Botma elektr dvigatel (BED)
BED uch fazali о‘zgaruvchan tokli qisqa tutashtiruvchi rotorli dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. BED haydab chiqariladigan suyuqlikning harorati 80-95 ºC bо‘lgan quduqlarning ishida qо‘llaniladi.
Dvigatel korpusining diametri ishlatish tizmasining ichki diametri bilan chegaralanadi. Kerakli quvvat bilan ta’minlash uchun uning uzunligi 4,2-8,2 m.ga teng bо‘ladi. Ishlab chiqariladigan elektr dvigatellarning quvvati nasoslarning turiga bog‘liq holda 14 kvtdan 125 kvt.gacha, ularning diametri 103mm.dan 123mm.gacha bо‘ladi. BEDlarning rotorini aylanish tezligi 3000 ay/daq yaqin.
Quduqdan suyuqlikning kirib kelishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun, elektr dvigatelning bо‘shlig‘i germetik qilinadi va kam qavushqoqli transformator yog‘i bilan tо‘ldiriladi, ya’ni uning ta’siri hisobiga protektor bosim ta’siri tagida ushlanib turiladi. Bu bosim atrof muhit bosimidan yuqoridir. BEDni qurilmasi 6.1-rasmda kо‘rsatilgan.
Dvigatelning rotori valga yig‘ilgan (2) alohida seksiyadan (1) tuzilgan. Seksiyalarni oralig‘iga oraliqlarora tayanchli tebranish (3) yoki sirpanish podshipniklari о‘rnatiladi, u stator va rotor oralig‘idagi markazdan qochma muvozanatlanmagan kuchlar ta’sirida paydo bо‘ladigan hamda bir tomonlama mangitli tortishuvlarning ta’siridagi valdagi egilishlarning oldini oladi. О‘qli yuklamani (asosan rotorni og‘irligi) yuqoridagi radial tayanch podshipnik (8) qabul qiladi.
Dvigatelning statori navbatlashadigan magnitli (4) va nomagnitli (5) paketlardan tashkil topgan bо‘ladi, magnitli paketlar pо‘lat quvurga (6) yig‘ilgan; dvigatel rotor seksiyasining qarshisiga joylashtiriladi.
6.4-rasm. Botma vintli nasos:
1-ishga qо‘shuvchi mufta; 2 va 5 ekssenrik mufta; 3 va 6 о‘ng va chap halqa; 4 va 7 vintlar; 8-himoyalovchi klapan; 9-quvurlar.
6.3. Vintli elektr nasoslardan foydalanish jarayoni
Vintli elektr nasoslarning (VEN) qurilmasi, elektr dvigateldan gidravlik himoya, nasos kabeli, quduq usti jihozlari va boshqaruv stansiyasidan, avtotransformatordan tashkil topgan.
Vintli elektr nasoslarning (VEN) qurilmasi yuqoridagi tugunlardan iborat bо‘ladi, botma markazdan qochma nasos qurilmasi kabidir. Bunda markazdan qochma nasosni о‘rniga vintli nasosdan foydalaniladi. Botma vintli elektrnasoslarning qurilmalarida (BVENQ) chastotasi 1500ay/daq bо‘lgan tо‘rt qutbli botma elektr dvigatellar qо‘llaniladi.
Botma vintli nasos (6.4-rasm) quyidagi asosiy tugunlar va detallardan tashkil topgan.
Ishga qо‘shuvchi mufta (1) yordamida nasosning vali orqali protektor botma elektr dvigatelning vali bilan biriktiriladi;
Vint aylantirilganda u haydaladigan suyuqlik bilan tо‘ldiriladi, bunda aylantirish davom etganda germetik tutashadi va suyuqlik vint о‘qi bо‘ylab NKQga kiradi. Vint tо‘xtovsiz aylantirilganda vint va halqa oralig‘ida bо‘shliq ochiladi va tutashadi. Vint bilan halqaning umumiy suyuqlikka tо‘ldirilgan chiqish maydonining kо‘ndalang kesim yuzasi о‘zgarmasdan qoladi va oqim doimo tо‘xtovsiz harakatlanadi va vintning aylanish chastotasiga proporsional qoladi. Ishchi vintning ajralib turadigan xususiyati har qanday kо‘ndalang kesim yuzasi, aylanish о‘qiga perpendekulyar, tо‘g‘ri aylana kо‘rinishidadir. Bu aylanalarning markazi vint chizig‘ida yotadi, о‘q esa hamma vintlarni aylanishiga hisoblanadi.
Suyuqlik nasosning qabul qilgichiga filtrli tо‘r orqali vint о‘qi yо‘nalishi bо‘ylab aylanadi, siljimaydi, suyuqlik vintning burtmalarini va halqa bо‘shliqlarini tо‘ldiradi, bitta vintning burtmasidan ikkinchisiga, vintning qadamiga mos holda о‘tib boradi. Bitta aylanishda vint ikki marotaba halqa kamerasini berkitadi, ya’ni о‘zidan aniq 2-porsiya suyuqlikni siqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |