Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafеdrasi



Download 14,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/393
Sana28.01.2022
Hajmi14,95 Mb.
#414749
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   393
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Bo’zarish 
vaqtinchalik (kuchli emotsiya, qo‘rqish, hayajonlanish, kuchli og‘riq) va doimiy 
(kamqonlikda, buyrak kasalliklarida, aorta qopqog‘ining nuqsonida) bo‘lishi mumkin. 
Qizarish 
ham vaqtinchalik yoki doimiy, tarqalgan yoki chegaralangan bo‘ladi. Vaqtinchalik qizarish 
fiziologik hodisa bo‘lib, asabning qo‘zg‘alishi, g‘azablanish, uyalish, issiqlab ketish natijasida ro‘y 
beradi. Harorat ko‘tarilganda ro‘y beradigan qizarish patologik hodisa hisoblanadi. Ba‘zan harorat 


171 
ko‘tarilganda rang o‘chishi ham mumkin (bod, sepsis, yiringli jarayonlar vaqtida). Gipertoniya 
kasalligida qizarish yuzda bo‘lmay ko‘proq bo‘yinda bo‘ladi. 
Ko’karish 
doimo patologik holat bo‘lib, u quyidagi hollarda paydo bo‘ladi: 1) gaz almashinuvi 
buzilishi bilan kechadigan nafas a‘zolari kasalliklarida; 2) qonning tomirlarda oqishi buzilishi bilan 
kechadigan yurak-tomir sistemasi kasalliklarida; 3) qon zaharlanganda. 
Ko‘karish odatda ko‘pincha do‘ng joylarda, labda, burun ichida, quloq suprasida, tizzada kuzatiladi, 
ba‘zan yurakdan ancha uzoqda – barmoqlarda, tirnoqlarda (akrosianoz) uchraydi. 
Sarg’ayish 
(ikterus) turlicha bo‘lishi mumkin: bilinear – bilinmas kechadigan ba‘zan sarg‘ayish 
tabiatini va uning qachon paydo bo‘lganligani aniqlash mumkin. Sariqlik uzoq vaqt kechkanda yashil 
tus oladi, mexanik sariqlik qichishish bilan davom etadi va terida tirnoq izlari qoladi. Sariqlik yumshoq 
tanglayda va oqida yaqqol ko‘rinadi. Qonda karotin pigmenti ko‘payib ketganda qo‘l kafti va oyoq 
panjalarida ro‘y beradigan sarg‘ayishni va dori ichgandagi sarg‘ayishni haqiqiy sariqlikdan farq qilish 
kerak. Bu vaqtda ko‘z oqi sarg‘aymaydi. 
Bug’doy rang 
tus faqat bronza yoki Addison kasalligida kuzatiladi (buyrak usti bezining funksiyasi 
pasayganda yuz qora dog‘aga o‘xshash tusga kiradi yoki lunj shiliq pardasida, milkda siyohrang 
dog‘lar paydo bo‘ladi). Terida yana sepkil va xollarni ko‘rish mumkin, ular tashxisni ahamiyatga ega 
emas. Yuz, peshona va lunjdagi qoramtir va jigarrang dog‘lar (xloazma) ko‘proq homilador ayollarda 
uchraydi, ular jigar va ichakning surunkali kasalliklarida ham kuzatiladi. Qorinning o‘rta chizig‘I, 
emchak so‘rchig‘i atrofining qorayishi ko‘pincha xomiladorlikda kuzatiladi. 

Pigment yo‘qolishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham uchraydi. Bu vaqtda terida pigmentsiz sohalar 
paydo bo‘lib, ular kattaligi va shakli jihatidan har xil bo‘ladi. Atrofi pigmentli soha bilan 
chegaralanadi. Ular ko‘pincha simmetrik joylashadi. Bu dog‘lar barqaror, hech qanday 
subyektivta‘sirlanish va funksionalbuzilishga olib kelmaydi.
O‘rta Osiyoda ishlovchi vrachlar bunday kasallar va uning atrofidagi kishilar bilan uchrashganda pes 
kasalligining yuqmasligi, zararsizligi haqida tushuntirish ishlari olib borishlari kerak, chunki ba‘zi bir 
odamlar bu kasallikni og‘ir, davolab bo‘lmaydigan moxov kasalligi bilan almashtiradilar va ularbunday 
bemorlar bilan muloqot qilmaslikka harakat qiladilar. Terining butunlay pigmentsizlanishi (albinizm) 
juda kam uchraydi. Teridagi toshmalar, ularning joylashish tabiati, paydo bo‘lish vaqti va hokazolar 
katta tashxisiy ahamiyatga ega. Toshmaning asosiy elementlari sariq dog‘ (masula), tuguncha (papula), 
pufakcha (vesicula), qavariq (urtica), eritema (erythem), qon quyilishi (petechia) va hokazo bo‘lib 
hisoblanadi. Qator yuqumli kasalliklar toshma toshishi bilan kechadi: qizamiq, qizilcha, skarlatina, 
suvchechak, chinchechak, ich terlama, toshmali terlama, paratiflar. Ba‘zan toshmalar ichki a‘zo 
kasalliklarida ham kuzatiladi. 
Ko‘rish va paypaslash orqali terining egiluvchanligi aniqlanadi. Patologik holatlarda terining 
tarangligi birmuncha o‘zgaradi. Limfoleykozda, limfogranulematozda, limfosarkomada va ikkilamchi 
zahmda limfa tugunlarini kattalashishi kuzatiladi. Darajasiga, og‘riq borligiga, kichrayishiga, 
tirishishiga diqqatni jalb qilamiz. 
Suyak skeletlari: umurqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, bosh suyagi, qo‘l-oyoqlardagi nuqsonlar ko‘rish 
orqali aniqlanadi. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha endokrin kasalliklarda, akromegaliya, 
xondrodistrofiya,infaltilizm, axta, raxit, sil kasalligi bor bemorlarda kuzatiladi. 
Yuz – dil oynasi deydi xalqimiz. Yuzning ko‘rinishi benorning ichki kechinmalarini aks ettirib turadi. 
Masalan, ichki kasalliklarda quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: isitmalash, lab qurishi, terining 
qizarishi va hokazo. Ular rang – barang ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘pkaning krupoz 
yallig‘lanishida ko‘pincha yuzning bir tomoni qizaradi, burun va lab atroflariga uchuq toshadi, burun 
qanotlari nafas olishda qatnashadi va bemor g‘amgin ko‘rinadi. 
Buyrak kasalliklarda benorning yuzi tushunib bo‘lmaydigan darajada o‘zgaradi, u xunuklashib, 
yuqori va pastki qovoqlari salqib ketadi. 


172 
Aorta qopqoqlarida nuqson bo‘lganda yuz oqaradi. 
Tiklanish qobiliyati yo‘qolgan yurakning ikki tavaqali qopqog‘i yetishmovchiligida "mitral" yuz 
kuzatiladi, bunda quloq va burun uchlari, lab ko‘kimtir – binafsha rangida bo‘lib, lunjlarda ko‘kimtir 
– dog‘ paydo bo‘ladi. 
Qorvizor yuzi – surunkali yurak yetishmovchiligiga xos bo‘lib, bemor og‘zini yarim ochib xuddi 
havoni tutayotgandek harakat qiladi. Yuzlari sarg‘ish, bo‘zraygan, ko‘kimtir tusda bo‘liadi, yoshli 
ko‘zlari nursiz ko‘rinadi. 
Nevrasteniklarda "horg‘in" yuz kuzatiladi. 
Bazedov kasalligida yuz harakatlarga boy bo‘ladi, bemorning ko‘zlari yaltirab, chaqchayib turadi, 
unda g‘azablanish yoki qo‘rqish ifodasini kuzatish mumkin. 
Miksedema kasalligida yuz esi pastlarniki kabi so‘lg‘in, ko‘zlar qisilgan, ko‘pincha ma‘nosiz nigohli 
bo‘ladi. Yuz oqarib lunjlar bo‘yalgan kabi qizil bo‘ladi.
Akromegaliya kasalligida yuz, burun, lablar, qosh usti ravoqlari haddan tashqari kattalashadi va tish 
oralig‘I kengayib, pastki jag‘ oldinga bo‘rtib chiqadi. Issenko – Qushing sindromiga yuz oysimon 
bo‘lib, ayollarda ko‘pincha soqol – mo‘ylov o‘sib chiqadi. 
Axta odamning yuzi soqol – mo‘ylov bo‘lmasdan mayday sepkillar bo‘ladi (burushgan olmani 
eslatadi). 
Gippograt yuzida ko‘zlar ichiga botgan, burun o‘tkirlashgan,teri ko‘kimtir,peshonani sovuq ter bosib 
turadi. Bu holat ko‘pincha qorin pardasining o‘tkir tarqalgan yallig‘lanishida, o‘lim talvasasidagi 
bemorda kuzatiladi. 
Parkinsonizmdan azob chekkan bemorda yuz harakatsiz (mimikasiz) bo‘ladi. 
Shersimon yuz moxov kasalligida uchraydi. Bunda burun kataklari kengayib, qosh ustidagi va ko‘z 
ostidagi terilar tugunsimon qalinlashadi, qoshning chekka qismlari to‘kilib ketadi. 
Insult kasalligida va pereferik nervlar shikastlanganda nosimmetrik yuz kuzatiladi. 
Bemorni yuzini ko‘rgan vaqtimizda bir qancha ko‘z sinamalarini aniqlashimiz mumkin. Masalan, 
ko‘zlarning chaqchayib turishi (exophtalmus) – tireotoksik buqoqda ko‘zning ichga botishi 
(enophtalmus) – gipotireozda hamda ushbu kasallikda Grefe, Shtelvag, Mebius, Gorner sinamalarini 
ko‘rishimiz mumkin.

Download 14,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish