3.5.
Kollektorlarnnng suv, neft, gazga tg’yinganlngi
(shimilganligi)
Neft va gazga shimilmasdan avval kollektorlar suv bilan
shimilgan holatda bg’ladilar, deb faraz qiladilar. Sg’ngra gaz kelib,
qatlamning eng yuqori qismini egallaydi, neft esa uning pastidagi
joyni egallaydi deyiladi. Demak, gaz va neft ma’lum miqdordagi
suvni siqib chiqarib, o’rnini egallangan bo’ladi. Xuddi shu sababdan
bu jarayonda ma’lum miqdorda suv neftli va gazli qatlamlarda
mavjuddir. Unday suvni qoldiq suvlar deyiladi. Bunday suvlar juda
kichik yoriqlarni va donalarning atrofini g’ragan hamda bir-biriga
tegib turgan qismlarini egallaydi. Demak, molekulyar va bog’langan
suvlar bilan ular qo’shilib ketadi.
Neft va gaz mavjud kollektorning suvga shimilganlik
koeffitsienti (K
s
) deb, qoldiq suv hajmining hamma ochiq g’ovaklar
hajmiga nisbatiga aytiladi. Xuddi shunga g’xshash kollektorning
neftga shimilganligi koeffitsienti deb (K
n
, K
g
), kollektordagi neft
miqdorning undagi ochiq g’ovaklikka nisbati tushuniladi. Bu
tushunchalarni quyidagicha ifodalash mumkin; neftga shimilgan
kollektor uchun:
K
s
– K
n
= 1
Gazga shimilgan kollektor uchun:
K
s
+ K
g
= 1
41
Gazga shimilgan kollektorlarda qoldiq suv bilan birga qoldik
neft ham mavjud bg’lsa, unday holda
K
s
+ K
n
+ K
g
=1
Neft, gaz va qoldiq suvning qatlamda taqsimlanish holatlari
undagi suyuqliklarning harakatiga va neft-gaz suv bilan siqib
chiqarish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir etadi. Undan tashqari tog’
jinslarini tashkil qilgan donachalarning suv bilan g’zaro munosabatini
g’rganish ham ahamiyatga molikdir, chunki ba’zi jinslarni suv
hg’llamaydi, ba’zi donachalarni esa suv atrofini g’rab oladi, demak
uni hg’llaydi. Suv bilan hg’llanishi kam bg’lgan sharoitni gidrofob
sharoit deyiladi, bunday sharoitda qoldiq suvning miqdori 10% dan
oshmaydi, ya’ni K
S
>0,1. Qolgan vaqtlarda donachalar suv bilan
yaxshi qg’llanadi, bu sharoitni gidrofil sharoit deyiladi. Bunda qoldiq
suvning miqdori 0,1 dan yuqori bg’ladi. Gidrofob sharoitidan neftni
suv bilan siqib chiqarish gidrofil sharoitiga nisbatan qiyin kechadi,
chunki ma’lum bir mikdor suv donachalarni yuvish g’rniga ularning
tanasiga yopishishga majbur bg’ladi va siqib chiqarish jarayonining
kuchi kesiladi.
Qoldiq suvning mikdorini aniqlash avvalo neft va gaz
zahiralarini hisoblash uchun zarurdir. Neft va gaz bilan shimilganlik
darajasini namuna orqali aniqlaganimizda anchagina noaniqliklarga
yg’l qg’yishimiz mumkin. Qatlam sharoitidaga neftga shimilganlik
namunaning neftga shimilganlik darajasidan farq qilishi turgan gap,
chunki namuna olinayotgan vaqtida undaga neftning bir qismini
burg’ulash eritmasi yuvib yuborgan hamda undagi neft tarkibidan
ajralib chiqqan gaz ham bir muncha neftni siqib chiqargan bg’ladi.
SHu sababdan neftga shimilganlik darajasi kg’rsatkichini suvga
shimilganlik darajasi kg’rsatkichini suvga shimilganlik darajasi orqali
aniqlash haqiqatga yaqin bg’ladi. Bunda quyidagicha ish qilinadi:
K
g
= 1 - K
s
qoldiq suv mikdorini aniqlash turli usullar bilan bajariladi.
Namunadagi neftni Din va Stark yoki S.L.Zaks asbobi orqali haydab
42
chiqarish usuli keng tarqalgan. Bunda namunani neftni erituvchi
suyuqlik qaynab turgan sharoitda ushlanadi va uning bag’ridagi suv
qaynab bug’ sifatida kg’tarilib, maxsus sovutkichda suvga
aylantiriladi.
Namunadagi suvni tsentrafuga usulida osongina bajarish
mumkin.
Bu jarayonda avvalo suv yirik g’ovaklardan chiqib keladi va
aylantirish tezligini oshirishimiz natijasida, kapilyar g’ovaklardan ham
chiqib kela boshlaydi. SHu jarayonni kapillyar bosim bilan
bog’liqligini, ya’ni suvning ajralib chiqishini namunadagi kapillyar
bosimga munosabati orqali aniqlash mumkin.
Kapillyar bosim quyidagicha aniqlanadi.
R =
2
(x
2
2
–x
1
2
) / 2,
bu erda
- suvning zichligi;
2
- tsentrafuga rotorining burchak tezlanishi;
x
2
-x
1
- aylanish markazidan suv chiqadigan kapillyar
g’rtasigacha bg’lgan masofa.
Neftga shimilganlik koeffitsientini geofizik usullar bilan ham
aniqlash mumkin. Bunda asosan solishtirma elektrik qarshilik
kg’rsatkichining neft bilan shimilgan jins va mutlaqo suv bilan
shimilgan namunalardagi farqi orqali aniqlanadi.
Birinchi kg’rsatkichning ikkinchisiga nisbati shu koeffitsienti
beradi. Bu quyidagi kg’rinishda ifodalanadi:
R
p
=1/K
e
,
R
p
- neftga shimilganlik kg’rsatkichi;
K
e
- suvga shimilganlik koeffitsienti;
p - neft, suvning va jinsning litologik xususiyatiga bog’liq
bg’lgan daraja, uning mikdori 1,73 - 4,33 orasida bg’lib, aksariyat 2
qabul qilinadi.
Turli yg’llar bilan topilgan neft va gazga shimilganlik
koeffitsienti g’zaro taqqoslanadi va ma’lum miqdor qabul qilinadi.
43
Aksariyat kollektordagi suv mikdori bir necha foizdan to 35-
55% gacha borishi mumkin, lekin kg’pincha uning miqdori 20-30%
ni
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |