Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 Tog` jinslarining turliligini o’rganish



Download 2,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/74
Sana29.08.2021
Hajmi2,27 Mb.
#159395
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
neft va gaz qatlami fizikasi

1.11. Tog` jinslarining turliligini o’rganish 
 
Tog`  jinslari,  shu  jumladan  neft  va  gaz  yig`ilishi  mumkin  bo’lgan 
kollektorlar  donadorligi,  g`ovakliligi,  tik  va  yotiq  yoriqlar,  darzliklari, 
o’tkazuvchanligi  va  boshqa  shu  kabi  omillarga  qarab,  turlilik  yoki  har  xillik 
xususiyatiga ega. Donadorligi bo’yicha turliligi 1.2 - paragrafda tushuntirilgan 
edi. Endi boshqa asosiy omillar bo’yicha tog` jinsining turliligi bilan tanishib 
chiqaylik. 
Turlilikni  xarakterlovchi  asosiy  omillardan  biri  o’tkazuvchanlikdir. 
O’tkazuvchanlik  tog`  jinslarining  yotiq  va  tik  yo’nalishlarida  har  xil  bo’ladi, 


chunki  uzoq  geologik  davrlarda  hosil  bo’lgan  yotqiziqlar  yotiq  yo’nalishda 
yuqoriroq  o’tkazuvchanlikka  ega  bo’lib,  tik  yo’nalishdagi  o’tkazuvchanligi 
pastroq  bo’ladi.  Yotiq  yo’nalishdagi  o’tkazuvchanlikka  bo’lgan  nisbati  tog` 
jinsining turlilik koeffitsienti bo’ladi. Ya'ni: 
 
             
 
К т
Кт
ё
                                 (1.49)     
 
Bu yerda: 

 - tog` jinsining o’tkazuvchanlik bo’yicha turlilik  
                        koeffitsienti; 
            K
yoт
 - yotiq yo’nalishdagi o’tkazuvchanlik; 
            K
т
 - tik yo’nalishdagi o’tkazuvchanlik; 
Ba'zan  bu  koeffitsientni  tog`  jinsining  anizotropik
*)
  koeffitsienti  deb 
ham yuritiladi. 
O’tkazuvchanlikning qatlam ichida va qatlamlararo o’zgarishini statistik 
tahlil  asosida  o’rganish  ham  keng  qo’llaniladi.  Statistik  qonuniyatlar  asosida 
o’tkazuvchanlikning  qiymatlari  oddiy,  oddiy  -  logarifmik,  gamma  -  tarqalish, 
Maksvell  tarqalishi,  M.M.Sattarov  tarqalishi,  B.T.Baishev  tarqalishi  kabi 
tarqalishlar  bilan  harakterlanishi  mumkinligi  aniqlandi.  Bu  tarqalishlar 
ehtimollik  nazariyasiga  va  statistik  qonuniyatlarga  asoslangan  bo’lib, 
o’tkazuvchanlikning  qatlam  yuzasi  va  kesmi  bo’ylab  qay  tarzda  o’zgarishini 
harakterlaydi.      
 
Yuqorida  aytib  o’tgan  koeffitsientlarimizdan  tashqari,  neft  -  gaz 
konchilik  geologiyasida  qatlamlarning  turliligini  harakterlovchi  yana  uchta 
koeffitsient kiritilgan. Bo’lar kollektorlarning tarqalganlik, maydalanganlik va  
qumdorlik  koeffitsientlaridir.  Bu  ko’rsat-kichlar  qatlamning  asosiy 
xossalarining  o’zgarish  darajasi  va  ishlatish  masalalarini  yechishda  keng 
qo’llaniladi.  Ayniqsa,  tog`  jinslarining  qat  -  qatligini,  maydon  bo’yicha 
xossalarining  o’zgarishini,  yuza  va  kesim  bo’yicha  nomo’tanosibligini 
o’rganishda bu koeffitsientlar juda qo’l keladi. 
Kollektorlarning  tarqalganlik  koeffitsienti  deb,  kollektorlar  tarqalgan 
umumiy maydonni  neft va gaz umumiy maydoniga bo’lgan nisbatiga aytiladi. 
Ya'ni: 
                 
Кт
Sум Sнк
Sум
Sкол
Sум



                    (1.50) 
 
 Bu yerda: K
т
 - kollektorlarning tarqalganlik koeffitsienti; 


S
uм 
- neft uyumining umumiy maydoni; 
S
nk
 - nokollektorlarning umumiy maydoni; 
S
kол 
- kollektorlarning umumiy maydoni.  
Kollektorlarning tarqalganlik koeffitsientini yaqqolroq tushunish uchun 
1.14 - rasmga murojaat qilaylik. 
1.14 - rasmda neft uyumining umumiy maydoni g` bo’lsin. Shu umumiy 
maydonda  beshta  kichik  -  kichik  maydonchalarda  nokollektorlar,  ya'ni 
kollektor  bo’lmagan  tog`  jinslari  mavjudligi  aniqlangan  bo’lib,  ularning 
umumiy maydoni 
S
nk
=S
1
+S
2
+...+S
5
 ga teng bo’ladi.  
____________ 
*)
  anizotropiya  -  jismning  xossalarini  har  xil  yo’nalishda  turlicha 
bo’lishini bildiradigan atama. 
 
U  holda  kollektorlarning  tarqalganlik  koeffitsienti  quyidagicha 
ifodalanadi; 
 
 
Кт
Sум S
S
S
Sум
Sум Sнк
Sум



 


1
2
5
...
 
 
 
1.14 - rasm. Kollektorlarning tarqalganlik 
koeffitsientiga doir tasvir. 
 
- nokollektorlar;                                     - kollektorlar. 
 


Kollektorlarning  maydalanganlik  koeffitsienti  deb,  neft  (yoki  gaz) 
uyumiga burg`ilangan quduqlarda qirqib o’tilgan neftli qatlamlarning umumiy 
sonini burg`ilangan quduqlarning umumiy soniga nisbatiga aytiladi. Ya'ni:  
                   
К
mi
i
n
N
 

1
                          (1.51) 
Bu yerda: 
K
м
 - kollektorlarning maydalanganlik koeffitsienti;             
           m
i
 - quduq qirqib o’tgan i - qatlamcha;  
           N - konda burg`ilangan quduqlarning umumiy soni. 
1.15  -  rasmda  kollektorlarning  maydalanganlik  koeffitsientini 
tushinishga doir tasvir berilgan. Bu rasmda neft konidagi bir katta qatlamning 
kesimi berilgan bo’lib, bu qatlamda beshta quduq qazilgan bo’lsin. Endi har bir 
quduqning  katta  qatlamda  kollektor  bo’lgan  qancha  mayda  qatlamchalardan 
o’tganligini sanab ko’ramiz: 
1 - quduqda 1 ta kollektor qatlamchasi bor; 
2 - quduqda 4 ta; 3 - quduqda 4 ta; 4 - quduqda 4 ta;  
5 - quduqda 2 ta kollektor qatlamchalari bor ekan. 
Umumiy  5  ta  quduqda  qirqib  o’tilgan  mayda  qatlamchalar  soni  15  ta 
ekan. 
 
 
 
 
   
1.15 - rasm. Kollektorlarning maydalanganlik 
koeffitsientiga doir tasvir: 
 
- nokollektorlar;                                           - kollektorlar; 
 
Demak,  bu  katta  qatlam  uchun  kollektorning  maydalanganlik 
koeffitsienti 


Км

   

1 4 4 2 4
5
3 0
,
 
ga teng ekan. 
Kollektorlarning  qumdorlik  koeffitsienti  deb,  qatlamning  neft  bilan 
to’yingan  samarali  qatlami  qalinligini  (yoki  balandligini)  qatlamning  umumiy 
qalinligiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. 
Ya'ni:
 
                                    
Кк
hc
H

                          (1.52) 
Bu yerda:
 K
K
 - kollektorlarning qumdorlik koeffitsienti; 
            h
c
 - samarali qatlam qalinligi; 
     H - qatlamning umumiy qalinligi. 
Kollektorlarning qumdorlik koeffitsientini tushunish uchun yana 1.15  - 
rasmga murojaat etamiz. Rasmda keltirilgan qatlamning umumiy qalinligi 50 m 
bo’lsin. Har bir samarali qatlamchaning qalinligi o’rta hisobda 5 m dan bo’lsin. 
U  holda  3  -  quduq  misolida  samarali  qatlamchalarning  umumiy  qalinligi 
4х5=20 m bo’lar ekan. Demak, bu qatlamning qumdorlik koeffitsienti 
Кк


20
30
0 4
,
 
ga teng ekan.
 
 
 

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish