Абу наср форобийнинг таълимий-ахлокий карашлари абу наср форобий


SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati



Download 143,5 Kb.
bet6/7
Sana21.06.2022
Hajmi143,5 Kb.
#688181
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn sinolarning ta\'lim tarbiyaga oid qarashlari

SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati.
SHarq allomalari va mutafakkirlari yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tengi yo‘q fikr, g‘oyalarni ilgari surganlar, ta‘limotlar yaratganlar. Ilmiy merosni sinchkovlik bilan o‘rganish, tahlil qilish, tizimlashtirish hamda jahon fanining mazkur sohadagi yutuqlari bilan taqqoslash o‘zligimizni anglash imkonini kengaytirib, xalqimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tiborini yanada oshiradi. Milliy pedagogikamiz tarixini, ayniqsa, yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ajdodlarimizning asrlar davomida to‘plagan tajribalarini o‘rganish esa kasbga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Manbalarda bayon qilinishicha, azal-azaldan farzandlarini kasb-hunarga yo‘naltirishga, ularning ilm-fan, ma‘rifat sirlarini egallashiga ajdodlarimiz katta e‘tibor berishgan. Mehnat, mehnat tarbiyasi, ustoz-shogird an‘anasi, kasb-hunarning mohiyati, kasb-hunarni egallashning jamiyat va yosh avlod uchun ahamiyati, kasb-hunarlarning kishiga qo‘yadigan talablari kabi masalalar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir
Temur, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug‘ bobokalonlarimizning tarixiy merosidan joy olgan.
―Avesto‖da ham bolalar yoshligidan daraxt ko‘chati o‘tqazish, uy-ro‘zg‘or qurollarini tayyorlash kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari kerakligi haqida ko‘plab satrlar mavjud.
Imom Buxoriy to‘plagan hadislar kitobi – ―Al jome-as sahih‖da ham yoshlar kelajagi uchun muhim kasb-hunarni o‘rganish, mehnat qilish va uning afzalligi to‘g‘risida ko‘plab hadislar keltirilgan. Etiborlisi shundaki, mazkur to‘plamda
―To‘quvchi haqida‖, ―Temirchi haqida‖, ―Tikuvchi haqida‖, ―Savdo ishlari haqida‖ boblar mavjud bo‘lib, ularning kasbiy odobi bilan bog‘liq masalalar ham o‘zaksini topgan. Bular ona diyorimizda yosh avlodni kasbga yo‘naltirish ishini olib borishda muhim manba bo‘lgan.
―Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan.
Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan‖12.
O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
Ayniqsa, ajdodlarimiz tomonidan toshlarni parmalab teshish, arralash va kesishda zarur bo‘lgan oddiy parmalash dastgohi hamda burg‘uning kashf qilinishi o‘sha davr uchun o‘ziga xos mo‘‘jiza sanalgan. Yuqorida bayon qilinganlar yurtimizda metallurgiya, konchilik sohalari bilan birga, hunarmandchilikning naqadar keng tarmoq otganidan dalolat beradi.
Abu Rayhon Beruniy ta‘lim va tarbiyani amalga oshirishda bolaning moyilligi, qobiliyatini hisobga olish zarurligining tub mohiyatini pedagogika-psixologiya fanlari tarixida ilk bor ko‘rsatib bergan.
Tarixiy manbalardan ma‘lumki, hunar egallash ko‘lami rivojlanishi yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan. Natijadaxalqimizning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, 32 xil hunar turi mavjud bo‘lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. Sohibqiron Amir Temur ham Samarqandni o‘z saltanatining poytaxti etib tanlashida yuqorida ko‘rsatilgan qoidaga amal qilganini alohida ta‘kidlash joiz.
Ilk uyg‘onish (Renessans) davri fani va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan donishmand Yusuf Xos Hojib ―Qutadg‘u bilig‖ asarida har bir kishi ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi sifatida hunar o‘rganmog‘i, o‘z hunari bilan xalqiga, Vataniga xizmat qilishi zarurligini uqtiradi. Darhaqiqat, hunar o‘rganishga va mehnat qilishga intilish har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj bo‘lmog‘i kerak. SHu bois ulug‘ mutafakkir o‘z bolalarini foydali mehnatga o‘rgatmasdan ortiqcha erkalatib, bu bilan ularning kelgusida noloyiq xatti-harakatlar qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdor bo‘ladigan ota-onalarni qattiq qoralab, ―Kimning o‘g‘li yoki qizi taltaytirib yuborilgan bo‘lsa, buning uchun u oxiri qattiq yig‘laydi‖, deb ta‘kidlaydi.
―Mahmud Qoshg‘ariy ―Devoni lug‘atit turk‖ asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir‖, deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e‘zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi‖13.
Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, gilam to‘qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. SHu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l ko‘yilmagan.
Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta etibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga talim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, jiddiy o‘ylab mehnat turini tanlash to‘g‘risidagi pand va nasihatlarini ko‘rish mumkin. CHunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, ―Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan‖14, deydi.
―Farhod va SHirin‖ dostonida pahlavon Farhodning ilm-hunarga qiziqishini targ‘ib etadi hamda Farhodni bir necha kasblar egasi, ya‘ni sangtaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi hunarlarni mukammal egallab olgan kishi sifatida ulug‘laydi. Ilm va hunarni egallagan, jismoniy jihatdan chiniqqan mehnatsevar Farhod kamtarin, mazlumlarga g‘amxo‘r, odil, mard va olijanob bo‘lib yetishadi.
Bu kabi misollar nafaqat adabiyot darsida, balki kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta‘limi ustasi mashg‘ulotlarida ham keltirilsa, o‘quvchilarning bir necha hunarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi.
Buyuk ajdodlarimiz badan tarbiyasi, jismoniy mashqlar va sport, milliy harakatli o‘yinlarning yosh avlodning asosli kasb tanlashiga ijobiy tasirini boshqa millatlardan ancha oldin fahmlab olgani, undan oqilona foydalangani ibratlidir. Davlat va fuqarolik ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda odamlarning psixologik, fiziologik imkoniyatlarini hisobgaolib ish ko‘rganliklari, shubhasiz, har birimizda hayrat, zavq va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashiga alohida e‘tibor 6ilan qarashgan. Bolani hunarga yo‘llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o‘rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.
Xullas, bu kabi misollar ajdodlarimizning kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo‘shganidan dalolat beradi. Umumta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.
Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga tariximizdan ko‘p misollar keltirish mumkin. Al Farobiyning ―Fozil odamlar shahri‖ Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilik‖, Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asari, Ahmad Yugnakiyning ―Hibatul haqoyiq‖, Sa‘diyning ―Guliston‖, Jomiyning ―Bahoriston‖, Alisher Navoiyning ―Mahbub-ulqulub‖, Davoniyning ―Axloqi Jaloliy‖ kabi asarlarida sog‘lom va barkamol insonni shakllantirish mazmuni, yo‘llari, shakllari hamda usullari yoritiladi. SHunday asarlardan biri Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asaridir. Ming yilga yaqin davrlardan beri xalqni ayniqsa yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanma bo‘lib kelayotgan ―Qobusnoma‖ asari hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma‘naviy kamolotga yetkazishda muhim o‘rin kasb etmoqda. XII asrning 82-83 yillarida
G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab ―Nasihatnoma‖ sini yaratdi va uni bobosi podshoh SHamsul maoniy Qobus sharafiga ―Qobusnoma‖ deb ataydi. Bu asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima qilingan. 1860 yilda ―Qobusnoma‖ asari birinchi marta buyuk o‘zbek shoiri va mutaffakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar kechayotgan hozirgi kunlarda talabalarning milliyma‘naviy merosimiz asosida ma‘naviy rivojlantirish masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqdi.
Chunki, yoshlarning ma‘naviy tarbiyasida Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi olimlari merosidan foydalanish yanada samarali bo‘lishiga olib keldi. Haqiqatdan ham bu ma‘naviy merosimiz turli pedagogik muammolarni hal etishda, eng muhimi, ma‘naviy barkamol insonni rivojlantirish va bu bilan pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ulkan imkoniyatlarga egadir.
Barkamol avlod sifatlarini shakllantirish tizimi O‘zbekiston tarixi, falsafa, etika, metodika fanlari bilan o‘zaro aloqada o‘qitish jarayonida amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Bu borada pedagogika kursini o‘qitishning turli xil yo‘llari, usul va vositalari ayniqsa katta imkoniyatlarga ega.
Talabalarni IX-XV asrlarda yashab ijod etgan mutafakkirlar hayoti, ilmiy faoliyati, yoshlarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasiga oid fikr va g‘oyalari bilan tanishtirish natijasida ular ongi va xulqida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Tadqiqot jarayonida talabalar qanday yashash, o‘qish va ishlash kerakligiga namuna, o‘rnak bo‘la oladigan allomalarning ilg‘or fikr va g‘oyalari bilan tanishtirish imkoniyatlari ochib berildi; ular ongi mutafakkirlar turli ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarda qanday faoliyat ko‘rsatganligi haqidagi bilimlar bilan boyitildi; talabalarning ma‘naviy sifatlarni tarbiyalash haqidagi tushuncha va tasavvurlari kengaytirildi; Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi mutafakkirlarining ta‘lim-tarbiya masalalarini talqin qilishda uning ustuvorligiga ishontirildi va isbotlandi; kasbiy va ma‘naviy sifatlarini tarkib toptirish uchun tinimsiz mehnat hamda shaxsiy sifatlarini takomillashtirib borish zaruriyati tushuntirildi. Talabalarda o‘zining buyuk yurtdoshlari, dunyo ilm-fani, jumladan
Ma‘naviyat asoslari fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar bilan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ldi; Vatanga muhabbat, uning tarixi, an‘analari, xalq pedagogikasi xazinasiga qiziqishi orttirildi; xalqimizning buyuk allomalari merosini mustaqil ravishda yanada chuqurroq o‘rganishga ishonch hosil qilindi.
Beruniy insonning ma`naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo`ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida «qizil ip» bo`lib o`tganidek, shu an`anaga muvofiq Beruniyda ham axloqiy tushunchalar axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir.
Beruniy saxovat (o`zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik), muruvvat (odamlarga xayrixoh bo`lish, halollik va haqgo`ylik, o`z mehnati bilan kun ko`rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko`rsatuvchi xislatlar deb biladi.
Insonning axloqiy kamolga yetishi muammosi butun ta`lim-tarbiya tizimida markaziy masala bo`lib kelgan.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka yetishga to`sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg`onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkaburlik kabi nuqsonlarni qorlaydi, boylikka ruju quyish va ta`magirlik, g`azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi.
Yuqorida nomi tilga olingan, Ibn Sinoning buyuk olim bo‘lib yetishishiga ma‘lum
rol o‘ynagan jahon olimlaridan tashqari u Aristotel, Abu Nasr Forobiy asarlarini o‘qidi.
U 10 yoshligida muqaddas Qur‘onni yod olgan, adabiyot, til, husnixat, notiqlik san‘ati, sheriyat ilimlarini puxta egallagan.
Maxmud Massoh rahbarligada hind hisobini, Ismoil az-Zahidiy qo‘l ostida fikh ilmini, Abu Abdulloh Notimiyda matiq, geometriya, astronomiya, falsafa ilmlarini o‘rgandi. Uning tibbiyot sohasidagi ustozi ham ana shu olim edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. Download 143,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish