Abu Mansur al-Qumriy Ibn Sinoga tibdan ta’lim bergan buyuk alloma



Download 18,71 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi18,71 Kb.
#732086
Bog'liq
Abu Mansur al


“Abu Mansur al-Qumriy – Ibn Sinoga tibdan ta’lim bergan buyuk alloma”.
Sharqning buyuk hakimlaridan biri hisoblangan Abu Mansur al-Hasan ibn Nux Qumriy X asr boshlarida Movarounnahrning qadimiy shaharlaridan biri boʻlmish Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Taxminan 980-999-yillar atrofida vafot etgan va Buxoroga dafn etilgan. Ba’zi manbalarda uning ismi “al-Qamari1” deb tilga olinadi. Al-Qumriy oʻz avlodining yetuk insoni boʻlib, Somoniylar davrida saroy tabibi boʻlib ishlagan va oʻz davrining hukmdorlari e’tiboriga sazovor boʻlgan. Shayx va imom Shamsiddin Abad al-Hamid ibn Iso Xusroshohning aytishicha Ibn Sino bu insonni juda qarigan chogʻlarida uchratgan. Uning maslahat va darslarida qatnashib tibbiy bilimlaridan bahramand boʻlgan2.
Al-Qumriy tomonidan tibbiyotga oid 8 ta asar yozgan boʻlib, ulardan ikkitasigina bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ular – “Kitab al-gina va-l-muna”(“Mukammal va qimmatli kitob”) asari inson tanasidagi barcha organlarni davolashga bagʻishlangan. Ushbu asar al-Qumriy yashagan davrigacha yaratilgan eng buyuk asarlardan biri boʻlib, Buxoroda yozilgan. Asarda 30 dan ortiq tibbiyot mualliflari, zamondoshlari, izdoshlari qoldirgan ma’lumotlar mavjud. Ushbu kitob juda mashhur boʻlganligini 40 ga yaqin qoʻlyozma nusxalarini Osiyo, Afrika va Yevropa kutubxona omborxonalarida saqlanib kelinayotganini koʻrishimiz mumkin.
Allomaning bizgacha yetib kelgan ikkinchi asari – “Kitab at-tanvir fi-l-istilaxat at-tibbiya” (“Tibbiyot atamalarining yuzaga keelishi haqidagi kitob”) oʻz ichiga 350 dan ziyod meditsinaga oid atamalarning izohli lugʻatidir. Bu asar Ibn Sino davri tibbiyot terminologiyasini oʻrganish uchun katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, oʻsha davrdagi turli xil parhez taomlar, ichimliklar va tibbiy asboblarning tavsiflari qiziqarli. Bunday soʻzlarning talqini oddiy lugʻatlarda ham, tibbiy yozuvlarda ham uchramaydi. XVI asrda Ismoil ibn Yusuf (Bobur oilasidan boʻlgan tabib) Qumriy lugʻatini fors tiliga tarjima qilgan. Hozirgacha 20 dan ziyod qoʻlyozma nusxalari mavjud.
Qumriyning ilmiy meroslaridan bizgacha faqat ikkitasi yetib kelganligiga qaramay, ular ilm-fan tarixida juda katta ahamiyatga ega.

1 https://wiki.ru

2 Htpps://arboblar.uz

Download 18,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish