Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

1)
 
kalkulyoz xoletsistit va xoledolitiaz
2)
 
me’da osti bezi turli bo’limlari, periampulyar soha, me’da, yo’g’on 
ichak o’smalari, 
3)
 
penetratsiyalovchi gastroduodenal yaralar, 
4)
 
aorta anevrizmasi, 
5)
 
qorin stvoli va yuqori ichak tutqich arteriyaning aterosklerotik 
zararlanishlari, 
6)
 
toj arteriyalarning stenokardiya xodisalari bo’lgan aterosklerozi va 
boshqa. 
Davolash. Xurujlararo davrda yog’liq, o’tkir, qovurilgan ovqatlar istisno 
qilingan maxsus parhez ovqatdan iborat. Ayni vaqtda parhez yuqori kaloriyali 
va oson hazm qilinadigan oqsillarni etarli miqdorda saqlagan bo’lishi kerak. 
Hazm qilishni yaxshilash uchun bemorlarga me’da osti bezi fermentlarini 
o’zida saqlagan (pankreatin, festal, panzinorm) preparatlarni berish tavsiya 
etiladi. 
Surunkali pankreatitning har bir qo’zishini o’tkir pankreatit xuruji 
sifatida ko’zdan kechirmoq lozim. Qo’zish davrida davolash xuddi o’tkir 
pankreatitni davolash tamoyillari bo’yicha o’tkaziladi. 
Asoratlanmagan surunkali pankreatitni davolashning asosiy usuli 
konservativ usul hisoblanadi: 1) surunkali pankreatitni kasallik fazasiga ko’ra 
davolash, 2) me’da osti bezi funktsional etishmovchiligini bartaraf etish, 3) 
bosqichga qarab davolash va profilaktikasi. 
Qo’zish fazasida davolash: a) og’riqqa qarshi kurash, b) antiferment 
muolaja. 
Surunkali bosqichda davolash: 1) me’da osti bezi sekretor 
etishmovchiligini bartaraf qilish, 2) vitarninlar bilan davolash, 3) me’da osti 
bezi inkretor etishmovchiligini bartaraf etish. 
Surunkali pankreatitning aksariyat qo’shni a’zolar kasalliklari zarnirida 


169 
paydo bo’lishini nazarda tutish lozim, shunga ko’ra qo’shni a’zolarni xirurgik 
davolash surunkali pankreatit kechishini yaxshilaydi. Me’da, o’n ikki 
barmoqli ichak, o’t yo’llarida patologiya bo’lmaganda me’da osti bezining 
o’zida operatsiya o’tqazish masalasi paydo bo’lishi mumkin. Bu holda 
qo’yidagilar operatsiyaga ko’rsatma bo’la oladi: bez yo’llarida tosh borligi, 
bez yo’lidagi chandiqli striktura, og’riq beradigan pankreatitning og’ir 
formalari. Xirurgik davolashning asosiy maqsadi - pankreatik shiraning 
me’da-ichak yo’llariga oqib tushishi uchun optimal sharoitlar yaratishdan 
iborat. 
Operatsiya vaqtida me’da osti bezi, o’t chiqaruvchi yo’llar va o’n ikki 
barmoqli ichakni qunt bilan intraoperatsion taftish (reviziya) qilish zarur. Shu 
maqsadda intraoperatsion xolegrafiya, exografiya va o’t pufagini tekshirish 
amalga oshiriladi. Operatsiya vaqtida bez yo’liga duodenal so’rg’ich orqali 
kanyulya qo’yish yordarnida retrograd pankretografiya yoki bez yo’lining 
kengaygan distal qismini bez to’qimasi orqali punktsiya qilinadi. 
Pankreatik 
yo’l oxirgi qismining unchalik katta bo’lmagan 
strikturalarida transduodenal papillosfinkterotomiya bilan me’da osti bezi 
yo’lini transpapillyar drenajlash tavsiya qilinadi. Pankreatik yo’lda katta 
strikturalar bo’lganda bunday operatsiyani qilib bo’lmaydi, bunda bez bag’ri 
orqali uzunasiga kesilgan pankreatik yo’l bilan Ru bo’yicha uzib qo’yilgan 
och ichak qovuzlog’i o’rtasida anastomoz qo’yish - bo’ylama 
pankreatoeyunostomiya operatsiyasi maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Bez yo’li boshchasi va tanasi sohasi anchagina torayganda bezning distal 
qismini rezektsiya qilish va uni Ru bo’yicha uzib qo’yilgan och ichakka yoki 
me’da devoriga tikish lozim. Bunday operatsiyadan maqsad pankreatik 
shirani retrograd yo’nalishda oqib ketishi uchun sharoit yaratib berishdan 
iborat. Bezning katta qismidagi faoliyat ko’rsatib turgan parenxima patologik 
jarayon oqibatida nekrozga uchraganda, bez yo’li sistemasida diffuz sklerotik 
o’zgarishlar yuzaga kelganda va surunkali pankreatitning asosiy simptomlari 
keskin yuzaga chiqqan va konservativ davo usullari kor qilmaydigan hollarda 
me’da osti bezi (dum qismi, tanasi va pankreattektomiya) rezektsiya qilinadi. 
Me’da osti bezi kistalari 
Me’da osti bezi kistalari bezning o’zida hamda uni o’rab turgan 
to’qimalarda kapsula bilan chegaralangan suyuqlik yig’ilgan bo’shliqlardan 
iborat. Kasallik turli yoshga oid guruhlarda, erkaklar va ayollar o’rtasida bir 
xilda uchraydi. 
Kelib chiqishiga ko’ra kistalarni quyidagi 5 ta turga bo’lish mumkin: 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish