Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

Surunkali pankreatit
Surunkali pankreatit mustaqil kasallik hisoblanmay, balki o’tkir 
pankreatitning davomi va natijasi bo’lgan bosqichi - holati hisoblanadi. 
Klassifikatsiyasi: Surunkali pankreatitning turli klinik kechishi bilan 
farq qiladigan quyidagi formalari tafovut qilinadi (M.I. Kuzin va 
muallifdoshlari). 
1.
 
Surunkali qaytalanadigan pankreatit. 
2.
 
Surunkali og’riqli pankreatit. 
3.
 
Surunkali pankreatitning latent (og’riqsiz) formasi. 
4.
 
Soxta tumoroz pankreatit. 
5.
 
Surunkali kalkulyoz pankreatit. 
6.
 
Surunkali soxta kistali pankreatit. 
Etiologiyasi. Surunkali pankreatitning etiologik omillari qatoriga me’da 
osti bezi bilan anatomik va fiziologik jihatdan bog’langan a’zolarning (o’t 
pufagi, o’t yo’llari, jigar, me’da, o’n ikki barmoqli ichak) turli 
zararlanishlarini, alkogolizm, ozib ketish, turli dori-darmonlar va kimyoviy 
omillar ta’siri, me’da osti bezi shikastlari, o’tkir va surunkali infektsiyalar, 
intoksikatsiya, bez yo’li sistemasi, me’da osti bezidagi o’zgarishlarni 
(birlamchi o’smalar) kiritish mumkin. 
Patogenezi. Surunkali pankreatitning o’tkir pankreatit patogenezi bilan 
ko’p o’xshash tomonlari bor. Kasallik qaytalanishi jarayonga me’da osti 
bezining yangi-yangi bo’limlari tortilishiga olib keladi, bu vaqti kelganda 
funktsional 
parenximaning 
chandiqli 
biriktiruvchi 
to’qima 
bilan 
almashinuviga sabab bo’ladi, bez yo’llarida va paravazal kletchatkadagi 
sklerotik o’zgarishlarga olib keladi. 
Patologik anatomiyasi. O’tkir va surunkali pankreatit me’da osti bezi 
atsinoz xujayralarining o’z-o’zini hazm qilishi, yallig’lanish reaktsiyasi 
rivojlanishi, jonsizlangan parenxima o’rnida biriktiruvchi to’qima o’sib 
qalinlashishi, jarayon avj olganda esa a’zo sklerozi bilan o’tadigan nekroz 


bilan xarakterlanadi. Biriktiruvchi to’qima jadal rivojlanishi natijasida bez 
zichlashadi va aksariyat hollarda, hajmi o’zgaradi. Mikroskopik tekshirishda 
to’qima fibrozi bilan bir vaqtda uning yallig’li infiltratsiyasi, lipomatoz, bez 
yo’llari devorida yallig’lanish o’zgarishlari kuzatiladi. Ba’zan bez yo’li 
bo’shlig’i obliteratsiyasi: bez to’qimasiga tuzlar va kaltsiy yig’ilishi natijasida 
ko’p sonli mayda kistalar topiladi. 
Klinikasi. Surunkali pankreatitning asosiy klinik belgilari og’riq 
sindromi; me’da osti bezi tashqi sekretor etishmovchiligining avj olishiga 
aloqador hazm qilishning buzilishi; insulyar apparat funktsiyasi buzilishining 
klinik simptomlari; biliar (o’t) gipertenziyasi sindromi (mexanik sariqlik, 
xolangit, ikkilamchi xoletsistit); me’da osti bezi kistalari va oqmalari kabi 
pankreatit asorati simptomlari, segmentar portal gipertenziya, duodenal staz 
va boshqalar. 
Odatda, qorinning yuqori yarmidagi og’riq bemomi tibbiy yordamga 
murojaat qilishga majbur etgan eng muhim va ilk simptomlardan biri 
hisoblanadi. Og’riq qorin bo’shlig’ining atrofni o’rab oladi (belbog’simon 
og’riq), orqaga, kurak orasi sohasiga, o’ng qovurg’alar ostiga beriladi. Og’riq 
doimiy yoki xurujsimon bo’ladi. Og’riq xurujlari bir necha soatdan 4-6 
sutkagacha davom qiladi. Ko’pincha bunga parhezning buzilishi sabab 
bo’ladi. 
Dispeptik buzilishlar, ko’ngil aynishi, qusish, so’lak oqishi, ich buzilib 
turishi (qabziyat ich ketishi bilan almashinib turadi) doimiy bo’ladi yoki faqat 
qo’zish davrida kuzatiladi. 
Diareya alkogolli pankreatitli bemorlar uchun ayniqsa xos. Shuningdek 
kreatoreya (hazm qilinmagan mushak tolalari) va steatoreya (hazm 
qilinmagan yog’lar) ham bo’ladi. Surunkali pankreatit uchun axlat massalari 
hajmining ko’payishi ayniqsa xarakterli bo’ladi. 
Me’da osti bezining ichki sekretor funktsiyasi buzilishlarining klinik 
belgilari surunkali pankreatitning nisbatan kechikkan simptomlaridan 
bo’lsada, birmuncha ko’p uchrab turadi, ular qandli diabet, kamroq 
gipoglikemiya avj olishi bilan xarakterlanadi. 
Biliar gipertenziya sindromi, ya’ni mexanik sariqlik surunkali 
pankreatitning eng muhim asoratlaridan biri hisoblanadi. U qayta-qayta 
qo’zg’aluvchi va doimiy xarakterda bo’lishi mumkin. Ko’pchilik bemorlarda 
sariqlik axoliya bilan birga uchraydi, me’da osti bezi boshchasining shishishi, 
indurativ pankreatit oqibatida o’t chiqaruv yo’llarining bosilishi, bez 
yo’llarida va Oddi sfinkterida chandiqli va yallig’lanish o’zgarishlari, katta 
duodenal so’rg’ich ampulasidagi tosh natijasi hisoblanadi. Bemor ba’zan 
haddan ortiq oriqlab ketadi. Buning sabablari: pankreatik fermentlarning 


etarlicha ishlanmasligi va o’n ikki barmoqli, ichakka tushmasligi, parhezga 
rioya qilmaslik, og’riqning zo’rligidan ovqat eyishdan qo’rqish. Ko’pgina 
bemorlarda og’riq xurujlari shira xaydovchi xossalari bo’lmagan hatto oz 
miqdorda suyuq ovqat ichilgandan keyin ham paydo bo’ladi. 
Ob’ektiv tekshirishda mustaqil og’riqlar bilan birga surunkali pankreatit 
diagnostikasida qorin va orqani paypaslaganda og’riq borligini aniqlash ham 
katta aharniyatga ega. Surunkali pankreatiti bor bemorlarning taxminan 1/4 
qismida kattalashgan va og’riydigan me’da osti bezini paypaslab ko’rishga 
muvaffaq bo’linadi. Qorin devorida bir qancha sohalar borki, ular paypaslab 
ko’rilganda og’riq bo’lishi, me’da osti bezi, ayniqsa dum qismi zararlanishiga 
xos bo’ladi. Mey-Robson nuqtasi (kindikni chap qovurg’a ravog’ining o’rta 
qismi bilan tutashtirib turadigan tashqi va o’rta chiziq chegarasida); Kach 
nuqtasi (kindikdan 5 sm yuqorida chap to’g’ri mushak proektsiyasida); Malle-
Gi nuqtasi (chap to’g’ri mushak tashqi chekkasi bo’ylab qovurg’a ravog’ining 
naq pastida) shunday nuqtalar jumlasiga kiradi. 
Me’da osti bezi palpatsiyasi Grot usulida bajariladi. Bu usul 3 
bosqichdan iborat. Grot bo’yicha me’da osti bezini palpatsiyasidagi birinchi 
bosqisi. Bemor chalqancha yotgan holda oyoqlari tizza sohasida bukilgan va 
beliga qo’lini musht qilib qo’ygan. Shifokor qo’l barmoqlarini kindik va chap 
qovurg’a osti orasiga kiritib bezni palpatsiya qiladi. Grot bo’yicha me’da osti 
bezini palpatsiyasidagi ikkinchi bosqichi. Bemor tanasini bir oz oldinga 
tashlagan holda turadi. Shifokor chap qo’li bilan bemorni belini XII qovurg’a 
sohasida ushlab turadi, o’ng qo’li bilan esa kindik va chap qovurg’a osti 
orasini palpatsiya qiladi. Grot bo’yicha me’da osti bezini palpatsiyasidagi 
uchinchi bosqisi. Bemor o’ng yonboshida, oyoqlarini bir oz tizza sohasida 
bukib, o’ng qo’lini bosh orqasiga qo’ygan holatda yotadi. Shifokor qo’l 
barmoqlarini kindik va chap qovurg’a osti orasiga kiritib bezni palpatsiya 
qiladi. 
Diagnostikasi. Surunkali pankreatit diagnostikasi kasallikning sub’ektiv 
klinik simptomlari, laboratoriya tahlillari ma’lumotlari va maxsus tekshirish 
usullari natijalari asosida o’tkaziladi. 
Jarayon avj olgan davrda laboratoriya tekshirishlaridan fermentlar - 
arnilaza, tripsin, lipaza, transarninaza ko’rsatkichining oshishiga aharniyat 
beriladi. Xurujlararo davrda u normal bo’ladi. 
Koprologik tekshirishlar ko’p miqdorda hazm bo’lmagan mushak 
tolalari (kreatoreya) va neytral yog’ tomchilari (steatoreya) borligini 
ko’rsatadi. 
Maxsus tekshirish usullari. Rentgenologik tekshirishlar. Rentgenologik 
usul surunkali pankreatitli bemorlarni tekshirishda asosiy usullardan biri 


hisoblanadi. Nahorga o’tqaziladigan rentgenologik tekshirish uchun maxsus 
tayyorgarlikning hojati yo’q. Tekshirish qorin bo’shlirini ikki proektsiyada 
obzor rentgenografiya qilishdan boshlanadi. Bu bez parenximasidagi 
ohaklanish yoki uning yo’llaridagi konkrementlarni aniqlash uchun zarur, ular 
rentgenogrammalarda topiladi. Me’da osti bezida kaltsifikatsiya topilishi 
surunkali pankreatitning ishonchli rentgenolo-gik simptomi hisoblanadi. 
Surunkali pankreatitda ultratovush bilan tekshirish va kompyuter 
tomografiya butun bezning yoki faqat boshchasining kattalashganini (soxta 
tumoroz pankreatit), bez bag’ridagi kistoz o’zgarishlarni topishga imkon 
beradi. Birmuncha hollarda umurtqa pog’onasidan o’ng va chap tomonda II-
III bel umurtqalari sathida joylashgan, bez yo’li bo’shlig’ida toshlar yoki bez 
bag’ri parenximasida kaltsinatlar borligiga bog’liq zich exostrukturalar 
aniqlanadi (110, 111, 112, 113, 114-rasmlar). 
110-rasm. Kompyuter tomogramma. Me’da osti bezi kaltsifikatlari. 
Kompyuter tomogramma. Oshqozon osti bezi kistasi.


167 
113-rasm. UTT. Me’da osti bezi kaltsifikatlari. 
UTT. Me’da osti bezi surunkali pankreatitda. 
Bez radioizotop skanerlanganda surunkali pankreatitning eng tipik 
belgilariga yallig’lanishning ilk bosqichlarida stsintigrafik tasvirning 
kuchayishi, izotop yig’ilishi nuqsonlari kiradi, bular me’da osti bezining 
kistali o’zgarishlari yoki parenximasining ohaqlanganidan dalolat beradi. 
Surunkali pankreatit diagnostikasida o’t chiqaruv sistemasini retrograd 
kontrastlash imkoniyati ham katta aharniyatga ega. Bu usul ikkilamchi 
pankreatitga sabab bo’lgan o’t yo’llaridagi toshlarni aniqlashga, shuningdek 
birlamchi pankreatitda umumiy o’t yo’lining tubulyar stenozini diagnostika 
qilishga imkon beradi. 
Ezofagogastroduodenofibroskopiya surunkali pankreatitning bilvosita 
belgilarini aniqlashda va uni me’da osti bezi o’smalaridan farq qilishda ko’p 
axborot beradi. Ayni vaqtda u shikast etkazmaydi va etarli darajada xavfsiz. 
Biroq, o’t va pankreatik yo’llarni retrograd kontrastlash o’tkir pankreatit va 
xolangit xurujlari tutishiga, pankreanekroz rivojlanishiga, bosh pankreatik 
yo’lning yopilishiga va boshqa asoratlarning paydo bo’lishi imkoniyatini 


168 
oshiradi. 
Klinik pankreatitning ilk bosqichlarida angiografik tekshirishlar 
(tseliako- va mezenterikografiya) gipervaskulyarizatsiya zahirasini, so’ngi 
bosqichlarda esa tomir rasmining tarqoq fibrozodiffuz qashshoqlanishi, 
arxitektonikasining o’zgarishi, jigar kistalari rivojlanayotganda tomirlarining 
so’rilishi yoki qisilishini ko’rsatadi. 
Differentsial diagnostikasi. Faqat umum klinik va laboratoriya 
tekshiruvining o’ziga asoslanib, me’da osti bezi zararlanishini aniqlash va 
surunkali pankreatit diagnozini ishonch bilan qo’yish mumkin emas. Shuning 
uchun qorin bo’shlig’ining har xil kasalliklari bilan differentsial diagnostika 
o’tkazish zarur: 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish