248
Agar hujayraning tashqi yuzasi musbat bo‘lib, ichki yuzasi manfiy bo‘lsa, egri chiziq yana
to‘g‘ri chiziqqa aylanadi. Xuddi shunday holat yurakda ham kuzatiladi. Yurak juda ko‘p muskul
tolalaridan iborat bo‘lib, depolyarizatsiya vaqtida qo‘zg‘alish hosil bo‘ladi. Natijada qo‘shni
muskul tolalari ham qo‘zg‘aladi. Qo‘zg‘alish sinus tugunidan boshlanadi. U o‘ng bo‘lmachada
yuqori kovak venaning quyilish joyida kuzatiladi, bu yerdan impuls o‘tkazuvchi yo‘llar orqali
bo‘lmachalarga tarqaladi. Oldin o‘ng, so‘ngra chap bo‘lmachani egallaydi. Keyin qo‘zg‘alish
atrioventrikulyar tugunga o‘tadi, u yerda qo‘zg‘alish bir oz ushlanib, so‘ngra Gis tutamlariga
o‘tadi, uning chap va o‘ng oyoqchalariga hamda ular bo‘linib Purkine to‘r tolalarini qamrab
oladi, bu tolalar bir-biri bilan keng miqyosda bog‘langan bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan
o‘tkazish elemetlaridan tashqari, qo‘shimcha yo‘llar bo‘lib, impulslar shu aylanma yo‘llar orqali
qorinchalarga yetib borishi mumkin: keng tutamli bu bo‘lmacha muskullarni chap va o‘ng
qorincha muskullari bilan bog‘lab turadi. Djeyms tutami bo‘lmachani atrioventrikulyar
tugunning pastki qismi va Gis tutamlari bilan muskullarga tarqaladi, bu qo‘zg‘alish jarayoni
ichki subendokardial qismdan tashqi subendokardial qismga qarab yo‘nalgan.
EKG ni yozib olish elektrodlar yordamida amalgam oshiriladi. Elektrodlar tananing turli
qismlariga qo‘yiladi. Bunda har xil elektr potensiallari vujudga keladi. Yurak biotoklari faqat
yurakning o‘zida bo‘lmasdan, butun tana bo‘ylab tarqaladi, shuning uchun uni tananing hamma
qismida yozib olish mumkin. Klinika amaliyotida asosan 12 ta ulanish bo‘lib, ulardan 6 tasi qo‘l
– oyoqlarga, 6 tasi ko‘krakka ulanadi. I ulanish o‘ng qo‘l (-) va chap qo‘lga (+), II ulanish o‘ng
qo‘l (-) va chap oyoqqa (+), III ulanish o‘ng qo‘l (-) va oyoqqa (+). Ko‘krak qafasida bu
ulanishlarning o‘qi to‘g‘ri yassilikda Eyntxoven uchburchagini hosil qiladi. Eyntxoven
gollandiyalik olim bo‘lib, u 1903 yilda torli galvanometr yordamida birinchi marta yurak
biotoklarini yozib olgan. III – ulanishda ikki marta, ya‘ni nafas olib uni ushlab turilgan holatini
yozib olgan.
Qo‘l - oyoqlarda kuchaytiruvchi ulanishlar ham qayd qilinadi. QVR - o‘ng qo‘lda, QVZ -
chap qo‘lda va QVF - chap oyoqda (inglizcha so‘zning birinchi harfi bilan belgilanadi): a –
kuchaytirilgan. R - o‘ng, Z – chap, F – oyoq.
Asbobning musbat qutbiga qo‘l - oyoqdan yozib olinishi kerak bo‘lgan elektrod simi ulanadi,
manfiy qutbiga esa qolgan qo‘l - oyoqlardan kelgan elektrod simlarining yig‘indisi ulanadi.
Ko‘krak ulanishlari quyidagicha belgilanadi: V
1
, V
2
, V
3
, V
4
, V
5
, va V
6
. asbobning musbat
qutbidagi elektrod quyidagi ko‘krak nuqtalariga o‘rnatiladi:
IV qovurg‘a oralig‘idagi to‘sh suyagining o‘ng qirg‘og‘iga.
IV qovurg‘a oralig‘idagi to‘sh suyagining chap qirg‘og‘iga.
IV – V qovurg‘a oralig‘idagi to‘sh suyagiga yaqin chiziqqa.
V qovurg‘a oralig‘idagi o‘mrov suyagining o‘rta chizig‘iga.
V qovurg‘a oralig‘idagi oldingi qo‘ltiq osti chizig‘iga.
V qovurg‘a oralig‘idagi o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘iga.
Asbobning manfiy qutbiga chap oyoq, o‘ng va chap qo‘llarning potensialini birlashtiruvchi
Vilson elektrodi ulanadi. Ayrim hollarda qo‘shimcha ko‘krak ulanishlari – NEB bo‘yicha II
qutbli, Gurevich bo‘yicha, qizilo‘ngach ulanishlari, yurak bo‘shliqlarini zond bilan
tekshirilgandagi ulanishlar va boshqalar yozib olinadi.
Me‘yordagi EKG da quyidagi tishlar yozib olinadi: P, Q, R, S, T, ba‘zan U va ularning PO
oraliqlari ORST qayd qilinadi. Tishlarning kengligi va og‘irligi sekundlar bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: