Kolit
) kasalligiga chalindi.
Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga qaramay, u bilan birga
Buxoroda Ibn Sino xaykali,
Oʻzbekiston
Ibn Sino portretiga bilan 20
Tojikiston
Somoniy
safarga chiqadi. Yoʻlda dardi qoʻzgʻab olimning tamomila madori quriydi va oqibatda u shu
darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga 1952-yilda
maqbara ishlangan (meʼmori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga bagʻishlangan muzey xonalarini ham
oʻz ichiga oladi.
Zamondoshlari Ibn Sinoni „Shayx ar-Rais“ („donishmandlar sardori, allomalar raisi“); „Sharaf al-
mulk“ („Oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi“), „Hujjat al-haqq“ („Rostlikka dalil“); „Hakim al-vazir“
(„Donishmand, tadbirkor vazir“) deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida
tan olingan, chunki u oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va
ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan
arab tilida, baʼzilari (sheʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning
450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan.
Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari mantiq, psixologiya,
tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka
bagʻishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas.
Ibn Sinoning koʻproq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning koʻpgina tillariga tarjima etilib, asrlar
davomida qayta qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa koʻp asarlari hali
qoʻlyozma holida oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.
Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy
sohalarga boʻlish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino
asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va eʼtibori koʻproq falsafa va tibga
qaratilganini koʻramiz. Garchi, uni „Avitsenna“ sifatida Gʻarbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi,
xususan, „Tib qonunlari“ boʻlsada, „Shayh ar-Rais“ nomi, avvalambor, uning buyuk faylasufligiga
ishoradir.
Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari „Kitob ash-shifo“dir. U 4 qismdan iborat: 1)
mantiq — 9 qismga boʻlingan:
almadhal — mantiqqa kirish;
al-maqulot — turlari;
al-iborat — interpretatsiya;
al-qiyos — sillogizm;
al-burhon — isbot, dalil;
al-jadal — tortishuv, dialektika;
as-safsata — sofistika;
alxitoba — ritorika;
ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);
2) tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida alohida
boʻlimlarda gapiriladi; 3) riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya),
astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy,
ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan shakli
boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari
yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va tanbihlar“), „Hikmat almashriqiyn“ („Sharqchilar
falsafasi“), „Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida
yozilgan „Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda „Tayr
qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy mazmunli
badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy
asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud
narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaruriyat,
imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda
mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi
mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida
mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va
oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni
quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida
mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi
substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari
mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya
ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech
qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv,
tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil
topadi. Murakkab narsalar shaklan oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur
yoʻqolmaydi, abadiy saklanadi. Ibn Sino fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va
taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq
qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina
xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va
tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsa hodisalarning ayrim, tashqi
belgilari, tayin tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini mavhumlashtirish va
umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson aqli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj
topadi. Ibn Sino tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr
yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon boʻla oladi, deb tushunadi. Ibn
Sino mantiqni ilmiy bilishning, mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. „Mantiq, — deb
yozadi Ibn Sino — insonga shunday bir krida beradiki, bu krida yordamida inson xulosa
chiqarishda xatolardan saqlanadi“. U mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash
masalalarini chuqur oʻrgandi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida
rivojlantirdi.
Ibn Sino oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-
ilmiy qarashlari „Kitob ash-shifo“ ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning baʼzi
geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha,
vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2
yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobigʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va
havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida
balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri
gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning
yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan
qulashi ham zilzilaga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz
tubi boʻlgan, zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir
vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan
qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.
Ibn Sino mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar qilgan. U minerallarning asl
tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar),
oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-asr gacha deyarli
oʻzgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning „al-Afʼol
va-linfiolot“ („Taʼsir va taʼsirlanish“) asarida ham uchraydi.
Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid asarlar ham
yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ularda Ibn Sinoning kimyoga boʻlgan
munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan
fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilgʻor edi. Ibn Sino 21 yoshida, yaʼni ilmiy
faoliyatining boʻsagʻasida metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga
kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari
taʼsiri ostida „Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy“ („Baraqiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir risola“) nomli
kichik asar yozgan. Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi
urinishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va „Risola aliksir“ („Iliksir haqida risola“)
asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda
yozishga kirishgan „Kitob ash-shifo“ da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha
harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda
maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar oʻylagandek bir
yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan
yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari oʻrta asr kimyosining
ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol oʻynadi.
Ibn Sino botanika masalalari bilan ham juda koʻp shugʻullandi, chunki tabobatda ishlatiladigan
dorivor moddalarning aksariyati oʻsimliklardan olinadi. U „Kitob ash-shifo“ ning „anna-bot“
(„Oʻsimliklar“) qismida oʻsimliklarning turlari, paydo boʻlishi, oziqlanishi, oʻsimlik aʼzolari va ularning
vazifalari, koʻpayishi hamda oʻsish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida
ham ish olib boradi.
Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saklangan. U 8 ta
mustaqil risola hamda „Kitob ash-shifo“ va „Donishnoma“ ning riyoziyot qismlarida
astronomiyaga alohida boblarni bagʻishlagan. Ptolemeyning „Almagest“ ini qayta ishlab, shuning
asosida amaliy astronomiya boʻyicha qoʻllanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shahrining geografik
uzunligini oʻz davri uchun butunlay yangi boʻlgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish
orqali aniqlab bergan. Beruniy „Geodeziya“ asarida bu usulning toʻgʻriligi haqida gapirib, uni faqat
Ibn Sino nomi bilan bogʻlaydi. Bu usul Yevropada 500-yil dan keyin (1514-yil) astronom Verner
tomonidan yangidan kashf qilindi.
Matematika sohasida Ibn Sino Yevklidni „Negizlar“ kitobini qayta ishlab, unga sharh va
toʻldirishlar kiritdi, geometrik oʻlchamlarga arifmetik terminologiya qoʻlladi, „son“ tushunchasi
doirasini „natural son“ dan ancha kengaytirdi.
Sheʼriyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U oʻzining ayrim tibbiy asarlari („Urjuza“) ni
rajaz vaznli sheʼrda yozgan. Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki, ular
keyinchalik fors adabiyotiga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir necha gʻazal
va qitʼalari, 40 dan ortiq ruboiylari mavjud. Uning sheʼriy merosi qisman rus va oʻzbek tillarida
nashr etilgan.
Ibn Sino musiqa bobida Forobiyni ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa
haqidagi „Javomeʼ ilm ul-musiqiy“ („Musiqa ilmiga oid toʻplam“) asari „Kitob ash-shifo“ ning bir
qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6 boʻlimdan iborat. „annajot“, „Donishnoma“larda musiqa
haqida kichik boʻlimlar mavjud, „Tib qonunlari“, „Risolai ishq“ va boshqa da mu-siqaning ayrim
masalalari haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan: nagma.
boʻd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va hokazo. Yevropada
keyinchalik „sof tizma (tovushqator)“ atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boʻlib asoslagan. Ibn
Sino musiqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng
kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari
singari aruz badiiy tizim bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy
vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo boʻlganligi
haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. Oʻzining barkamol
shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.
Ibn Sinoning tabobat da qilgan ishlari uning nomini bir necha joylarda shu fan sohasi bilan
chambarchas bogʻladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u oʻzigacha
oʻtgan turli xalq namoyandalari tomonidan ayerlar davomida tib ilmi sohasida toʻplangan
maʼlumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni oʻz tajribalari bilan boyitgan holda
maʼlum nazariya va qonunqoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning „Tib qonunlari“ va bu
asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei va krzongan shuhrati yorqin dalildir.
Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha davrga ilgarilatdi va
ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu
sohada antik olimlarning, xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor
edi. Ibn Sino ham oʻz tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga
tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va
bilimlari asosida rivojlantirdi va bo-yitdi. Ibn Sinoning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining
asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini
mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzulishi, tishlarning tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga
ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir
boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari
zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari
toʻgʻrisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy
anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Pirogov Ibn Sinoning izdoshi deyishga
asos beradi.
Ibn Sino oʻtkir diagnost edi. Uning baʼzi tashhis usullari hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Perkussiya (aʼzoga urish orqali diagnoz qoʻyish)ni, xususan, assit va meteorizmni farqlashda,
istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qoʻllagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib
Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan soʻng
amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur oʻrganib, ulardan
tashhisda foydalangan. Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnosti-kasida va gavdaning
umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta
eʼtibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik
moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand modsasi boʻlishini 1775-yil da
ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida ilk bor Ibn Sino vabo bilan oʻlatni farqlagan,
yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash kerakligini
taʼkidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit mo-xov, zaxm, qizamiq,
suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini toʻgʻri tasvirlab bergan.
Quturish kasalligining koʻrinishlari, uning yuqumli harakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini
juda toʻgʻri aniqlagan. 1804-yil da yevropalik olim Sinke quturgan hayvonlarning soʻlagi
yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga ham olim koʻp
yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof muhitning, iqlimning, parhez va jismoniy
mashqlarning taʼsiriga hamda bemor kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta
ahamiyat beradi.
Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy
tadbirlarni qoʻllash (qon olish, banka qoʻyish, zuluk solish, huqna va hokazo)ga ahamiyat berish
kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, yaʼni parhezni muhim omillardan deb
hisoblaydi va har bir kasallik uchun oʻz ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida
koʻproq mayiz, anjir, anor suvi isteʼmol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi
glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimgi koʻrinishidir. Ibn Sinoning jarroxlik sohasini
rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U oʻz tibbiy asarlarida zamonaviy jarroxlikda qoʻllanib
kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish,
bavosir shishlarini tikish, tampon, oʻtkir modda yoki tikish bilan qon toʻxtatish, tomoqni kesib,
nay qoʻyish (traxeotomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan
davolash usuli hozirgacha „Avitsenna usuli“ deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino oʻzi
ixtiro qilgan yogʻoch moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni XV asr da fransuz tabibi Kalo
qayta kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qoʻllangan, lekin u
ham keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852-yil da amaliyotga yangi ixtiro
sifatida qaytarilgan. Hozirgi koʻz jarroxligida qoʻllanayotgan usullarning qariyb barchasi Ibn
Sinoga maʼlum boʻlgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istisqo,
bavosirning operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqa Ibn Sino qoʻllagan muolaja
usullaridandir. Jarrohlikda anesteziya (ogʻriqni sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta
eʼtibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va sh. k. narkotik taʼsirga ega boʻlgan
dorilardan foydalangan. Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy
mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish
yoʻli bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik
isitma bilan ogʻrishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857—1940)
shunday usulni qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yil da
Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning farmatsiyasi
asosida musulmon Sharqida paydo boʻlgan yangi farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi.
Tabobatda sano, kofur (kamfara), rovoch, tamrhindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi,
asal oʻrnida koʻp dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizmatidir.
Uning dorivor oʻsimliklarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi dorishunoslikdagi
usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir katorda Ibn Sino birinchilardan boʻlib kimyoviy
usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval sodda, soʻng
murakkab tarkibli dori bilan davolagan. Eng muhimi, u oziq-ovqatlarning shifo-baxsh taʼsiriga
katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sabzavot, sut, goʻsht va
hokazo) boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, hoʻl, quruq), yoshi, iqlim
sharoitini hisobga olish zarurligini taʼkidlaydi. Ibn Sino farmatsiyasi juda puxta oʻylangan
farmakologik tadqiqot usuliga asoslanganligi bois oʻrta asr Yevropa farmatsiyasidan ancha
oʻzib ketdi va zamonaviy dorishunoslikka yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir qanchasi
hozirgi farmakopeyalardan mustahkam oʻrin olgan.
Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan, ularning orasida
„Qonun“ kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga
bagʻishlangan turli hajmdagi „Urjuza fi-ttibb“ („Tibbiy ur-juza“), „alAdviyat alqalbiya“ („Yurak
dorilari“), „Dafʼ almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya“ („Inson badaniga yetishgan barcha
zararlarni yoʻqotish“), „Kitob al-qulanj“ („Qulanj haqidagi kitob“), „Maqola fi-nnabz“ („Tomir urishi
haqida makr-la“), „Risola fi-l-boh“ („Shahvoniy quvvat haqida risola“), „Risola fi tadbiri al-
musofirin“ („Safardagilarning tadbiri haqida risola“), „Risola fi xifz as-sihha“ („Sogʻliqni saqlash
haqida risola“), „Risola fi-s-sikanjubin“ („Sikanjubin haqida risola“), „Risola fi-lfasd“ („Qon olish
haqida r.isola“), „Risola fi-lhindabo“ („Sachratqi haqida risola“) kabi risolalar ham bor.
Ibn Sino oʻz davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy eʼtibor bilan karadi va bu soqada
„Aqsom al-ulum alaqliya“ („Aqliy ilmlar tasnifi“) nomli asar yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat —
falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga boʻldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga,
amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga boʻlinadi: 1) quyi
darajadagi ilm, yaʼni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) oʻrta darajadagi
ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika
(ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga boʻlinib, birinchisida bitta
shaxs, uning feʼl-atvori qanday boʻlishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xoʻjalik ishlarida
bir-biri bilan munosabatlari qanday boʻlishi va uchinchisida shahar yoki oʻlka miqyosida
kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday boʻlishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu
turkumlar ham mayda tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Asarda 29 ilm tarmogʻi tilga olinadi, Ibn Sino
haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda
insonlar oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb taʼkidlaydi. Jamiyat kishilarning oʻzaro
kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi.
Jamiyat aʼzolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik
jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi
qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi kerak, deb hisoblaydi. Oʻzining
axloq toʻgʻrisidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy munosabatlarga,
kamtarlik, izzathurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida eʼtibor beradi.
Ibn Sino oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb madaniyatining
rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy,
Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav,
Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon
kabi mutafakkir va olimlari oʻz asarlarida Ibn Sino taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar.
Yevropada allomaning asarlari 12-asr dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tlarda oʻqitila
boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno,
Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer
Bekon, Dante va boshqalar I.S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz ijodlarida foydalandilar va uning nomini
zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.
Ibn Sino ilmiy merosini oʻrganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va natijada chet el
hamda Oʻzbekistonda maxsus ilmiy yoʻnalish — sinoshunoslik vujudga keldi. „Tib qonunlari“ning
lotincha tarjimasi toʻliq holda 40 marta nashr etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz
tillariga tarjima qilindi, olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha
tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi. Jahonning turli
kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qoʻlyozmalari saqlanadi, shu jumladan, Oʻzbekiston FA Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning
60 ta qoʻlyozmasi mavjud. Yevropa olimlari Ye. Bishmann, Yu. Rus-ka Karra de Vo, X. Korbin, Kruz
Xernandez, L. Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron olimlari
M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo Maxdaviy, Umar Farrux, E.
Ihsonoʻgʻlu, F. Rahmon, M. Muso, H. Gʻaraba, M. Shohvardiy va boshqa Ibn Sino ijodini oʻrganishga
maʼlum hissa qoʻshdilar. Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I.
Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M. M. Rojanskaya,
Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinorshoyev, T. Mardonov, N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov,
Yu. Nuraliyev bu yoʻnalishning rivojlanishiga xizmat qildilar. Oʻzbekistonda Ibn Sino asarlarini
tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov,
Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Boʻlgakov, Sh. Shoislomov, E. Talabov, H.
Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T. N. Qori-Niyoziy, I. M. Moʻminov, M. M.
Xayrullayev, M. N. Boltayev, A. Axmedov, G. P. Matviyevskaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F.
Fayzullayev, M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida Ibn Sino ijodining turli qirralari
tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori, Ibn Sinoning
ham kalla suyagi asosida haykalportretini yaratgan. Andijon tibbiyot instituti xodimlari (Yu. O.
Otabekov, Sh. H.Hamidullin, Ye. S. Sokolova) Ibn Sinoning ilmiy asoslangan timsolini haykal-
byustda tasvirladilar (1965). Oʻzbekistonlik rassom S. Marfin Ibn Sino badiiy portretini ishlagan
(1968). Ibn Sino haqida „Oʻzbekfilm“ studiyasi ijodkorlari (rej. E. Eshmuhamedov; O. Agishev, E.
Eshmuhamedov ssenariysi) „Dahoning yoshligi“ tarixiy-biografik badiiy filmini (1984) yaratdilar.
Oʻsimliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl Linney (1707—78)
doimo yashil boʻlib turuvchi bir tropik daraxtni Ibn Sino sharafiga Avitsennia deb atadi.
Oʻzbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral Ibn Sino nomi bilan Avitsennit deb ataladi.
Buxoro shahar va Afshona qishlogʻida Ibn Sinoga haykal oʻrnatildi, Belgiyaning Kortreyk shaxrida
ham Ibn Sino ga qoʻyilgan (2000) haykal bor. Afshonada Ibn Sino muzeyi ochildi. Oʻzbekiston va
Tojikistondagi tibbiy oliy va oʻrta bilim yurtlariga, nashriyotga (qarang
Ibn Sino nomidagi
nashriyot
), sanatoriy, shifoxona, kutubxona, maktab, koʻcha, jamoa xujaliklari, turar joy
mavzelariga Ibn Sino nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida katta yutuklarni taqdirlash uchun
Ibn Sino nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan. Oʻzbekistonda Ibn Sino xalqaro
jamgʻarmasi tuzildi (1999-yil), „Ibn Sino“ va „Sino“ nomli xalqaro jurnallar nashr qilinadi.
Donishname, Kniga znaniya, Dushanbe, 1957; Tib qonunlari, 1—5 kitoblar [2nashri|, T., 1979—
1983; Izbrannie filosofskiye proizvedeniya, M., 1980; Osori mun-taxab, 1—2 t., Dushanbe,
1980; Salomon va Ibsol, T., 1980; Traktat po gigiyene, T., 1982; Tibbiy risolalar, T., 1987; Tib
qonunlari [3 jildli saylanma; tuzuvchilar: U. Karimov, H. Hikmatullayev], T., 1992; Kanon
vrachebnoy nauki, v 10 tomax. T., 1996; Urjuza yoki 1326 bayt tibbiy oʻgit, T., 1999.
1. Petrov, V. D. „Ibn Sina-velikiy sredneaziatskiy ucheniy ensiklopedist.“ Abu Ali Ibn Sina. Kanon
Do'stlaringiz bilan baham: |