Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Integrastiyasi
: Gistologiya, anatomiya, biohimiya.
 
MAShG’ULOT MAZMUNI
NAZARIY QISM 
Ingichka ichakdagi xazm. 
Xazm jarayonlarining asosiy qismi ingichka ichakda sodir bo’ladi. Uning boshlang’ich qismi 
o’n ikki barmoqli ichakning xazmdagi ahamiyati kattadir. Bu sohada xazm jarayonlarida me’da osti 
bezi, ichak shiralari va o’t ayniksa qatnashadilar. Me’da osti va ichak bezlari shiralari tarkibidagi 
fermentlar oqsillar,yog’lar karbonsuvlarni gidrolizga uchratadilar.
Me’da osti bezi shirasi tarkibi va xossalari
.
 
Me’da osti bezi bir sutkada 1,5-2,0 l shira ajratadi. Uningtarkibi suv va anorganik hamda organik 
moddalardan tashkil topgan. Shira tarkibida natriy, kalstiy, kaliy, magniy kationlari va xlor, sulfat, 
fosfat anionlari mavjud. Ayniqsa bikarbonatlar mikdori katta, shuning uchun ham uning rN 7,8-8,5 
ni tashkil qiladi. Pankreatik shira fermentlari kuchsiz ishqoriy muhitda faollashadi.
Pankreatik shira tarkibida gidrolitik fermentlar bo’lib, ular oqsil, yog’ va karbonsuvlarni 
parchalaydilar, shuningdek nuklein kislotalarni parchalovchi nukleazalar ham bor. Pankreatik shira 
tarkibida lipaza va nukleaza fermentlari - faol holatda; preteazalar-proenzim holatda ajraladilar. 
Me’da osti bezi shirasi tarkibida ajraluvchi 6-amilaza polisaxaridlarni oligo-, di- va 
monosaxaridlargacha parchalaydi. Nuklein kislotalar 
ribo- 
va 
dezoksiribonukleazalar 
tomonidan 
parchalanadilar. Pankreatik 
lipaza 
ut kislotalar ta’sirida faolligi ortadi va lipidlarga ta’sir qilib 
monoglisterid va yog kislotalarigacha parchalaydi. Preteolitik fermentlar proenzim 
tripsinogen, 
ximotripsinogen, A va B prokorboksipepchidazalar h
olatida ishlab chiqariladi. Un ikki barmoqli 
ichakda ishlab chiqariluvchi 
enterokinaza 
ta’sirida tripsinogen tripsinga aylanadi. Keyinchalik 
tripsin tripsinogen va boshqa propeptidazalarga avtokatalitik ta’sir ko’rsatadi va ularni 
faollashtiradi. Tripsin, ximotripsin, elastazalar ovqat tarkibidagi oqsillarning ichki peptid bog’lariga 
ta’sir etib, ularni aminokislatalargacha parchalaydi.A va B karboksipeptidazalar oqsil va 
peptidlarning oxirgi S-bog’lariga ta’sir qiladilar.
Me’da osti bezi shira ajratishining boshqarilishi

Me’da osti bezining ekzokrin faoliyati nerv hamda gumoral mexanizmlari orali boshqariladi. 
Adashgan nerv me’da osti bezidan shira ajralishini kuchaytiradi. Simpatik nerv tolalari shira 
ajralishini pasaytiradi, lekin organik moddalar sintezini 
(beta-adrenergik effekt) 
kuchaytiradi, qon-
tomirlarning torayishi 
(alfa adrenergik effekt) 
me’da osti bezining qon bilan ta’minlanishini 
kamaytirilishi natijasida ham shira ajralishi pasayadi. Jismoniy va aqliy zo’riqish, og’riq, uyqu shira 
ajralishini pasaytiradi. Gastrointestinal gormonlardan sekretin, XSK-PZ me’da osti be’zi shira 
ajralishini kuchaytiradi. Sekretin - bikarbonatga boy va XSK-P3 - fermentlarga boy shira ajralishini 


143 
ta’minlaydi. Me’da osti bezi shirasi ajralishi gastrin, serotonin, bombezin, insulin, o’t kislotalari 
tuzlari ta’sirida kuchayadi. Ximodenin, ximotripsinogen ajralishini kuchaytiradi. GIP, PP, 
glyukagon, kalstitonin, somatostatin, enkefalinlar shira ajralishini tormozlaydilar. 
 
Me’da osti bezida shira ajralishi Z davrdan iborat: murakkab- reflektor, me’da va ichak davrlari. 
Pankreatik shira ajralishiga iste’mol qilingan ovqat tarkibi ta’sir qiladi. Bu ta’sirlar gastrointestinal 
gormonlar orali amalga oshiriladi. Me’da xlorid kislota ishlab chiqarilishini kuchaytiruvchi 
moddalar (go’sht, sabzavotlar, oqsil hazmida xosil bo’lgan ekstraktlar) sekretin‚ hosil bo’lishini 
kuchaytiradi natijada bikarbonatga boy bo’lgan me’da osti bezi shirasi ajralishini ta’minlaydi. Oqsil 
va yog’larning dastlabki gidrolizidan xosil bo’lgan moddalar XSK-PZ ishlab chiqarishini 
kuchaytiradi va pankreatik shira ajralishini ta’minlaydi. Me’da osti bezi, shuningdek, ichki sekretor 
faoliyatga ham ega, u qonga insulin, glyukagon, somatostatin, pankreatik polipeptid (PP), seratonin, 
VIP, gastrin, enkefalin, kallikrein moddalarini ishlab chiqaradi.

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish