Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 16,05 Mb.
bet14/148
Sana22.12.2022
Hajmi16,05 Mb.
#894064
TuriУчебник
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   148
Bog'liq
DARSLIK NGKMJ (5555)5555

3.3. Favvora quduq usti jihozlari
Berkitish (ochish-yopish) qurilmalariga qulfaklar va kranlar mansub bo’lib, armatura va manifoldlarning kanallarini bekitishda va ochishda xizmat qiladi. Rostlovchi qurilmalarga almashtiriladigan shtutserlar va jo’mraklar o’rnatiladi, ular qatlam suyuqligini va gazning sarfini drossellab o’zgartirish uchun xizmat qiladi.
Favvora armaturasining yoki manifoldning sxemalariga bog’liq archadagi va quvurning boshchasidagi berkitish qurilmalarining soni 10-12 ta, manifoldda esa 15-20 qulfak yoki jo’mraklarni tashkil qilishi mumkin.
Gzlift va haydovchi quduqlarning armaturasida bir xil bo’lgan berkitish qurilmalaridan foydalaniladi.
Berkitish qurilmasi jihozlariga favvora armaturasida qo’llaniladigan qulfaklar va jo’mraklar kiradi, umuman neft va gaz qazib olinadigan hamma texnologik jarayonlarda va operatsiyalarda, quduqlarni burg’ilashda esa ularning ko’rinishi o’zgartirilib qo’llaniladi. Ular ko’pincha otilmaga qarshi jihozlarda, burg’ilash nasoslarining manifoldida, qatlamni gidravlik yorish jihozlarida, kislotali ishlov berishda va hamma yuvuvchi agregatlarda, neftgaz konlarining kommunikatsiyalarida va yig’ish inshootlarida, qatlamlarni ajratishda, qatlam suyuqligini, neft va gazni tashishda, qatlamga suv va gazni haydashda qo’llaniladi.
Bunday berkitish qurilmalarining katta qismi neft va gazni dastlabki qayta ishlash va ularni tashish jihozlarida qo’llaniladi.
Eng murakkab sharoitlarda berkitish qurilmalarini ishlatishga favvora quduqlarining favvora armaturasidan foydalanish kiradi.
Boshqa jihozlar kabi favvora armaturasining bekitish qurilmasi ham qatlam suyuqliklari, gazi yoki kondensatlari bilan doimiy kontaktda bo’lganligi uchun yuqori bosim ta’sirida (70-100 MPa gacha) bo’ladi, o’zi orqali bir necha minglab tonna qatlam suyuqligini yoki millionlab metr kub gazni o’tkazadi, ularning tarkibida emiruvchi muhitli (H2S va CO2), abraziv, kuchli minerallashgan suvlar mavjuddir. Ba’zida qatlam suyuqligining harorati 2000S gacha yetadi. Xuddi shunday sharoitda rostlovchi vositalar va shtutserlar ishlatiladi. Favvora armaturalarining manifoldida ham xuddi shunday sharoitlarda berkitish qurilmalari ishlatiladi.
Bunday muhim sharoitlarda bekitish qurilmalarini ishlatish uning konstruktsiyasi va tayyorlashga qoyiladigan talablardan kelib chiqib aniqlanadi: kerakli bosimni saqlab turish xususiyati va bunda berkitishning germetikligini ta’minlash, suyuqlik yoki gazning oqim bosimini minimal yo’qotib o’tkazish, emiruvchi muhitda va abrazivlikda o’zining ishlash xususiyatini saqlash, yuqori va past haroratlarda tezkor boshqarilishi, minimal metall sig’imdorlikka ega bo’lishdir.
Debitni va bosimni keng oraliqda, suyuqlik va gazning kimyoviy tarkibini, haroratning qator xarakterli hususiyati, berkitish qurilmasini qo’llashni maqsadga muvofiq ekanligini va har xil bosimlarda, sarflarda, kimyoviy nasoslarni haroratga takomillashtirilgan holda bajarilishga olib keldi.
Berkitish qurilmalari muhim murakkab sharoitlarda ishlatilganda ishonchligi nisbatan yuqori bo’lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishiga qaramasdan ularni almashtirishga to’g’ri keladi.
Shuning uchun faqat bekitish qurilmasi emas balkim favvora armaturasining o’zi ham ishdan chiqib qolishini va butun armaturani ish qobiliyatini saqlash, rezervlash yo’li bilan yoki bosim ostida ishlayotgan quduqda berkitish qurilmalarini almashtirish talablaridan kelib chiqib tayrlanadi.
Asosiy berkitish va rostlovchi qurilmalarning tartibli sxemalari zichlashtirish usullaridan farqlanadi (3.1-rasm).
Ponali qulfakning zichlanish samarasi pona-shiberning qulfak kanalining uyasiga qisilib tirkalish kuchining hisobiga ta’minlanadi. Bu turdagi qulfaklarda bir qator jiddiy kamchiliklar mavjud: suyuqlik va gazni oqimini to’g’ri oqmasligi, buralma oqimning paydo bo’lishi, shiber ochiq holda bo’lganda suyuqlik yoki gazning oqimida yuvilib ketish davri va uyalar paydo bo’lishi kam uchraydi. Qulfakning kamchiligi – pona sirti – uyadagi kontaktning germetikligini ta’minlash murakkab, tayorlash ham ta’mirlash ham qiyin bo’lganligi uchun uni ishlab chiqarish keskin qisqargan, lekin talab juda yuqori.
Qulfaklardan tashqari yopish-ochish qurilmalari sifatida har xil formali tiqinga ega bo’lgan kranlardan ham foydalaniladi, silindrsimon, sharsimon, konussimon. Kran suyuqlik yoki gazning to’g’ri oqimli yo’nalishini ta’minlaydi.
Rostlovchi qurilmalar sifatida jo’mraklar va vtulkali almashtiriladigan shtutserlar ham qo’llaniladi. Ko’pincha jo’mraklarning boshqariladigan shtutserlaridan foydalanilganda favvora armaturasida kanalning kesimi yuzasini bir tekisda o’zgartirish mumkin bo’ladi va pog’onasiz boshqarish ta’minlanadi. Vtulkali almashtiriladigan shtutserlar pog’onali rostlashga hisoblangan bo’ladi, bu jarayonni amalga oshirishda har xil diametrdagi kanalli drossellarning detallari to’plamidan foydalaniladi.






Download 16,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish