44
O’tkir tajribalar.
O’tkir tajriba narkoz ostidagi hayvonlarda o’tkaziladi. O’tkir
tajriba butun organizmda yoki ajratib olingan to’qima, a’zo yoki hujayralarda o’tkazilishi
mumkin.
Surunkali tajriba usullari.
Bu usulda hayvon jarrohlik yo’li bilan tayyorlanadi, ayrim
sohaga naychalar o’tkazish, hazm bezlarning yo’llarini tashqariga chiqarib qo’yish va x.k.
Hayvonlar sog’aygandan so’ng ularda tajriba o’tkaziladi.
V.A.Basov (1842) itlar me’dasiga fistula qo’ygan. I.P.Pavlov laboratoriyasida V.Basov
fistulasi qo’yilgan itlarda ezofagotamiya usuli qo’llanilgan va ularda «yolg’on
ovqatlantirish» tajribalari o’tkazilgan va toza shira yig’ib olingan. Me’dasidan
me’dacha ajratib olingan itlarda ham toza shira ajratib olingan. I.Pavlov usuli bo’yicha
me’dacha ajratib olish Gaydengayn usulidan innervastiyasi saqlanganligi bilan
farqlanadi. Jarroxlik yo’li bilan ichakning bir qismini ajratib olish va uning bir uchi
(Tiri usuli) yoki har ikkala uchi (Tiri-Velle usuli) tashqariga chiqarilib teriga tiqib qo’yiladi.
So’lak va me’da osti bezlari chiqaruv yo’llarini, o’t yo’llarini tashqariga chiqarib teriga
tiqib qo’yish holatlari keng qo’llaniladi.
Odamlarda hazm faoliyatini o’rganish. Sekretor jarayonini o’rganish.
So’lak ajralishini
bir necha usulda o’rganish mumkin.
Og’iz chayqab yuborilgandan so’ng tupukni yig’ib olish.
Bunda har xil bezlardan
ajralgan aralash so’lak, ovqat qoldig’i yig’iladi va bunda so’lakning hajmini tug’ri aniqlab
bo’lmaydi. Shuning uchun ham ikkinchi usul Leshli-Krasnogorskiy kapsulasi yordamida toza
so’lak yig’ib olinadi.
Odamlarda
me’da, me’da osti bezi, ingichka ichaklar shira ajratish
va o’
t ajralish
faoliyatini zondli va zondsiz usullarda o’rganish mumkin.
Zondli usulda shira miqdorini, uning tarkibidagi elektrolitlar, fermentlar miqdorini va rN
kattaligini aniqlash mumkin. Sekrestiya stimulyatorlari hazm yo’liga yoki parenteral
yuboriladi. Ularning ta’sir mexanizmini bilgan holda shira ajralish o’zgarishi sababini
aniqlash mumkin.
Zondsiz usulda iste’mol qilingan moddalarga ta’sir qilish natijasida hosil bo’lgan
moddalarni qon va siydikdagi miqdorini aniqlash. Masalan, me’dada kislota meyorda
ajralayotganida indikator qonda va siydikda tezda paydo bo’ladi, aks holda indikator qon
va siydikda umuman bo’lmasligi yoki sekin paydo bo’lishi mumkin.
Zondsiz usulda shuningdek hazm bezlarining funkstional holatini qon va siydikdagi gidrolitik
fermentlar miqdorini aniqlash orqali ham o’rganish mumkin.
Qondagi gidrolizga uchramagan oziqli moddalar miqdoriga qarab ham hazm bezlarining
shira ajratish holati haqida xulosa qilish mumkin.
Radiotelemetrik usulda hazm yo’lidagi har xil axborotlarni (m: ph) o’rganish mumkin.
Motor faoliyatni o’rganish.
Chaynashni (mastikastiografiya - chaynash jarayonini yozib
olish), yutishni (rentgenografik va ballonografik usullarda) o’rganish mumkin. Me’da va
ichakning motor faoliyatini zondli va zondsiz usullarda o’rganish mumkin.
Zondli usulda rezinali balloncha va yozib oluvchi moslama yordamida o’rganiladi.
Zondsiz usulda radiotelemetrik bosimni sezuvchi radiopilyula yordamida o’rganiladi.
Me’daning motor faoliyatini elektrogastrografik usulda ham o’rganish mumkin. Bunda
me’daning qisqarayotgan silliq muskulidagi sekin potenstiallari qorinning oldingi devoridan
yozib olinadi. Bu usuldan ingichka va yo’g’on ichaklar motor faoliyatini o’rganishda ham
foydalanish mumkin.
Qizilo’ngach, me’da, ichak, o’t pufagi va o’t yo’llari harakati rentgenkontrast moddadan
foydalanib rentgenografik o’rganish amaliyotida keng qo’llaniladi.
Hazm a’zolari motor faoliyatini oziqli moddani me’dadan ichakka evakuastiya qilish
tezligini va ichakdagi harakat tezligini o’rganish orqali ham aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: