1 - jadval
t/s
O’zbek taomlari
Ta
yyor
taom va
zni, gr
ml
To’yimlilik qiymati, gr da
Quvvat qiymati,
kilokaloriyada
Oqsil
lar
Yog’
lar
Ka
rbonsuvla
r
Eski
kil
aka
lorik
koe
ff
.
Ya
ngi
K
il
aka
lorik
koe
ff
.
KD
jda
1 Palov
714
58,8 54,6
173,0 1458
1375
5657
2 Lag’mon
870
47,5 46,8
150,5 1247
1176
4921
3 Shovla
724
33,3 35,3
124,0
973
915
3828
4 Moshguruch
-
32,1 36,5
102,0
889
838
3506
5 Shirguruch
700
20,4 22,1
125,0
805
751
3142
6 Go’ja
-
13,2
21,3
117,0
731
683
2858
7 Chuchvara
477
28,6 31,3
66,5
661
645
2699
8 Un osh
600
27,8 22,4
79,1
647
609
2548
9 Xo’rda-mastava
550
27,6 29,5
52,0
600
571
2389
10 Moshxo’rda
725
32,2 17,8
69,8
584
551
2305
11 Manti
544
42,6 21,6
35,6
522
497
2079
12 Shirqovoq
-
15,2 11,8
59,5
416
390
1632
13 Shir xo’rda
-
10,0 7,5
41,6
280
264
1105
14 Qovurma xo’rda
-
3,8 2,5
38,5
197
144
603
15 Yovg’on xo’rda
-
3,0 0,5
28,2
133
:
121
506
16 Ko'larni
477-870 3,0-58,8 0,5-54,6 28,2-173
133-
1458
121-1375 506-5657
17
O’rtacha orifmetik
656
26,4
24,1
84,1
676,2 - 635,3
2651
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradi:
1.
palovning va lag'monning to’yimliligi va quvvati baland;
2.
yovg’on xo’rdaning ushbu ko'rsatkichlari eng past darajada.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida aytish mumkin: o’zbek
taomlarini keng ko’lamda qo'llash uchun ularning tarkibiga katta e’tibor
berish kerak, chunki ularning to’yimliligi va quvvati turlicha bo’ladi.
1950 yili prof. A.A. Asqarov tomonidan prof. A.N. Kryukov
parheznomasi tarkibiga qator tuzatish va ko’p yillik klinik kuzatuv natijasiga
binoan o’zbek taomlaridan iborat bo'lgan o'zgartishlar kiritildi. Mazkur
parheznoma Kryukov-Asqarov nomlari bilan atalib, surunkali bijg'ish
jarayoni bilan kechadigan enteritlarda ishlatiladi.
1956 yili prof. Z.I. Umidova rahbarligi ostida R.X. Qo’qonboyeva
tomonidan qon aylanishining II va III darajali yetishmovchiligi bilan og’rigan
31 bemorlarda 3 kun mobaynida 2 kg uzum yengillatish parheznomasi
qo'llanilgan bo’lib, olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, bemorlarning umumiy
ahvollari yaxshilandi, nafas siqishi, ko’karish, yurakning urib ketishi, tanadagi
shishlar, qorin bo’shlig’ida suyuqlik yig'ilishi (astsit) kamaygan yoki barham
topgan. Peshobning ajralishi 2 litrdan 4,5 litrgacha ortgan, bemorlarning
ishtahasi ochilib, uyqusi me’yorlashgan. Keltirilgan patologik klinik
alomatlarning kamayishi yoki barham topishi bemor tanasida suv-tuz
almashinuvini yaxshilanganlikdan darak beradi. Mazkur parheznoma
tarkibida 8 gr oqsillar, 350 gr karbonsuvlar bo’lib, quvvati 1344,5 kkal yoki
5,63 M dj ga teng.
S.D. Bukeyxanova (1958) o'zbek suyuq oshlarining 25 tasini, jumladan
atala oshi, go’ja, sho'rvali norin, so’k oshi, ugra oshi, un oshi, kesma osh,
uzma osh, mastava - xo’rda, shirxo’rda, sholg'om xo’rda, qovurma xo’rda,
shirguruch, shir-qovoq, shirchoy, qovurma sho’rva, qaynatma sho'rva, piyova
sho'rva, lavlagi sho’rva, kalla sho'rva, no’xat sho’rvalarni o’rganib, ularni
asosiy qo’llanilgan mahsulotga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratadi: go’shtli,
sabzavotli, sutli, yormali va dukkakli, unli.
Olimaning fikricha, go’shtli suyuq oshlarni 15 chi sonli parxeznoma
tarkibiga, sabzavotli suyuq oshlarni 2 chi parheznoma, sutlilarni 1,5
parheznomalar, yormalilarni 2,5,11 —parheznomalar, go'shtsiz suyuq
oshlarni (yovg’on va qovurma xo'rdalar) bir necha kun davomida 4 chi
parheznoma tarkibiga kiritish murnkin. Ikldnchidan S.D. Bukeyxanovaning
fikricha, o’zbek taomlarini tayyorlash jarayoni parhez taomlarini ko’p
yillardan buyon qo'llanilib kelayotgan talablarga to’liq javob bera olmaydi.
Keyinchalik O'zR FA akademigi, prof. A.A. Asqarov (1959, 1964, 1967)
rahbarligida prof. М.И.Певзнер ishlab chiqqan parheznomalar tarkibini
O’zbekistonning issiq-jazirama iqlimi va mahalliy aholining ta’m sezish
odatlarini inobatga olgan holda tegishli o’zgartirishlarni kiritish maqsadida
katta tadqiqot ishlari boshlab yuborildi.
Prof. A.A. Asqarov boshchiligi va bevosita ishtiroki bilan 1,2 va 4- sonli
parheznomalarning o'zbekcha shakllari ishlab chiqildi. Ushbu ishlarning
poydevori tariqasida ko’p yillar mobaynida qaror topgan issiq iqlim
sharoitlarda oqsillar va yog'lar miqdorlarini kamaytirib, karbonsuvlar
miqdorini oshirish kerak degan fikrning barham topishi qo’llanildi. Ushbu fikr
keyinchalik
boshqa
izlanuvchilar
(O.P.
Molchanova,
N.V.Danilov,
A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov, G.F.Korotko, R.I.Solganik va boshqalar)
tomonidan tasdiqlandi.
№1 sonli o'zbekcha parheznomani me’da shirasining kislotasli
ko'paygan gastritlarda qo'llaniladi. Uning tarkibiga quyidagi mahsulotlar
kiradi: suvda pishgan va maydalangan go’sht, suyuq oshlar kuchsiz
bulonlarda qovurmay tayyorlanadi, osh tuzi va ishtahani ochuvchi (me’da
shirasi ajralishini kuchaytiruvchi) mahsulotlar cheklanadi. Taomnoma
kimyoviy tarkibida 130-160 gr oqliklar, 120-160 gr yog'Iar va karbonsuvlar
500 gr bo’ladi; quvvati esa 3475-3955 kkal yoki 14,54 M Dj kenglikda.
№2 sonli o’zbekcha shakldagi parheznoma shira ajratishi yetishmagan
gastritda tavsiya qilinadi. Uning kimyoviy tarkibida 130-160 gr oqsillar, 160
gr gacha yog’lar 450-500 gr karbonsuvlar bo’lib, me’da shirasi ajralishini
rag'batlantiruvchi moddalar, uforli ko’katlar (kashnich, yalpiz, petrushka,
rayhon, shivit) va oz miqdorda (0,05 foiz) garmdori va qora murch qo’shiladi.
Quvvat - 3647,5-3995 kkal yoki 15,26-1672 M Dj ko’lamda.
№4 o'zbekcha shakldagi parheznoma surunkali kolitlarda tavsiya
qilinadi. Mazkur parheznomaning 2 xili ajratiladi: enteritli va kolitli, ularni 4-
a hamda 4-b parheznomalar deyiladi.
.
№4 sonli o’zbekcha shakldagi parheznoma tarkibida 140-183 gr oqliklar,
berilib, quvvati 3100-4000 kkal yoki 13,0-16,74 Dj ni tashkil etadi.
Surunkali kolitlarda qo’llaniladigan 4-b parheznomasi tarkibida ovqatiy
tolalar tavsiya qilinadi.
O'zbekcha shakldagi parheznomalar tarkibida oqsillar miqdorlari yuqori
darajada bo'Igani uchun mualliflar ularning hazm bo’lishini yengillatish
niyatida bemorlarga qo’shimcha ravishda tabiiy me’da shirasi yoki osh tuzi
kislotasi hamda pakreatin qo’llashgan. Taomnomaning samaradorligini
oshirish uchun quruq mevalardan qaynatmalar, yetishmagan vitarninlar
miqdorlarini qoplash maqsadida sabzavotlar yoki meva sharbatlari (nordon
anor sharbati, na’matak qaynatmasini) taomlarni tanovul qilish arafasida
tayyorlab berish tavsiya qilinadi.
Mualliflar klinik kuzatuvlar asosida O’zbekiston sharoitida surunkali
me’da-ichak kasalliklarini uzoq vaqt mobaynida qaytalanmasligi uchun
bemorlarga
beriladigan
mahsulotlardan
samaradorlarini
tanlash
va
bemorlarning shaxsiy jihatlarini inobatga olib ishlatish zarurligini o’qtiradilar.
B.X. Hamzaliyev (1966, 1976) ko'pchilik moddalar etishmasligi tufayli
kelib chiqqan kamqonlikka uchragan bemorlarni klinik-biokimyoviy tahlil
etish
asosida
mazkur
kasallikda
maxsus,
oqlikli
o’zbek taomli
parheznomalarni ekstrativ moddalarni saqlash imkoniyatlarini beradigan
texnologik usulda tayyorlash va C hamda B
n
foliy kislotasi vitarninlarini
qo'llash orqali yaxshi natijalarga erishish mumkinligiga ishonch hosil qildi.
Ushbu parheznoma ishlatilishi tufayli quyidagi natijalar yuzaga chiqdi:
1)
me’da shirasini ishlab chiqarish me’yorlashdi;
2)
ichakning so'rish qobiliyati asl holiga qaytdi;
3)
C, B
l2
va foliy kislota vitarninlarining hamda temirning almashinuvi
ko’rsatkichlari me’yoriga qaytdi;
4)
kasallikning sub’ektiv va ob’ektiv alomatlari yaxshilandi;
5)
bemorlar qisqa vaqt ichida sog’ayishdi;
6)
bemorlarning salomatligi mustahkamlandi;
7)
bemorlarning mehnat qobiliyati tiklandi;
8)
bemorlarning vazni oshdi;
9)
bemorlarning shifoxonada davolanish davri qisqardi.
Keyingi yillarda prof. K.B. Bahodirov boshchiligida o'zbek taomlarini
gepato-biliar tizim kasalliklarida qo'llash ustida tadqiqot ishlari boshlab
yuborilgan, jumladan ularning bergan ma’lumotlariga ko’ra shovla mazkur
xastaliklarda yaxshi natijalarni beradi.
Keyinchalik (1995-2000 yillar) O’zR SSV ga tegishli ―Diyetologik ilmiy
markazi‖ tashkil etilgach, prof. Sh.Ya. Zokirxo'jayev va ―Ona va farzand‖ IIB
ning general direktori B.M. Saidov boshchiligida parhez ovqatlanishga
taalluqli dolzarb masalalar ildamlik bilan hal qilina boshlandi. Natijada bir
qator «Saidusmon mahsulotlari va taomlari (Saidusmon omixtasi, nonlari va
momiqlari, parhez holvaytar, parhez sumalak, parhez halimi, parhez
mastavasi, salomatlik choylari ishlab chiqarilib, klinik tajribalardan o’tkazildi
va olingan natijalar ushbu mahsulotlarning terapevtik samaradorligi yuqori
darajada ekanligi ma’lum bo’ldi. Undan tashqari, ushbu ikki ilmiy-tadqiqot
maskanlarida ―Saidusmon sumalagi‖ don mahsulotini tayyorlash usuli ishlab
chiqilib, 5163-sonli O’zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti
Davlat Patent ixtiro ustuvorligi idorasida № 25.07.1997 O’zbekiston
Respublikasi ixtirolar Davlat reyestri ro’yxatidan 03.07.1998 o'tkazilgan
dastlabki patent olindi. Shu qatorda homilador ayollar ovqatlanish tarzi
o'rganilib, ularning kundalik taomnomasi tarkibiga fiziologik rne’yor nuqtai
nazaridan zarur bo’lgan o’zgartirishlar kiritildi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradiki, O’zbekiston
Respublikasida unumli va parhez ovqatlanishning dolzarb masalalariga katta
e’tibor beriladi.
Moskvadagi Markaziy ilmiy ovqatlanish institutida ko’p yillar mobaynida
olib borilgan izlanishlar tufayli ko’pchilik mahsulotlarning shifobaxsh
xususiyatlari aniqlandi (2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |