Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li
Abu Nasr Farobiy orta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targibotchisidir. U Sirdaryo boyidagi Otror (Forob) shahrida 873 yilda tugilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida oqidi, song xalifligining markazi Bagdod shahriga borib, u yerda kop yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni organishbilan shugullandi. Umrining songgi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U oz davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U Aql haqidagi risola Falsafadan oldin nimani organish kerak, Falsafa manbalari, Masalalar manbalari kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
Yaqin va Orta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qoshgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, yani Arastuning va umuman qadimgi grek mantigini keng tinglovchilar organishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bolgan. Mantiq tarixchilarining takidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantigiga ozgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada kotarilishiga erishdi.
Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «Sher» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin.
Forobiy ozining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi, vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonunqoidalari, usul hamda amallari haqida keng malumotlar bergan.
Jumladan, mantiq fanining predmeti va tushunchasining etimologiyasi haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat qiladi. Uning fikricha, greklar mantiqni uch manoda:
fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida;
inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yol
korsatuvchi soz sifatida;
olamni bilish uchun insonga inom etilgan ichki ruhiy kuch sifatida
tushunishgan.
Mazkur tariflarni toldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan qonun-qoidalar asosida insonning fikrlash intellektini yonaltiruvchi va takomillashtiruvchi fan» deb tarif beradi. Ushbu tarifni yanada aniqlashtirsak, Forobiy asarlarida mantiq fanlarning fani sifatida tafakkurning qonun-qoidalarini organuvchi bosh fan, hatto sanat deb baholanadi. Faqat tafakkur qonunlarigina bizga chin haqiqatni ochib bera oladi. Forobiyning takidlashicha, ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon yolgonligini yoki qachon xatoga yol qoyganligimizni bila olmaymiz. Qolaversa, haqiqat zaminida yotgan qarama-qarshiliklar va ularning yechimlarini topa olmaymiz
Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shakllari juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm, uning paydo bolish asoslari, figura va moduslari kop organilgan.
Forobiyning tariflashicha, tushuncha universal tabiatga ega, hissiy idrok qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari, Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va amallari, turlari hamda ularning ortasidagi munosabat masalalari ham keng orin olgan.
Forobiy oz mantigida sillogizmlar talimotiga katta etibor beradi.
Sillogizm ikki va undan ortiq ozaro boglangan asoslardan mantiqan kelib chiquvchi xulosaning oziga xos turi sifatida tariflanadi. Forobiy falsafa, dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik sanat turlarini alohida ajratib korsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni katta asos, kichik asos va natija kabilarga boladi.
Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga yani katta, kichik va orta
terminlarga boladi hamda har biriga alohida tarif beradi.
Forobiyning mantigi haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning xizmati Arastuning mantigi bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga muvaffaq bolganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom olgan yangi yonalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi.
Farobiyning talim- tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik goylari alohida orin tutadi. Uning oqtirishicha, insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa yetuk jamoa bola olishi mumkin. Komil insonni yaratish, uni baxt-saodatga eltish har qanday davlat jamoa boshligining vazifasi bolishi darkor.
Farobiyning takidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi lozim. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni- bilimli bolishga, togrilik va haqiqatni sevishga, jasur, dostlarga sadoqatli bolish singari fazilatlarni egallashga intilmogI lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bolish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bolishi kerak.
Farobiy insonga xos hamda uning manaviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini talim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi.
Farobiy insonni dunyo tarqqiyotining eng mukammal va etuk yakuni deb biladi. Shunga kora u oz asarlarida insonga tarbiya va talim berish zarurligini aytadi va bunda talim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy orinni egallashini qayd qiladi.
Talim-tarbiya tabiat hodisalaridan foydalanish va bu yolda boshqa kishilar bilan togri munosabatda bolib, jamiyatning ichki tartib qoidalarini togri organib, uning talablariga javob bera oladigan insonni kamol toptirish zarurligini takidlaydi.
Farobiy insonning manaviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va axloqiga (xulq-atvoriga) etibor beradi. Shuning uchun talim-tarbiya, uning fikricha insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmogI lozim. Demak, talim-tarbiyaning birdan bir vazifasi- jamiyat talablariga tola-tokis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. Ideal shahar aholi ilmining fikrlari hamda Baxt-saodatga erishuv haqida nomli risolalarida olimning bu fikrlari aniq ifodalangan.
Olimning oqtirishicha kimki eng gozal va foydali kashf etish fazilatiga ega bolsa, kashf etgan narsasi chindan ham ozining va boshqalarning istagiga muvofiq bolsa u xayrli va nafli boladi.
Olim talim faqat soz va organish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bolgan ish-harakat, kasb-hunarga organishdan iborat deb hisoblaydi.
Demak, Farobiy talim va tarbiya berishni bir-biridan farq qiladi. Tarbiya esa amaliy faoliyatida namoyon boladi, yoshlarga u malum ish-harakat, kasb-hunar, odob orqali singdiriladi.
Talim-tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat-odat,malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi.
Farobiy talim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki talim oluvchi shaxsga yakka holda yondashuvni uning tabiiy ruhiy va jismoniy xislatlarini nazarga olish zarurligini takidlaydi. U bu haqda shunday yozadi:Bu barcha tabiiy xislatlarni, ularni oily kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin bolgan darajaga kotarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muhtojdir
Insonlar turli ilm, hunar, faoliyatiga mos yilligi va qobilyatligi bilan tabiatan farq qiladilar, teng tabiiy xislatlarga ega bolgan odamlar esa oz tarbiyasi (malakalari) bilan tafovut qiladi.
Tarbiyasi jihatdan teng bolganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi bilan bir-birlaridan farq qiladilar.
Tarbiya jarayoni, Farobiyning fikricha tajribali pedagog, oqituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va malum maqsadlarga yonaltirilishi lozim, chunki, har biro dam ham baxtini va narsa hodisalarini ozicha bila olmaydi. Unga buning uchun oqituvchi lozim
Farobiy talim-tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: Amaliy fazilatlar va amaliy sanatlar (kasb hunar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yol bilan hosil qilinadi: birinchi yol qanoatbaxsh sozlar, chorlovchi, ilhomlashtiruvchi sozlar yordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi gayrat, kasb intilish harakatga aylantiriladi )
Ikkinchi yol (yoki ikkinchi usul)- majbur etish yoplidir. Bu usulga gapga komovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlariga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular oz istaklaricha, soz bilan gayratga kiradiganlardan emasdir. Ammo ulardan qaysi biriki, nazariy bilimlarni organishga astoyidil kirishsa hamda faoliyati yaxshi bolib, kasb-hunarlarini va juziy sanatlarini egallashga intilishi bolsa, bunday odamlarni majbur etmaslik lozim, chunki maqsad ularni fazilat egasi qilish kasb hunar axillarga aylantirishdir
Tarbiya berish usul;I, Farobiyning fikricha, ikki turli boladi Avvalgi usul-sanatni oz ragbatlari bilan organuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bolib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usullarida foydalanadi.
Farobiy bilimdon, marifatli, yetuk odamlarning obrazini tasvirlab ekan, bunday deydi:
Har kimki ilm- hikmatni organaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sogligi haqida qaygursin, yaxshi axloq va odobli bolsin, sozning udasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bolsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bolsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va axilli ilmdan mol-dunyoni ayamasin, barcha mavjud, moddiy narsalar togrisida bilimga ega bolsin
Bu fikrlardan Farobiyning talim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy- axloqiy tarbiyaga aloxida etibor berganligi korinib turibdi uning etiqodicha, bilim, marifat, holda kutilgan maqsadga erishilmaydi va bola ham yetuk bolib yetishmaydi. Olim daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bolganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanishini aytadi.
Umuman, Farobiy oz davridagi yoshlarning talim olishlari bilim egallashlari, hunar organishlari, faoliyat korsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildirgan. Bu fikrlar hozirda ham talim-tarbiyaga goyat muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |