqeligida ongli qarab , mustaqil fikirlashi va diyorimizdagi barcha o’zgarishlarga dahildorlik tuyg’usi bilan yashashi zarur. Avvalombor shuni aytish joizki olis ota bobolarmizning aql zakovati, qalb ko’ri mahsuli bo’lmish bu noyob yodgorlikning zamon to’fonlardan, qanchadan- qancha og’ir sinovlardan o’tib bizning davrimizgacha yetib kelganing o’zida katta ma’no mujassam. Buyuk merosimiz haqida tariflashda davom etsak o’ylaymanki bu borada uzoq gapirish mumkin. Bizning ozoldimizga qo’gan maqsadimiz esa bunday ulug’ me’morchilik , amaliy san’at durdonalarni mufassal o’rganib uni kelajak avlodga yetkazishimiz darkor. Asrlar bizdan ichkariga uzoqlashgan sari kelajak avlod uchun eski obidalarni asrab – avaylash va saqlash ko’proq ahamiyat kasb etadi. “Milliy madaniyat uning eskisiga nisbatan munosabatini belgilaydi ” degan ibora hozir ham dolzbar masaladir. Arxitektura obidalari bilan bir qatorda shahar hayot tarzini saqlash zarurdir.
019-1 guruh talabasi Jo`rayeva Hikmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |