EKSSUDATLI PLEVRIT
1. Klinik ko‘rinishi.
Ekssudatli plevrit rivojlanishida 3 davr farqlanadi: Suyuqlik yig‘ilishi
(ekssudatsiya), barqarorlashishi va suyuqlik so‘rilishi (rezorbtsiya). Kasallik ko‘p hollarda o‘tkir,
ba‘zida sekin-asta boshlanadi.
a. Shikoyati.
Plevra bo‘shlig‘iga suyuqlik yig‘ilishining boshlang‘ich davrida yonboshda
sanchiqli og‘riq, quruq yo‘tal, harorat ko‘tarilishi bezovta qiladi.
Suyuqlik to‘planishi ortib brogan sari og‘riq va yo‘tal kamayib borib, xastalikning
barqarorlashish davrida mutloq yo‘qoladi. Bu vaqtda bemor yonboshda og‘irlik hissi seziladi,
xansirash kuchayib boradi, ba‘zi bemorlarda umumiy zaharlanishning ifodalangan belgilari (bosh
og‘rig‘I, ko‘ngil aynishi, qayt qilish behollik loqaydlik ishtahaning pasayishi) kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |